Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Iqtisodiyot fakulteti

FAKULTET TAQDIMOTI


Xalqaro loyihalar


IntraCom - Supporting the formation of an innovative economy by integration of science and enterprise through the development of innovation transfer competencies at the Universities


Fakultet dekani: Xonkeldiyeva Go`zal Sherovna

29.04.1975 yil Farg`ona viloyati Farg`ona shaxrida tug`ilgan.

Iqtisodiyot fanlari doktori, Professor

Ish telefon: +998-73-243-04-30

Qabul vaqti: har kuni 9:00-11:00

E-mail: honkeldiyeva@mail.ru



Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari:

Erkaboyev Oybek Muhammadjonovich

1985-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Telefon: +998911304401

Qabul vaqti: Har kuni 9:00-14:00


O‘quv ishlari boʼyicha dekan oʼrinbosari:

Rahmatjonzoda Ahrorjon Ahmad o‘g‘li

09.11.1993 yil Farg'ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug'ilgan

Telefon: +99899-366-66-65

Email: rahmatjonzoda93@gmail.com

Qabul vaqti: Har kuni 13:00-16:00



Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Mirsodiqov Abdulla Tursunaliyevich

11.11.1989 yil Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Telefon: +998-93-042-40-03

Qabul vaqti: har kuni 9:00-12:00


Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi:

Nematova Shaxlo Egamberdiyevna

30.06.1974 yil, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

Telefon: +99891-680-78-70

Qabul vaqti: Har kuni 9:00-12:00






“IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Mirzayev Abdullajon Topilovich

05.11.1982 yil, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Telefon: +99894-134-53-70

Qabul vaqti: Har kuni 9:00-12:00

E-mail: abdubehr@mail.ru

Kafedra 1993-yil 7-yanvarda universitet rektori buyrug‘iga asosan bozor nazariyasi va agrobiznes nomi ostida iqtisodiyot fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Keyinchalik xalqaro iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy va sotsial rejalashtirish, mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi, menejment, iqtisodiyot nomlari bilan yuritilgan. 2018-yil 30-avgustdan “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi deb nomlanib, hozirda kafedra tarkibida turizm sohasi bo‘yicha bakalavriat va magistratura mutaxassisligining ochilishi hisobiga “Iqtisodiyot va turizm” nomiga o‘zgartirildi. Кafedra asosiy shtatida 2 nafar fan doktori (shundan, 2 nafari professor), 2 nafar fan nomzodi, professor, v.v.b., 2 nafar PhD, dotsent,v.v.b., 3 nafar PhD, katta o‘qituvchilar va 2 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Oliy ta’limning ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi, fakultetda bakalavriat va magistrlar tayyorlanishining yo‘lga qo‘yilishi 2003-yil 1-fevraldan boshlab rahbariyat ko‘rsatmalari asosida amaldagi bozor nazariyasi va agrobiznes hamda mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi kafedralari negizida “Iqtisodiyot” kafedrasi tashkillandi. Kafedra qoshida 2000-yilda 5A340102 – “Tarmoqlar iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda magistrantlarga yetakchi professor va dotsentlar tahsil berib kelmoqdalar.

Kafedra tarkibida uch yo‘nalish asosida ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bular 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 61010100 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda 61010100 - Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlaridir. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga ham kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedrada 70410102 – Iqtisodiyot hamda 71010101 – Turizm va mehmondo‘stlik mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi.

Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilari bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida o‘z faoliyatlarini olib borayotgan bo‘lsa, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi bitiruvchilari mamlakatimizning turizm sohasi korxonalari va infratuzilmalarida ishlamoqdalar.

“Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida bakalavriat yo‘nalishi talabalariga iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, Iqtisodiyot, menejment, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, institutsional iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, tarmoqlar iqtisodiyoti, dinamik makroiqtisodiyot, turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti, turizm:nazariya va amaliyot, restoran biznesi, mehmonxonada brending, menejment va marketing, xalqaro turizm: nazariya va amaliyot, turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti, turizmda transport xizmatlari, ixtisoslashgan mehmonxona turlari, mehmonxona xo‘jaligida xavfsizlik xizmati, turoperator menejmenti, biznesga kirish, bojxona ishi, innovatsion menejment, mintaqaviy turizm, ekoturizm, Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish, Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi, mikroiqtisodiyot-2, ekonometrika 2, biznesni tadqiq etish usullari, korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlashtirish, Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi, makroiqtisodiyot-2, real sektorda sifatni boshqarish, real sektorni davlat tomonidan tartibga solish, raqobat strategiyasi, zamonaviy korporativ boshqaruv kabi fanlar o‘qitiladi.

2023-yildan boshlab kafedra bazasida 08.00.01 – Iqtisodiy nazariya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura mustaqil izlanuvchilik asosida tadqiqotchilar tayyorlanadi.

Chop etilgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot:

1.50 ga yaqin monografiyalar

2.100 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma, ilmiy, ilmiy - ommabop risolalar

3.1000 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar

“Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi professor-o‘qituvchilari:


1

Mirzayev Abdullajon Topilovich

Kafedra mudiri Iqtisod fanlari doktori, professor

1982 yil 5 noyabrda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2007 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Xalqaro turizm menejmenti. 2022 yil dekabr oyidan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi muidiri lavozimida ishlaydi.

2

Adxamov Mamajon

Iqtisod fanlari doktori professor

1943 yil 6 fevralda Farg‘ona viloyati,Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1965 yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2003 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida professor lavozimida ishlaydi.

3

Olimova Nodira Hamroqulovna

Iqtisod fanlari nomzodi, professor v.v.b.

1975 yil 26 iyunda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1997 yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2022 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida professor v.v.b. lavozimida ishlaydi.

4

O‘rinov Akmaljon Ahmadjonovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1975 йил 16 декабрда Риштон туманида туғилган. 1999 yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2024 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi

5

Tо‘xtasinova Dildora Raxmonberdiyevna

PhD, dotsent

1974 yil 10 mayda Andijon viloyati, Marhamat shahrida tug‘ilgan. 1996 y. Farg‘ona politexnika instituti (kunduzgi) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2023 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida dotsenti lavozimida ishlaydi.

6

Mirsodiqov Abdulla Tursunaliyevich

PhD, dotsent, v.v.b.

1989 yil 11 noyabrda Farg’ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 2016 yil Farg‘ona davlat universiteti (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha). 2022 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida dotsent v.v.b. lavozimida ishlaydi.

7

Teshabaeva Odina Nasridinovna

PhD, Katta o‘qituvchi

1978 yil 5 may Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2007 yil Farg‘ona politexnika institutini (bakalavr), 2009 yil Farg‘ona politexnika institutini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2017 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi.

8

Yulchiyev Asiljon Ortig‘ali o‘g‘li

PhD, Katta o‘qituvchi

1994 yil 27 iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016 yil Farg‘ona politexnika institutini (bakalavr), 2020 yil Janubiy Koreya Respublikasi, Youngsan universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: mexmonxona boshqaruvi va turizm. 2020 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi

9

Xomidov Qaxxorali Qurbonali o’g’li

PhD, Katta o‘qituvchi

1998 yil 04 avgustda Farg‘ona viloyati,Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2021 yil Farg‘ona davlat universitetini (bakalavr), 2023 yil Farg‘ona davlat universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2023 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi.

10

Nematova Shaxlo Egamberdiyevna

o‘qituvchi

1974 yil 30 iyulda Farg‘ona viloyati Farg’ona tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha). 2021 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi.

11

Karimov Shahbozxo‘ja Xamdamjon o‘g‘li

o‘qituvchi

1994 yil 20 mayda Farg‘ona viloyati Farg’ona tumanida tug‘ilgan. 2017 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (bakalavr), 2019 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: turizm. 2019 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi o‘qituvchisi


MOLIYA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Achilov Abror Niyatqobilovich

15.08.1973 yil, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.

Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

Telefon: +99890 561 92 05

Qabul vaqti: Chorshanba 13:00-16:00

E-mail: ochilov49@mail.ru

Hozirgi kunda oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib bormoqda, chunki hududiy iqtisodiyotga yangi yo‘nalishlarda yanada ko‘proq yuqori malakali mutaxassislar talab qilinadi.

Shu ma’noda Farg‘ona davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiyot fakultetida yangi moliya yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining muhim omili sifatida ko‘rilmoqda.

Faoliyat ko‘rsatayotgan tizimlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida menejment, iqtisodiyot yo‘nalishidagi iqtisodchi mutaxassislardan foydalanishga majbur bo‘linmoqda, bu esa tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning aksariyat qismi yondosh soha mutaxassislari ekanligini ko‘rsatadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar Farg‘ona davlat universitetining iqtisodiyot fakulteti tarkibida 60410400 – moliya va moliyaviy texnologiyalar hamda 60410600 – sug‘urta ishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan alohida yo‘nalishlar ochishga zaruriyat tug‘dirdi va 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, moliya kafedrasi tashkil etildi.

Moliya kafedrasi professor-o‘qituvchilari:

1

Achilov Abror Niyatqobilovich

Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

1973 yil15 avgustda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Farg’ona politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyati taxlili va nazorat. 2023 yildan buyon moliya kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi.

2

Tojiboev Zokir Malikovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1949 yil 20 oktabrda Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida tug`ilgan. 1971 yil Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2022 yildan buyon moliya kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.

3

Haydarov Xoshimjon O`rinboyevich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1952 yil 13 iyunda Farg`ona viloyati Buvayda tumanida tug`ilgan. 1973 yil Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: Moliya va kredit. 2022 yildan buyon moliya kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.

4

Ergashev Alijon Hojimamatovich

PhD, dotsent

1970 yil 21 noyabrda Farg`ona viloyati Farg`ona tumanida tug`ilgan. 1992 yil Farg`ona davlat universitetini, 1996 yil Turkiyaning Anqara universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Xalqaro munosabatlar. 2022 yildan buyon moliya kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.

5

Xolmatov Baxtiyor Abdumutalovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1976 yil 1 fevralda Farg`ona viloyati, Yozyovon tumanida tug`ilgan. 1998 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: xalqaro iqtisodchi. 2022 yildan buyon moliya kafedrasi mudiri lavozimida, 2023 yil sentyabrda moliya kafedrasi dotsent

6

Abdisamatov Shuxratjon Abdinazarovich

Katta o`qituvchi

1973 yil 11 iyunda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug`ilgan. 1996 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2022 yildan buyon moliya kafedrasida katta o`qituvchi lavozimida ishlaydi.

7

O`rinov Dilshodjon Ahmadjonovich

O`qituvchi

1980 yil 18 avgustda Farg`ona viloyati Rishton tumanida tug`ilgan. 2001 yil Farg`ona politexnika instituti moliya yo`nalishini, 2003 yil Farg`ona davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2022 yildan buyon moliya kafedrasida o`qituvchi lavozimida ishlaydi.

8

Goziyev Murodjon Shokirjonovich

O`qituvchi

1980 yil 13 yanvarda Farg`ona viloyati marg`ilon shahrida tug`ilgan. 2011 yil Farg`ona davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2022 yildan buyon moliya kafedrasida o`rindoshlik asosida o`qituvchi lavozimida ishlaydi.


JAHON VA MINTAQA IQTISODIYOT KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Jo‘rayeva Nodiraxon Qurbonovna

1986 yil 25-aprelda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Telefon: +99890-407-00-24

Qabul vaqti: Dushanbadan-jumagacha 14:00-16:00

E-mail: nodiraxonnum1@gmail.com

Farg‘ona davlat pedagogika instituti tashkil etilishi bilan 1930 yilda boshqa fanlar qatorida ijtimoiy-gumanitar fanlar ham maxsus kurslar sifatida ta’lim-tarbiya tizimiga kiritilgan edi. Ijtimoiy fanlar tarkibida esa falsafa, iqtisodiyot va tarix fanlari ham mavjud bo`lib, iqtisodiyot fani siyosiy iqtisod kursi sifatida ta’lim tizimidan o`rin egallagan edi.

1960 yili Ijtimoiy fanlar kafedrasi tugatilib, undan maxsus mustaqil ijtimoiykafedralar qatorida Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil topdi.

1991 yil 1 martida davlat pedagogika instituti Respublikada Farg‘ona davlat universitetiga aylantirilganidan so‘ng va pedagogik ta’limning Farg‘ona pedagogika institutida tashkil topganining 60 yilligida kafedra nomi Iqtisodiyot nazariyasi nomi bilan yuritila boshladi.

Universitet rektori buyrug‘iga asosan 2019 yildan Iqtisodiyot nazarayasi kafedrasi o‘rniga Mintaqaviy iqtsodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi ish boshladi.

2022 yil sentyabr oyida Mintaqaviy iqtsodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasiga aylantirildi. Kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 1 nafar katta o`qituvchi PhD, 1 nafar katta o`qituvchi, 2 nafar o`qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar.

Hozirda 60310300 -Mintaqaviy iqtisodiyot va 60411900 -Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar va 60411000 – Inson resurslarini boshqarish ta’lim yo`nalishida bakalavrlar tayyorlanadi. Bugungi kunda, kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq iqtisodiy fanlar o`qitiladi.

Kafedrada iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish jarayoni jonlantirildi, natijada 2010-2022 yillarda yo`nalish talabalaridan J.Madaminov (G.Xalmatjanova rahbarligida), Q.Xomidov (G.Xalmatjanova rahbarligida), Z.Mirzaaxmadova (G.Xalmatjanova rahbarligida) Navoiy nomidagi nomdor stipendiya sohiblari degan nomga sazovor bo‘ldilar.

Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi ayni kunlarda Rossiyaning G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti, Shimoliy Kavkaz Federal universiteti, Qozog`istonning Gumilyov nomidagi milliy universiteti, Qirg`izistonning Osh davlat universiteti, O`zbek-Qirg`iz universitetlari bilan bevosita hamkorlik aloqalarini olib boradi.

Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari


1

Jo‘rayeva Nodiraxon Qurbonovna

PhD, kafedra mudiri

1986 yil 25 aprelda Farg`ona viloyati Yozyovon tumanida tug`ilgan 2007 yil Farg`ona politexnika institutini (bakalavr), 2014 yil Farg`ona davlat universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2024 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2

G`ofurov Ahmadali

Iqtisod fanlari doktori professor

1927 yil 23 fevralda Farg`ona viloyati,Beshariq tumanida tug`ilgan. 1965 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2003 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida professor lavozimida ishlaydi.

3

Yunusov Alisher Ruzimatovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1949 yil 20 oktyabrda Farg`ona viloyati, Farg`ona tumanida tug`ilgan. 1971 yil Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2018 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.

4

Xalmatjanova Gulchexra Djurabaevna

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1967 yil 30 martda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1989 yil Rossiyaning Belgorod pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2024 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi.

5

Xakimov Dilshod Rahmonalievich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1975 yil 26 iyunda Farg`ona shahrida tug`ilgan. 1997 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2021 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.

6

Mannopova Muazzamxon Sultonbekovna

Dotsent v.b

1974 yil 24 sentyabrda Farg`ona viloyati, Kuva tumanida tug`ilgan. 1998 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2025 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi.

7

Raximov Davronbek Sharibjonovich

O ‘qituvchi

1987 yil 23 avgust Farg ‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug ‘ilgan.2012 yil Farg`ona davlat universitetini (bakalavr), 2014 yil Farg`ona davlat universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2014 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida o`qituvchi lavozimida ishlaydi.


BUXGALTERIYA HISOBI VA IQTISODIY TAHLIL KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Oripov Abdumalik Abdusalomovich

1983-yil 28-mart kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Telefon: +99890-290-66-52

Qabul vaqti: Har kuni 9:00-12:00

Elektron pochta: aaoripov@gmail.com


“Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi 2022-yil 31-avgust kuni Farg‘ona davlat universiteti rektorining 357-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom asosida tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ikkita kafedra ­– “Iqtisodiyot va servis” hamda “Mintaqaviy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedralari negizida o‘z faoliyatini boshladi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan “Mintaqaviy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasidagi 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi va fakultetning qolgan 3 ta kafedrasiga biriktirilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining buxgalteriya hisobi, moliyaviy va iqtisodiy tahlil bilan bog‘liq fan (modul)larini, shu bilan birga 08.00.06 – Ekonometrika va statistika tayanch doktorantura ixtisosligini biriktirgan holda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi tashkil etilib, ushbu kafedrani ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim yo‘nalishi va ixtisoslik uchun mutaxassislik kafedrasi sifatida belgilandi.

Bugungi kunda kafedra tomonidan biriktirilgan yo‘nalish hamda boshqa bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qitiladigan buxgalteriya hisobi, moliyaviy va iqtisodiy tahlil bilan bog‘liq fan (modul)lari bo‘yicha ta’lim jarayoni shakllanib, talaba va magistrantlarga ta’lim berilmoqda.

Shu bilan birga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” talablaridan kelib chiqib, 2022-yil 11-iyundagi 6/3-sonli Hay’at qarori bilan iqtisodiy yo‘nalishdagi ixtisoslik – 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga 2023-yil uchun qabul jarayoni boshlandi. Bugungi kunda kafedra negizida ko‘rsatib o‘tilgan ixtisoslik bo‘yicha 4 nafar tayanch doktorant va 1 nafar stajyor-tadqiqotchi tahsil olmoqda.

“Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasida bakalavriat yo‘nalishi talabalariga Buxgalteriya hisobi va audit, Statistika, Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish, Ekonometrika asoslari, Iqtisodiy tahlil va audit, Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash, Audit, Budjet hisobi, Xalqaro buxgalteriya hisobi, Buxgalteriya hisobining dasturiy komplekslari, Banklarda buxgalteriya hisobi kabi fanlar, magistratura mutaxassisliklariga esa Ekonometrika-2 fani o‘qitiladi.

Chop etilgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot:

1. 20 ga yaqin monografiyalar

2. 30 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma, ilmiy, ilmiy - ommabop risolalar

3. 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar


“BUXGALTERIYA HISOBI VA IQTISODIY TAHLIL” KAFEDRASI professor-o‘qituvchilari


1

Oripov Abdumalik Abdusalomovich

PhD, kafedra mudiri

1983-yil 28-mart kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. 2023-yildan buyon “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2

Asraqulov Abduraxmon Sultonovich

PhD, dotsent

1975-yil 8-oktabr kuni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. 2024-yildan buyon “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

3

Jumaqulov Zamir Islomovich

iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent

1960-yil 5-yanvar kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini 1981-yili bitirgan. 1990-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi, 1994-yil dotsent unvonini olgan. Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

4

Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘li

PhD, katta o‘qituvchi

1993-yil 27-fevral kuni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. 2024-yildan buyon “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

5

Madaminov Anvarjon Mamayunusovich

katta o‘qituvchi

1958-yil 2-iyun kuni Fargona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan. Belarus davlat universitetini 1989-yili tamomlagan. Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda

6

Yuldasheva Gulmira Azatovna

o‘qituvchi

1965-yil 6-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahrida tug’ilgan. 1987-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

7

Safarova Dilshodaxon Eshmuxammadovna

o‘qituvchi

1982-yil 13-iyul kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

8

Raximova Maftuna Axmadjon qizi

o‘qituvchi

1992-yil 5-dekabr kuni Farg‘ona viloyati, O’zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2022-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

9

Sufiyev Rustam Abduraxmonovich

o‘qituvchi

1960-yil 25-yanvar kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1982-yil Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

10

Ziyayev Dilshodjon Salimjonovich

o‘qituvchi

1985-yil 17-iyun kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2023-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

11

Xamidov Elyorjon Tursunali o‘g‘li

o‘qituvchi

1996-yil 1-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilgan. 2023-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

12

Olimov Olmonbek Orifjon o‘g‘li

o‘qituvchi

1987-yil 25-mart kuni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani tug‘ilgan. 2022-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

13

Yuldashev Olimjon Alijonovich

o‘qituvchi

1984-yil 8-yanvar kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2014-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.Hozirda “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.