Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 520
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

YOSHLAR KUCHI – G‘ALABA SARI! FARDUNING SPORTCHI-TALABASI FINAL BOSQICH UCHUN TOSHKENTGA YO‘L OLDI

14:51, 04.06.2026      

Farg‘ona davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining final bosqichi oldidan tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Universitetning 102 nafar iqtidorli sportchi-talabalari hamda murabbiylari respublika final bahslarida ishtirok etish maqsadida Toshkent shahriga jo‘nab ketishdi.

Mazkur nufuzli sport musobaqasi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport sohasidagi iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda. Musobaqalar Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, final bosqichi 1–10 iyun kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi hududiy saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilardan tarkib topgan. Talabalar voleybol, gandbol, basketbol 3x3, stol tennisi, futbol, yengil atletika va suzish kabi sport turlari bo‘yicha universitet sharafini himoya qiladi.

Kuzatuv tadbirida so‘z olgan mas’ullar sportchilarga omad tilab, ularning intilishi, qat’iyati va jamoaviy ruhini yuksak baholadilar. Ta’kidlanganidek, bu kabi musobaqalar nafaqat sportdagi muvaffaqiyatlar, balki yoshlarning vatanparvarlik, liderlik va raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun Farg‘ona davlat universiteti sportchi-talabalari oldida katta sinov va mas’uliyat turibdi. Universitet jamoasi final bahslarida munosib ishtirok etib, viloyat va oliygoh sharafini yuksak darajada himoya qilishiga ishonch bildirilmoqda.