

Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari Yoshlar kuni doirasida Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Oy tutilgan tun” spektakli namoyishiga tashrif buyurdilar.
Mazkur spektakl o‘zining chuqur mazmuni, hayotiy voqealari va ta’sirchan sahnalari bilan tomoshabinlarni o‘yga toldirdi. Asarda insoniy munosabatlar, hayot sinovlari va ma’naviy qadriyatlar badiiy ifoda orqali yoritilib, tomoshabin qalbiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.
Teatr — yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega maskan. Ushbu tashrif davomida talabalar:
imkoniga ega bo‘ldilar.
Spektakl talabalarda nafaqat estetik zavq uyg‘otdi, balki ularni hayotiy xulosalar chiqarishga, insoniy qadriyatlarni yanada chuqurroq anglashga undadi. Bunday madaniy tadbirlar yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularni san’atga oshno etishda muhim o‘rin tutadi.
Talabalarning teatrga tashrifi ularning nafaqat bilim, balki ma’naviy kamolot sari intilayotganini ko‘rsatadi. Universitetda tashkil etilayotgan bunday tashabbuslar esa yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, ularni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.