Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 507
  • Ko`rib chiqilganlar 473
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“WORKSHOP VA KARYERA KUNI”: BITIRUVCHILAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR MAYDONI

16:42, 17.04.2026      


Fargʻona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetida Yoshlar kuni doirasida bitiruvchi talabalar uchun “Workshop va Karyera kuni” tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularni ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash hamda kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qildi.

Tadbirga turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassislar taklif etildi. Ular o‘z tajribasi, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga amaliy tavsiyalar berdilar. Jumladan:

  • B. Mamatov – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
  • A. Ilxomov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki “Kelajakka qadam” markazi bo‘lim boshlig‘i;
  • I. Tuychiyev – Andijon viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakili;
  • A. Raxmatov – Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakili;
  • M. Mamatov – Farg‘ona shahar Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi;
  • K. Eshmatov – Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadi guruh komandiri;
  • M. Tuxtasinzoda – Farg‘ona shahar birinchi qutqaruv qismi vakili.

Workshop davomida mutaxassislar tomonidan:

  • harbiy va huquqni muhofaza qilish tizimida xizmat qilish imkoniyatlari,
  • bank-moliya sektoridagi zamonaviy talablar,
  • favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalari,
  • ishga joylashish jarayonidagi muhim jihatlar

bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, real ish jarayoniga oid aniq javoblar oldilar.

Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlar uchun o‘z yo‘lini aniqlash, kelajak kasbini ongli tanlash va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga xizmat qildi. Shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish imkonini yaratdi.