
Fargʻona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari sport maydonlarida yana bir muhim yutuqni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston chempionati (suzish) doirasida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada universitet vakili munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
Ushbu natija sportchining yuqori darajadagi tayyorgarligi, qat’iyati va tinimsiz mehnatining samarasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Suzish sporti kuch, chidamlilik va mukammal texnikani talab qiladigan murakkab yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shohjahon Yoqubov o‘z chiqishlari orqali nafaqat shaxsiy mahoratini, balki universitet sport maktabining salohiyatini ham namoyon etdi.
Mazkur yutuq FarDU sportchilari safida yana bir yorqin natija bo‘lib, yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shohjahon Yoqubovning bu muvaffaqiyati kelgusidagi yirik musobaqalar uchun mustahkam zamin yaratadi. Universitet jamoasi sportchiga yanada ulkan zafarlar va yangi rekordlar tilaydi!