Bo’lim boshlig’i: Javohir Sultonov Ma’lumoti oliy.
e-mail:strategic_development@pf.fdu.uz
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti hamda Moskva tashqi ishlar vazirligi qoshidagi
“Дипломатическая Академия” oliygohlarini tamomlagan.
Bosh mutaxassis: Zaylobiddin Turg’unboyev. Ma’lumoti oliy.
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti hamda Moskva
“Высшая школа экономики” oliygohlarini tamomlagan.
Bosh mutaxassis: Jovhar Museyibzada Ma‘lumoti oliy,
Jeneva Davlat Universiteti (Shveysariya), Bilkent Universiteti (Turkiya) va SciencesPo Universitetini (Fransa) tamomlagan.
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish:
• bo‘limning asosiy vazifasi universitetning strategik rivojlanish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, strategik dasturlarni amalga oshirishda va ularning bajarilishini baholash va kamchilik va yutuqlarni aniqlagan holda hisobotlar taqdim etish;
• bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• universitet maqsadlarini, salohiyat va imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar ishlab chiqish;
• xalqaro reyting ko‘rsatgichlarida universitetning bosqichma-bosqich maqsadli ko‘rsatgichlarini yaxshilash bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish;
• xalqaro bo‘lim hamkorligida QS, THE xalqaro reyting tashkilotlarining mutaxassislari bilan doimiy muloqot o‘rnatish hamda reytinglarda ishtirok etish uchun arizalar taqdim qilish;
• xalqaro reyting agentliklaridan universitetning zarur ko‘rsatkichlarini olish va uni doimiy monitoring qilib borish;
• dunyoning nufuzli 1000 ta universitetlari ro‘yxatiga kirish uchun QS va THE tashkilotlari tamonidan talab qilinadigan ma’lumotlarni kiritishni nazorat qilish;
• universitet ish faoliyatini Xalqaro reyting agentliklari talablariga muvofiqlashtirish maqsadida har bir fakultet kesimida seminarlar tashkil qilish;
• QS xalqaro reyting tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ish beruvchilar o‘rtasida reputatsiya so‘rovini marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bilan tashkil qilish va ishtirokchi korxona tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish;
• QS xalqaro reyting tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan professor-o‘qituvchilar reputasiya so‘rovini tashkil qilish va ishtirokchi professor o‘qituvchilar va ilmiy hodimlar ro‘yxatini shakllantirish;
• tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik sohasida boshqa bo'limlar bilan hamkorlikda siyosat va dasturlar ishlab chiqish va boshqarish.