Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ILMIY YUTUQ

16:58, 10.06.2026      

Farg‘ona davlat universitetida ilmiy salohiyatni yuksaltirish va tarix fanlari rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida navbatdagi muhim yutuq qayd etildi. Universitetning Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi Abdullayev Elbek Abduqahhor o‘g‘li tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqotchining “Amir Temur boshqaruvi davrida Markaziy Erondagi siyosiy jarayonlar” mavzusidagi ilmiy ishi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Himoya jarayonida dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, tarixiy manbalar asosida olib borilgan chuqur tahlillari hamda Amir Temur davri siyosiy jarayonlarini o‘rganishdagi nazariy va amaliy ahamiyati keng muhokama qilindi. Tadqiqotda Markaziy Eronda kechgan siyosiy voqealar, hududning Temuriylar davridagi o‘rni va mintaqadagi siyosiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya yuqori baholanib, yakunda Abdullayev Elbek Abduqahhor o‘g‘lining ilmiy ishi 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Shu tariqa tadqiqotchiga tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

Mazkur muvaffaqiyat nafaqat yosh olimning ko‘p yillik izlanishlari samarasi, balki Farg‘ona davlat universitetida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh kadrlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va tarixshunoslik sohasida yangi ilmiy maktablarni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi sifatida ham e’tirof etiladi.