Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 507
  • Ko`rib chiqilganlar 473
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“KITOBSEVAR MILLAT”

16:38, 17.04.2026      

Fargʻona davlat universiteti Axborot-resurs markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan Kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, oilada mutolaa madaniyatini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni, uning yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishning muhim jihatlari alohida ta’kidlandi. Xususan:

  • ota-onalar farzandlarining har tomonlama – jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojiga e’tibor qaratishi;
  • bolalarni yoshiga mos badiiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlab borish;
  • o‘qilgan asarlar yuzasidan ular bilan fikr almashish;
  • kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish zarurligi qayd etildi.

Tadbir davomida talaba-qizlar ishtirokida interaktiv savol-javoblar tashkil etilib, ular o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa davra suhbatining yanada jonli va mazmunli o‘tishini ta’minladi.