Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDUDA “TALABA FEST – 2026” FESTIVALIGA TANTANALI START BERILDI

15:23, 06.06.2026      

Farg‘ona davlat universitetida yoshlarning ijodiy, intellektual va sport salohiyatini namoyon etishga xizmat qiluvchi yilning eng yirik talabalar festivallaridan biri — “Talaba Fest – 2026” festivalining tantanali ochilish marosimi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Festivalning ochilish marosimida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yusufjon Ahmadaliyev so‘zga chiqib, talabalarning ilm-fan, innovatsiya, sport va ijod yo‘nalishlaridagi yutuqlarini alohida e’tirof etdi. U yoshlarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklab, festival davomida barcha ishtirokchilarga omad, yangi g‘oyalar va yorqin muvaffaqiyatlar tiladi.

“Talaba Fest – 2026” nafaqat bayram, balki yoshlarning iste’dodi, tashabbuskorligi va ijodkorligini namoyon etuvchi yirik maydonga aylandi. Festival doirasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar, innovatsion loyihalar ko‘rgazmalari, teatr va musiqiy chiqishlar, intellektual o‘yinlar hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

E’tiborlisi, festivalda nafaqat Farg‘ona davlat universiteti talabalari, balki viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlari ham faol ishtirok etib, tadbirning nufuzi va qamrovini yanada oshirdilar. Bu esa yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Festivalning eng qizg‘in va tomoshabop yo‘nalishlaridan biri “Quvnoqlar va Zukkolar” jamoalari ishtirokidagi sahna chiqishlari bo‘ldi. Bayram maydoni talabalarning quvonchli hayqiriqlari, kulgisi va olqishlari bilan yanada fayzli tus oldi.

Sahnada o‘zaro bellashgan jamoalar talabalik hayoti, zamonaviy jamiyatdagi dolzarb mavzular va yoshlar hayotida uchraydigan qiziqarli voqealarni o‘tkir yumor, sahna mahorati va kreativ yondashuv orqali namoyish etdilar. Har bir chiqish tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashib, davomiy qarsaklar bilan qarshi olindi.

Ayniqsa, hazil va qiziqchilik ortiga yashirilgan hayotiy mazmun, yoshlarning aktyorlik iste’dodi hamda sahna madaniyati hakamlar hay’ati va muxlislar tomonidan yuqori baholandi.

Festival maydonida nafaqat ijod va san’at, balki bilim va tafakkur ham markazda bo‘ldi. Talabalarning intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazgan “Zakovat” intellektual o‘yini qizg‘in bahs-munozaralar va keskin raqobat ruhida o‘tdi. Unda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga tezkor va aniq javob berib, o‘z bilimlari hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.

“Talaba Fest – 2026” festivali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim maydon sifatida e’tirof etildi.

Festivalning ilk kuni ko‘tarinki kayfiyat, yorqin taassurotlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Oldinda esa talabalarni yanada qiziqarli musobaqalar, tanlovlar va yangi g‘alabalar kutmoqda.