Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK: FARDU OLIMLARI OLMAOTADA ILMIY MULOQOTDA

09:50, 25.04.2026      

Fargʻona davlat universiteti va Abay nomidagi Qozogʻiston milliy pedagogika universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik tobora yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bugun bu hamkorlik nafaqat rasmiy kelishuvlar, balki amaliy ilmiy faoliyat orqali ham mustahkamlanib borayotgani alohida e’tiborga loyiq.

Ayni kunlarda FarDU falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olmaota shahrida bo‘lib, hamkor universitetda ma’ruzalar o‘qimoqda. Ushbu tashrif doirasida ular o‘z ilmiy tajribalarini xalqaro auditoriya bilan bo‘lishib, zamonaviy falsafiy qarashlar, global muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashmoqda.

Mazkur uchrashuvlar nafaqat ilmiy bilimlarni kengaytirish, balki ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida mustahkam akademik aloqalarni shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

FarDU vakillari “Yassaviy ta’limoti va XXI asr qadriyatlari hamda kompetensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ham faol qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman doirasida olimlar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etib, bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishmoqda.

Konferensiya davomida:

  • zamonaviy jamiyatda ma’naviy qadriyatlarning o‘rni,
  • Ahmad Yassaviy ta’limotining bugungi kundagi ahamiyati,
  • yoshlar tarbiyasi va kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari

kabi muhim yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi.

Tashrif doirasida FarDU olimlari turli ilmiy seminarlarda ham ishtirok etib, o‘z salohiyatlarini namoyon etmoqda. Seminarlar davomida ikki tomon olimlari o‘zaro tajriba almashib, kelajakdagi qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv dasturlari yuzasidan istiqbolli rejalarni muhokama qilishdi.

Ushbu ilmiy tashrif ikki qardosh davlat — O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

FarDU va Abay nomidagi universitet o‘rtasidagi bunday hamkorlik loyihalari nafaqat ilmiy rivojlanish, balki mintaqaviy barqarorlik va ma’naviy yuksalishga ham muhim hissa qo‘shadi.