Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​ REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

09:03, 25.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Yurisprudensiya fakulteti talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilishga xizmat qildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish, ularning muammolari va intilishlariga befarq bo‘lmaslik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu galgi uchrashuv ham bo‘lajak huquqshunoslar uchun o‘z maqsad va rejalari, kasbiy orzu-intilishlari haqida erkin fikr almashish imkonini berdi.

Uchrashuv davomida Bahodirjon Shermuhammadov bugungi zamonaviy huquqshunos nafaqat qonunlarni mukammal bilishi, balki yuksak ma’naviyat, adolat tuyg‘usi, vatanparvarlik va professional mas’uliyat kabi fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Muloqot jarayonida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi:

Talabalarning nazariy bilimlarini sud, prokuratura, adliya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi amaliyot jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish;

Xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, xalqaro almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish hamda xalqaro huquqiy tajribalarni o‘zlashtirish;

Iqtidorli yoshlarning ilmiy loyihalari, startap tashabbuslari va tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari.

Talabalar ham uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim sifati, amaliyot tizimi, ilmiy izlanishlar va kelajakdagi kasbiy faoliyat yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Samimiy ruhda o‘tgan ochiq muloqot yoshlarning kelajakdagi maqsadlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga undadi.

Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassis etib tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.