Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 509
  • Ko`rib chiqilganlar 475
    • Takliflar 61
    • Arizalar 397
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI: FARDUDA INNOVATSION LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI AVJIDA

16:42, 22.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar bugungi kunda zamonaviy yondashuvlar asosida olib borilmoqda. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda, talabalar real texnologik qurilmalar bilan ishlash orqali muhim amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar.

Laboratoriya mashg‘ulotlari doirasida talabalar robototexnika tizimlari, 3D printerlar, mexatronika va avtomatika elementlari bilan ishlashni o‘rganib, turli loyihalarni amaliyotga tatbiq etmoqdalar. Ayniqsa, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida keng qo‘llanilayotgan qurilmalar bilan ishlash talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida quyosh panellari, shamol energiyasi agregatlari va gidroavtomatika tizimlari orqali muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish usullari o‘rganilmoqda. Bu esa talabalarni ekologik toza texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana bir e’tiborga molik jihat – lazer qurilmalari yordamida yog‘och materiallariga dizayn ishlov berish jarayonlarining o‘rgatilayotgani bo‘lib, bunda talabalar ijodkorlik va texnologiyani uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, relelarni dasturlash va boshqaruv tizimlarini sozlash orqali ular sanoat avtomatizatsiyasining muhim jihatlarini chuqur o‘zlashtirmoqdalar.

Mazkur to‘garak va laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Bu esa kelajakda raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.