
Farg‘ona davlat universitetida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy xotirani asrash va ajdodlar jasoratini ulug‘lashga bag‘ishlangan “Jasorat unutilmaydi, xotira so‘nmaydi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlash, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va matonatni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun O‘zbek arsloni badiiy filmi namoyish etildi. Film talaba-yoshlarda tarixga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom va yurt taqdiriga daxldorlik hissini yanada kuchaytirdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, mustaqillik va yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish har bir yoshning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladilar.
Ma’naviy-vatanparvarlik ruhida tashkil etilgan ushbu tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.