Bo`lim boshlig`i:
E-mail:
Qabul vaqti: Har kuni 9-00 -11-00
BO`LIM FAOLIYATI HAQIDA
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 14 maydagi 89-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash hamda Farg`ona davlat universitetida texnika xafsizligini taminlash maqsadida “Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo`limi” tashkil etilgan. Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo`limida hozirgi kunda 3 ta muhandisdan iborat.
1. Mehnat muhofazasi
2. Fuqaro muhofazasi
3. Yong`in xavfsizligi
1960 yil 6 aprel Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tug’ilgan
Vazifalari:
Mehnatning sog`lom va xavfsiz sharoitlarini tashkil qilish va takomillashtirish
Mehnat muhofazasi bo`yicha yo`riqnomalarni ishlab chiqish va qayta ko`rib chiqish ,xodimlarni xavfsiz ishlashga o`qitish.
Kirish yo`riqnomasi o`tkazadi, talabalar o`quvini va xodimlar mehnati muhofazasini tashkil qilishga yordam ko`rsatadi.
Xojimatov G`oрporali –Yong`in xavfsizligi instrukto`ri
1963 yil 15 Aprel Farg’ona viloyati, Toshloq tumanida tug’ilgan
Vazifalari:
Bo`lim xodimlari bilan birgalikda universitetning yong`in-posbon soqchiligiga xodimlarni tanlash bilan shug`ullanish.
Таsdiqlangan xaritaga muofiq universitet xonalari va xududini kecha-kunduz qo`riqlanishini tashkil etish.
O`t o`cherish va yong`inga qarshi ishlatiladigan dositalar xamda anjomlar bilan ta`minlanishini va ularni soz xolda saqlanishini doimiy kuzatib boorish.
O`t o`chirish anjomlarining o`z vaqtida profilaktik ta`mirlanishini va yaroqlilari bilan almashtirilishini tashkil etish.
Usmonova Qumriniso – Fuqaro muhofazasi muhandisi
1981 yil 9-yanvar Andijon viloyati, Xo`jaobod tumanida tug’ilgan
Vazifalari:
Universitetdagi ishchi xodimlar ,professor-o`qituvchilar va talabalar bilan fuqaro muhofazasi tayyorgarligi bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazish.
Favqulodda vaziyat, tabiiy va texnogen xususiyatiga ega bo`lgan xolat xavf bo`yicha olingan signalni etkazish va tashkillash.
Fuqaro muhofazasi, yong`in xavfsizligi bo`yicha maxsus-taktik mashqlarni rejalashnirish va ularni o`tkazilishini tashkillash.
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI FUQARO MUDOFAASI VA MEHNAT MUHOFAZASI BO`LIMI NIZOMI
ASOSIY QOIDALAR
« Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bolimi» O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 14 maydagi 89-sonli buyrug`I asosida tashkil etildi.
Bo`lim o`z faoliyatini amaldagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruq va farmoyishlari, va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Bo`lim faoliyati universitet rektori tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Bo`lim Farg`ona davlat universitetining mustaqil tarkibiy qismi xisoblanadi va universitet rektoriga bo`ysunadi,o`zga qarashli bo`lgan vazirlikka mehnat muhofazasi bo`yicha xisobot beradi.
Bo`lim universitetida professor-o`qituvchilar,ishchi-xodim va talabalar, malakaviy amaliyyotchilar va tayyorlov bo`limlari tinglovchilarining o`quv tarbiya jarayoning xavfsiz o`tkazish, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog`lom bo`lishining tashkil qilishda to`liq javobgardirlar.
BO`LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Mehnatning sog`lom va xavfsiz sharoitlarini tashkil qilish va takomillashtirish.
Sog`lom va xavfsiz mehnat sharoiti hamda o`quv tarbiya jarayoni bo`yicha me`yoriy texnikaviy xujjatlar va xuquqiy xujjatlar talablarining bajarilishini ta`minlash.
Talabalar o`rtasida o`quv-tarbiya jarayonini xodimlar mehnatini xavfsiz sharoitlarini yaratish,baxtsiz xodisalarni oldini olish ishlarini tashkil etish.
Kirish yo`riqnomasi o`tkazadi, talabalar o`quvini va xodimlar mehnati muhofazasini tashkil qilishga yordam ko`rsatadi,
O`quv jarayonidagi va ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirishda qatnashadi.
Universitetning bino va jixozlarni mehnat muhofazasi qoida va me`orlarga muvofiqligini shamollatish tizimi ishining samaradorligini tabbiy maiyishiyxjnalarni talabalar va xodimlar xususiy hamda umumiy himoya vostalarini tekshiradi.
Mehnat muhofazasi bo`yicha yo`riqlarni ishlab chiqish va qayta ko`rib chiqish ,xodimlarni xavfsiz ishlashga o`qitish.
Ishning belgilangan ro`yxatiga muofiq xujjatlarni yuritadi.
Belgilangan shaklda va tartibda mehnat muhofazasi bo`yicha xisobot tayyorlardi.
Oquv jarayonida xodimlar va talabalarga xavfsiz sharoitni yaratish bo`yicha tadbirlar o`tkazish.
Ish o`rinlarida yo`iqlantirishni o`z vaqtida sifatli o`tkazish.
Mehnat muhofazasi bo`yicha xodimlarni o`qitish.
Zararli sharoitlardagi ishlarda band bo`lgan shaxslarga imtiyozlar berishlikning belgilangan tartibiga rioya qilish.
BO`LIM HUQUQLARI
1. Universitetning binolar va o`quv xonalarini qarshiliksiz ko`zdan kechirish.
2. Bo`lim o`z faoliyatida respublika qonunchiligiga,Oliy ta`lim vazirligining buyrug` farmoishlariga,rektor buyrug`Iga va bo`lim haqidagi nizomga amal qiladi.
3. Bo`lim rektorni o`zida bo`ysunadi.
4. Bo`lim boshligi bo`lim ishini tashkil qiladi.
5. Bo`lim nizomda ko`zda tutilganden vazifasini ijrosi uchun javobgardir..
BO`LIMNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:
Universitet ish faoliyatida xavfsiz va sog`lom sharoit yaratish;
Bolimning yillik ish rejalarining ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
Oliy ta`lim vazirligini mehnat muhofazasiga taalluqli buyruqlarni bajarish,mehnat muhofazasi bo`yicha qoida, yo`iqnoma va me`yorlar va ijtimoiy masalalarni bajarilishi
Binolarni,jixozlar muhofaza va ximoya qurilmalarini nazoratdan o`zkazadi;
Universitetdagi binolarni fuqaro muhofazasi xolatini doimo tekshirib borish.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi bilan to`ldirish va ular bilan mashg`ulotlarni rejaga asosan o`tkazib bo`rish.
Universitetdagi ishchi xodimlar ,professor-o`qituvchilar va talabalar bilan fuqaro muhofazasi tayyorgarligi bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazish.
Favqulodda vaziyat, tabiiy va texnogen xususiyatiga ega bo`lgan xolat xavf bo`yicha olingan signalni etkazish va tashkillash.
Fuqaro muhofazasi, yong`in xavfsizligi bo`yicha maxsus-taktik mashqlarni rejalashnirish va ularni o`tkazilishini tashkillash.