Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 509
  • Ko`rib chiqilganlar 475
    • Takliflar 61
    • Arizalar 397
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“KARYERA KUNI” – IMKONIYATLAR MAYDONI

16:20, 22.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Chet tillari fakultetida “Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, soha mutaxassislari hamda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan bank tizimi xodimlari, nodavlat ta’lim markazlari rahbarlari ishtirok etib, zamonaviy mehnat bozori talablari haqida muhim fikr-mulohazalar bildirdilar. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash har bir mas’ul rahbar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladilar.

“Karyera kuni” doirasida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat qurish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelajak kasbiy faoliyatini aniq rejalashtirishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash borasida muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashabbus nafaqat talabalarning kasbiy rivojiga turtki beradi, balki oliy ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. “Karyera kuni” esa yoshlarning kelajakka dadil qadam tashlashida muhim platformaga aylanmoqda.