Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO ALMASHINUV

13:19, 30.04.2026      

Tabiiy fanlar fakultetida xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Jumladan, zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2026-yil 27–29-aprel kunlari Osh davlat universitetiga amaliy tashrif buyurib, qator samarali uchrashuv va mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

Tashrifdan asosiy maqsad — dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, talaba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish hamda ilmiy va o‘quv-uslubiy sohalarda o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Ushbu safar doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan ochiq darslar o‘tkazilib, talabalarga biologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimlar berildi.

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop etish, konferensiyalar tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvlar davomida o‘quv jarayonini takomillashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish, laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi. Bu esa har ikki tomon uchun yangi tajriba va yondashuvlarni o‘zlashtirish imkonini yaratdi.

Mazkur tashrif nafaqat bilim va tajriba almashish, balki xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Kelgusida bunday hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.