Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 519
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BU BIZNING TALABA!

10:06, 01.06.2026      

Poytaxtdagi zamonaviy “Humo Arena” majmuasida professional boks bo‘yicha navbatdagi nufuzli boks oqshomi tashkil etildi. Muxlislar va sport ixlosmandlari katta qiziqish bilan kuzatgan ushbu musobaqada yurtimizning iste’dodli bokschilari ringga ko‘tarilib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Musobaqada Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabasi Abdulloh Madaminov ham ishtirok etib, raqibi Bobur Bobojanovga qarshi jang olib bordi. Murosasiz va keskin kurashlarga boy kechgan bahs davomida har ikki sportchi yuqori tayyorgarlik va jangovar ruhni namoyon etdi.

Jangning barcha raundlarida faol harakat qilgan Abdulloh Madaminov o‘zining texnik mahorati, tezkorligi va puxta taktikasi bilan ustunlikni qo‘lga oldi. Yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, u munosib ravishda g‘olib deb topildi va professional boksdagi navbatdagi muhim g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat sportchining shaxsiy yutug‘i, balki Farg‘ona davlat universitetida sport sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy natijasi sifatida ham e’tiborga loyiqdir.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Abdulloh Madaminovni yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi hamda uning kelgusidagi musobaqalarda ham yuksak natijalar qayd etib, mamlakatimiz sporti ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildiradi.