Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 487
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU TALABALARI OSIYO CHEMPIONI!

13:46, 16.06.2026      

Farg‘ona davlat universiteti sportchilari xalqaro sport maydonlarida yuksak natijalarni qayd etishda davom etmoqda. Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati universitet jamoasi uchun yana bir yorqin muvaffaqiyat bilan yakunlandi.

Qit’aning turli davlatlaridan tashrif buyurgan tajribali va kuchli sportchilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari o‘zlarining yuqori tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish etib, sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

Sobirova Feruza 60 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Najmidinnova Vasila esa 66 kilogramm vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va bronza medal bilan taqdirlandi.

Ushbu natijalar nafaqat sportchilarning shaxsiy mehnati va fidoyiligining samarasi, balki universitetda sportni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yorqin ifodasidir.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi medallarni qo‘lga kiritgan sportchi talabalari bilan faxrlanadi hamda ishonchimiz komilki, ular kelgusida ham yurtimiz va universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada ulkan zafarlarga erishadilar.