Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

“Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi

Qatag‘onlarni xotirlash va e'zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui barpo etilib,“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi.

Muzey Chor Rossiyasi va Sovet hokimiyati davrida Vatan ozodligi yo‘lidagi faoliyati hamda hatti-harakati uchun qatag‘on etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlardagi oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 17.08.2018-yil kuni Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etildi.

Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Qatag‘onchilik siyosatining paydo bo‘lish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish;

- Mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash;

- Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog‘liq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ‘ib etish;

- Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish;

- Ilmiy ijodiy merosini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish;

- Muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi uchun universitet bosh binosining 2 -qavatida joylashgan bo‘lib 4 ta xonalardan iborat.

1-zal “Universitet tarixi va bugun” mavzusiga bag‘ishlangan.

2-zal Shuningdek kirish va koridor “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” mavzusiga bag‘ishlangan.

3- zal “Paxta ishi” mavzusiga bag‘ishlangan.

4-zal “Mustaqillik davri”ga bag‘ishlangan.


Muzey direktori: biologiya fanlari nomzodi Sidikov Sobir Mamasoliyevich

Telefon: (+99890) 301-76-33

E-mail: s_sidikov1947@mail.ru

Qabul kuni: Dushanba, Shanba 8:00-16:00


Sidikov Sobir Mamasoliyevich, 1947-yil 25-martda Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1967-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishini tamomlagan. 1972-yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti sport o‘yinlari kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat boshlagan. 1977-1979 yillari Sank-Peterburg Fanlar Akademiyasi Fiziologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi, 1979-yil Sank-Peterburg Fanlar Akademiyasi Fiziologiya instituti aspiranti tamomlagan. 1982-yil Farg‘ona davlat pedagogika instituti malaka oshirish fakulteti o‘qituvchisi hamda 1985-yil Farg‘ona davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1987-yil Farg‘ona davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti dekani, 1992-yil Farg‘ona davlat universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasi mudiri, 1996-yil Farg‘ona davlat universiteti xo‘jalik boshqaruvi tizimi boshlig‘i, 1997-yil Farg‘ona davlat universiteti sport o‘yinlari kafedrasi mudiri, 1999-yil Farg‘ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani, 2000-yil Farg‘ona davlat universiteti sport o‘yinlari kafedrasi mudiri, 2006-yil Farg‘ona davlat universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti, 2015-2018 yil - Farg‘ona davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018-yildan Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.


“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi Katta ilmiy hodimi Mahmudova Sumbula Abdumalikovna

1975-yil 24-dekabrda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

1997-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining musiqa yo‘nalishini tamomlagan.

1997-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti musiqa pedagogikasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchi,

1998-yil Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani bolalar san’at maktabida fortepiano o‘qituvchisi,

1998-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti ma’naviyat va ma’rifat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi,

1999-yil Aspirantura talabasi, 2003-yil Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano o‘qituvchisi,

2009-yil Toshkent pedagogika kollejining musiqa fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

2021- yil 9-sentyabrdan Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi.



“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Shukurov Abdusalim Qodirovich.

1955-yil 10-yanvarda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.

1977-yil Samarqand Davlat universitetining tarix-jamiyatshunoslik yo‘nalishini tamomlagan.

1977-yil Oltiariq tumani 26-maktab o‘qituvchisi, 1981-yil 5239-harbiy qism xizmatchisi,

2004-yil Farg‘ona mexanika zavodi maxfiy bo‘lim boshlig‘i, 2008-yil Farg‘ona Don maxsulotlari kombinati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi,

2015-yil “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” sho‘ba unitar korxonasi Oltiariq Yoqilg‘i ishlab chiqarishning ijtimoiy va umumiy masalalar bo‘yicha bo‘lim ma’naqiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha etakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2021-yildan Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi AKT bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlaydi.


“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi fond saqlovchisi Artikov Umidjon Ilhomovich.

1987-yil Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2024-yil TATU Farg`ona filialini kompyuter injenering ta`lim yo’nalishini tamomlagan.

2006-yil Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi Ish yurituvchi kotib,

2006-yil Farg‘ona davlat universiteti fizika matematika fakulteti Dispetcher,

2008-yil Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi: Tarmoq va ma’lumotlar banki ma’muriyati,

2017-yil Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi: Tarmoq administratori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2021-yildan Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi fond saqlovchi lavozimida ishlaydi.



“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi Zal nazoratchisi Saydaxmedova Nozima Ruslanovna.

1984-yil 15-dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2002-yil Farg‘ona sanoat kasb-hunar kolleji, buxgalteriya yo‘nalishi,

2017-yil Farg‘ona pedagogika kolleji axborot- resurs markazi kutubxonachisi yo‘nalishlarini tamomlagan.

2002-yil Farg‘ona davlat universiteti ilmiy kotib operatori, 2007-yil Farg‘ona davlat universiteti devonxona operatori,

2010-yil Farg‘ona davlat universiteti 1-Axborot Resurs Markazi Axborot texnologiyalari bo‘limi axborot resurslarini tashkillash operatori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018-yildan Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi zal nazoratchisi lavozimida ishlaydi.