Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​ FARDUDA “TALABALAR LIGASI” FINAL BOSQICHI G‘OLIBLARI TANTANALI TAQDIRLANDI

12:31, 25.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetida “Talabalar ligasi” respublika sport musobaqalarining badminton va stol tennisi yo‘nalishlari bo‘yicha final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tantanali marosimda mutasaddi tashkilotlar vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, sport murabbiylari hamda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan sportchi talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida universitet rahbariyati tomonidan musobaqalarda talabalar namoyish etgan yuksak mahorat, kuchli iroda, intizom va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilish alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, sport insonni jismonan chiniqtirish bilan birga, unda matonat, birdamlik, do‘stlik va fidoyilik kabi fazilatlarni ham shakllantiradi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

Stol tennisi yo‘nalishi

1-o‘rin — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-o‘rin — Urganch davlat universiteti
3-o‘rin — Farg‘ona davlat universiteti hamda Buxoro davlat universiteti

Badminton yo‘nalishi

1-o‘rin — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-o‘rin—Andijon davlat pedagogika instituti
3-o‘rin — Namangan davlat pedagogika instituti

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilayotgan bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda yurtimiz sportining kelajak yulduzlarini kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.