Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO ILMIY ANJUMAN

15:11, 19.05.2026      


Farg‘ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti jamoasi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida navbatdagi nufuzli tadbir Osh texnologik universitetida 10-may — Qirg‘iziston Respublikasi milliy valyutasi kunining 33 yilligiga bag‘ishlab “Hozirgi hududlar rivojlanishidagi muammolar va ularni hal etish mexanizmlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etdilar.

Mazkur seminar Osh texnologik universitetining Iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda iqtisodiyot va moliya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, mintaqaviy iqtisodiy taraqqiyot, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va hududlarni barqaror rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida iqtisodiy islohotlar, milliy valyutaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, global iqtisodiy jarayonlarning hududiy rivojlanishga ta’siri yuzasidan muhim ilmiy mulohazalar ilgari surildi.

Seminarda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy bankining Osh viloyati boshqarmasi, Moliya universiteti Sankt-Peterburg filiali, Farg‘ona davlat universiteti, Jalal-Abad davlat universiteti, Osh davlat universiteti hamda B. Siddiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti vakillari qatnashib, o‘z ma’ruzalari va ilmiy taqdimotlari bilan seminar mazmunini boyitdi.

Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti vakillari ham tadbirda ishtirok etib, mintaqaviy iqtisodiyot, moliyaviy barqarorlik va hududlarni rivojlantirishga oid ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning xalqaro miqyosdagi ushbu seminar doirasidagi ishtiroki universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari va zamonaviy iqtisodiy tadqiqotlarga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar hududiy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishda ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi.