Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDUDA MUHIM ANJUMAN: OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORTINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

10:06, 25.04.2026      

Fargʻona davlat universitetida “Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur anjuman mamlakatimizda sport sohasini yanada rivojlantirish, ayniqsa adaptiv sportni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim platformaga aylandi.

Anjumanda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, sport mutaxassislari hamda soha ekspertlari ishtirok etib, o‘z tajriba va ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida sportni rivojlantirishdagi dolzarb muammolar chuqur tahlil qilinib, ularning samarali yechimlari yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Anjuman muhokamalarida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” tizimini mustahkamlash orqali sport infratuzilmasini yaxshilash va aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni sportga jalb etish masalalari muhim yo‘nalish sifatida ko‘rsatildi.

Shuningdek, adaptiv sportni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar yaratish va ularni sportga keng jalb etish mexanizmlari ham batafsil muhokama qilindi.

Anjuman doirasida Parij-2024 Paralimpiya oʻyinlari g‘oliblari — Yorqinjon Odilov va Nurxon Qurbonovaning yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ularning sportdagi muvaffaqiyatlari, qat’iyati va irodasi yosh avlod uchun kuchli motivatsion omil sifatida tilga olindi.

Mazkur anjuman sport va ilm-fan integratsiyasining yorqin namunasi bo‘lib, yangi ilmiy yondashuvlar, innovatsion g‘oyalar va amaliy takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qildi. Ishtirokchilar kelgusida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va sportni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettirishga kelishib oldilar.

FarDUda o‘tkazilgan ushbu ilmiy-amaliy anjuman mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Eng muhimi, u sport orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, inklyuzivlikni ta’minlash va yoshlarni katta marralar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.