Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

BU BIZNING G’OLIB TALABALAR!

08:38, 09.06.2026      

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida Farg‘ona davlat universiteti basketbol 3x3 jamoalari musobaqadagi ilk uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, muxlislar va universitet jamoasiga quvonch ulashdi.

Musobaqaning dastlabki bahslaridayoq talaba-sportchilarimiz o‘zlarining puxta tayyorgarligi, jamoaviy o‘yini va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etib, muhim natijalarga erishdilar.

Yigitlar jamoasi ilk uchrashuvda Qoraqalpog‘iston davlat universiteti vakillariga qarshi maydonga tushib, keskin va murosasiz kechgan bahsda 17:13 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin davomida sportchilarimiz hujum va himoyadagi uyg‘un harakatlari, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda yuqori mahorati bilan ajralib turdilar.


Qizlar jamoasi esa musobaqani yanada yorqin natija bilan boshlab berdi. Samarqand davlat universiteti jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda vakilalarimiz mutlaq ustunlikni namoyish etib, 21:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Ushbu natija jamoaning kuchli tayyorgarligi va musobaqaga jiddiy yondashganining yaqqol isboti bo‘ldi.

Erishilgan g‘alabalar nafaqat keyingi bosqichlarga ishonch bilan yo‘l ochdi, balki Farg‘ona davlat universiteti sportchilarining respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib raqobat qila olishini yana bir bor tasdiqladi. Talaba-yoshlarimizning sportdagi muvaffaqiyatlari universitetda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarali natijasidir.