Farg‘ona davlat universiteti quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun faqat ayol nomzodlarni ishga taklif etadi:
2.5 ta asosiy ish o‘rni.
3 ta vaqtinchalik ish o‘rni (xodimning tug‘ruq ta’tilidan qaytgunga qadar).
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Ma’lumoti: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Yashash joyi: Farg‘ona shahri hududida istiqomat qilish.
Til bilish: Rus tilida mukammal muloqot qila olish.
Pedagogik-psixologik bilim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tajriba.
Muhim muddatlar:
Hujjat topshirish: 2026- yil 5–, 7- may kunlari.
Suhbat vaqti: 2026- yil 8- may, soat 09:00 da.
Manzil: Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, Ma’naviyat xonasi.
Mo‘ljal: Farg‘ona shahar hokimligi.
Kerakli hujjatlar: Pasport, obyektivka, diplom va boshqalar
Murojaat uchun: +998 73 243 12 45