

Fargʻona davlat universiteti Filologiya fakultetida 2026-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Vatan va muhabbat kuychisi” nomli ilmiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy anjuman buyuk ijodkor merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlandi.
Adabiyotshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda shoirning hayoti, ijodiy merosi hamda uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni keng yoritildi. Tadbir davomida:
mavzularida mazmunli ma’ruzalar taqdim etildi.
Tadbir mehmoni — Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti katta ilmiy xodimi Leyla xonim o‘z nutqida Abdulla Oripov ijodi nafaqat O‘zbekistonda, balki Ozarbayjonda ham katta qiziqish bilan o‘rganilayotganini ta’kidladi. Bu esa shoir merosining xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda, tadbir badiiy chiqishlar, she’rlar o‘qilishi va ijodiy namoyishlar bilan boyitildi. Bu esa ishtirokchilarda chuqur estetik zavq uyg‘otib, shoir ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar Filologiya fakulteti rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bu esa yoshlarni adabiyotga, ijodga va ilmiy izlanishga yanada ruhlantirishga xizmat qildi.Начало формы