
Universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich 25.148-guruh talabasi Shamsiddinov Oyatillo sportning TURON yakka kurash turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda kumush medal sohibiga aylandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan mazkur nufuzli xalqaro musobaqada, dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli sportchilar ishtirok etdilar. Bellashuvlarda Oyatillo o‘zining yuqori tayyorgarligi, matonati va sport mahoratini namoyon etib, final bosqichiga qadar muvaffaqiyatli yetib bordi. Murosasiz bahslarda ko‘rsatgan yorqin natijalari evaziga u Jahon kubogining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq nafaqat sportchining shaxsiy g‘alabasi, balki Farg‘ona davlat universiteti sportchilarining xalqaro maydondagi salohiyati va universitetda jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarning amaliy natijasi hisoblanadi.
Shamsiddinov Oyatilloning ushbu muvaffaqiyati yosh sportchilar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan intilishlarini yanada kuchaytiradi.