Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA “IHMA ISH TAJRIBASI” LOYIHASI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

10:56, 16.05.2026      


Farg‘ona davlat universitetida yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim uchrashuv tashkil etildi. Universitetda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ullari ishtirokida “IHMA ish tajribasi” loyihasi taqdimoti o‘tkazilib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda loyiha mazmuni, uning maqsad va vazifalari hamda talabalarga taqdim etiladigan imkoniyatlar batafsil tanishtirildi. Ushbu tashabbus, avvalo, Ijtimoiy ish, Psixologiya va Yurisprudensiya yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi turli tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda kasbiy salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, loyiha ishtirokchilari kelgusida malakali kadrlar zaxirasiga kiritilib, ishga joylashish bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lishlari ta’kidlandi. Bu tashabbus yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlashda muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda.

Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilarini saralash tartibi ham tushuntirildi. Ma’lum qilinishicha, ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar maxsus suhbat asosida tanlab olinadi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashib, barcha masalalar yuzasidan batafsil javob oldilar.

Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar talaba-yoshlarni amaliyotga yo‘naltirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda kelajakdagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.