Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 507
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“SABR VA MATONAT TIMSOLI”

15:54, 18.04.2026      

Fargʻona davlat universiteti Filologiya fakultetida 2026-yil 17-aprel kuni o‘zbek adabiyotining yorqin vakili, taniqli shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Sabr va matonat timsoli” nomli ilmiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Ushbu anjuman adabiyot ixlosmandlari va talaba-yoshlar uchun unutilmas ma’naviy uchrashuvga aylandi.

Adabiyotshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda shoira hayoti, ijodiy merosi va uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni keng yoritildi. Saida Zunnunova ijodidagi sabr, matonat, ayol qalbi va insoniy kechinmalar chuqur tahlil qilindi.

Tadbir davomida yetuk mutaxassislar tomonidan mazmunli chiqishlar taqdim etildi:

A. Sabirdinov – shoira ijodining badiiy xususiyatlari va g‘oyaviy yo‘nalishlari haqida;

R. Umurzaqov – Saida Zunnunova asarlarida insoniy qadriyatlar talqini yuzasidan;

F. Tursunova – shoiraning ijodi nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqaviy miqyosda ham katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Saida Zunnunova ijodi o‘zining samimiyligi, hayotiyligi va chuqur ma’nosi bilan kitobxon qalbidan joy olgan. Uning asarlari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.