Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY MUVAFFAQIYAT

10:49, 27.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday e’tiborga molik voqealardan biri sifatida tarix yo‘nalishida navbatdagi dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash yig‘ilishida Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi Usmonov Axrorjon Rustamjon o‘g‘li tomonidan tayyorlangan “Farg‘ona vodiysi aholisining nomoddiy madaniyati (tarixiy-etnologik tadqiqot)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Mazkur ilmiy ish 07.00.07 – etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan bo‘lib, unda Farg‘ona vodiysi aholisining nomoddiy madaniy merosi keng qamrovli tarixiy-etnologik yondashuv asosida tadqiq etilgan.

Dissertatsiyada hudud aholisi turmush tarzining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, an’anaviy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi va madaniy xotira masalalari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari mintaqaning boy madaniy merosini ilmiy jihatdan tizimlashtirish hamda uni asrab-avaylash va targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy kengash yig‘ilishi davomida dissertatsiya yuzasidan berilgan savollarga muallif tomonidan puxta va asosli javoblar berildi. Kengash a’zolari tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini yuqori baholab, yakunda 100 foiz ovoz bilan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilingan deb e’tirof etdilar.

Mazkur yutuq yosh olimning izlanishlari samarasi bo‘lish bilan birga, universitet ilmiy muhitining yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Bu kabi ilmiy ishlar milliy o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy merosni chuqur o‘rganish hamda kelajak avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.