

Fizika-matematika fakultetida milliy liboslar chelengi o‘tkazildi
Bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yoshlar ongiga chuqur singdirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida Farg‘ona davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida talaba-qizlar ishtirokida milliy liboslar targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘ziga xos va mazmunli cheleng tashkil etildi.


Ushbu cheleng nafaqat estetik tadbir, balki milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek milliy kiyimlarining nafisligi, rang-barangligi va betakror dizaynini yuksak did bilan namoyish etdilar. Har bir libosda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan nozik did, milliy ruh va san’at mujassam edi.
Talaba-qizlar tomonidan taqdim etilgan obrazlar orqali atlas va adraslarning jozibasi, milliy tikuvchilik an’analarining o‘ziga xosligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bu esa tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Mazkur cheleng yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalash, ularning estetik didini rivojlantirish va milliy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.