Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 509
  • Ko`rib chiqilganlar 475
    • Takliflar 61
    • Arizalar 397
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO SEMINAR: ILM VA INNOVATSIYA UYG‘UNLIGI

16:32, 22.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish yo‘lida muhim qadam tashlandi. Nufuzli University of Reading professorlari — Rodney Jones va Megha Dewli universitetga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun seminar-treninglar o‘tkazdilar.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlardan biri sifatida professor Rodney Jones tomonidan “AI davrida o‘qitish, o‘rganish va til” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Unda sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi o‘rni, o‘qitish metodikasiga kiritayotgan yangiliklari hamda til o‘rganish jarayoniga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, Megha Dewli tomonidan o‘tkazilgan taqdimot talabalar uchun ayniqsa foydali bo‘ldi. Unda Buyuk Britaniya oliy ta’lim tizimi, University of Readingda mavjud bakalavriat va magistratura dasturlari, grant va stipendiya imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Bu esa FarDU talabalariga xalqaro ta’lim yo‘nalishida yangi istiqbollarni ochib berdi.

Tashrif davomida universitet rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida rasmiy uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro reytinglardagi o‘rinlarni yaxshilash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur seminar va uchrashuvlar Farg‘ona davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashriflar nafaqat professor-o‘qituvchilar, balki talabalar uchun ham global bilim va imkoniyatlar sari keng yo‘l ochmoqda.