Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi

Bo‘lim boshlig‘i: Aslonov Islombek Soyibjon o‘g‘li

Telefon: +998916790278

Qabul vaqti:har seshanba, payshanba kunlari soat 14:00-16:00

E-mail: aslonovislombek988@gmail.com



Bo‘lim muhandisi: Zakirova Nigoraxon Rustamjanovna

Telefon: +998916522821

E-mail: nigorazakirova20@gmail.com




Bo‘lim muhandisi: Yuldashev Mirjalol Karimjon o‘g‘li

Telefon: +998913961202

E-mail: mirjalolyuldashev1996@gmail.com





Universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (keyingi matnda-bo‘lim) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida faoliyati olib boradi. Bo‘limda 3 ta shtat birligi bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i Aslonov Islombek Soyibjon o‘g‘li va 2 nafar muhandis Yuldashev Mirjalol Karimjon o‘g‘li va Zakirova Nigoraxon Rustamjanovna mehnat faoliyatini olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Farg‘ona davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.Ushbu Nizom Farg‘ona davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.Oliy ta’lim muassasalari Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va topshiriqlariga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining ko‘rsatma va topshiriqlariga, Farg‘ona davlat universitet rahbariyati buyruqlari va topshiriqlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.

3.Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Farg‘ona davlat universitet rahbariga hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga boʻysunadi, vazirlikning Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimiga hisobdor hisoblanadi.

4.Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi oʻz faoliyatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

II. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi maqsad va vazifalari

5. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad:

5.1. Тegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;

5.2. Talabalarining ilmiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;

5.3. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish.

6. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining asosiy vazifalari:

6.1. Farg‘ona davlat universitetidagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;

6.2. Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;

6.3. Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

6.4. Innovatsion loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish;

6.5. Iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;

6.6. Farg‘ona davlat universitetida tegishli soha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirish;

6.7. Ilm-fan sohasida oʻz oʻrnini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm-fani nufuziga oʻz hissasini qoʻsha oladigan boʻlajak akademiklar jamoalarini shakllantirib borish;

6.8. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yo‘nalishlari va ko‘nikmalarining o‘zlashtirishlariga sharoit yaratish;

6.9. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o‘quv materiallarini chuqurroq o‘zlashtirishiga ko‘maklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;

6.10. Iqtidorli talabalarni Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida, davlat stipendiyalari hamda davlat mukofotlari tanlovlarida faol ishtirokini ta’minlash;

6.11. Talabalarning ilmiy muammolarni mustaqil hal qilish usullarini o‘rganishi va ularning ilmiy jamoalarda ishlash qobiliyatini shakllantirish;

6.12. Talabalarni oliy ta’lim muassasasida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga keng jalb qilish;

6.13. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda sifat va samaraga erishishga ko‘maklashish.

6.14.Iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy to‘garaklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;

6.15.Yoshlar akademiyasi liderlari saylovini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etish va ular faoliyat olib borishiga ko‘mak berish;

6.16.Talabalarni ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilishga keng jalb qilish;

6.17.Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyati natijalari, erishgan yutuqlari va amalga oshirgan ishlari yuzasidan OAV vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish;

7. Yuqorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritayotgan barcha prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari mas’ul hisoblanadi.

8. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish va ularni maqsadli tayyorlash yuzasidan iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot etish bo‘limida quyidagi ish yuritish hujjatlarini olib borish tavsiya etiladi:

–Iqtidorli talabalar bilan ishlash Nizomi;

–Iqtidorli talabalar bilan ishlash ish rejasi (dasturi);

–Ish rejasi (dastur)ning bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar;

–Yoshlar akademiyasi tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlar hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlar;

–Iqtidorli talabalarga oid Farg‘ona davlat universiteti rektorining buyruqlari;

–Konferensiya, olimpiada, tanlovlar o‘tkazilishiga oid hujjatlar;

–O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga oid hujjatlar;

–Iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risidagi yuqori boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari;

–Iqtidorli talabalar qatnashadigan to‘garaklarning dasturlari, ish rejalari;

–Iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlari haqida ma’lumotlar;

–Yoshlar akademiyasi liderlarining faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar.

III. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini

tashkil etish va boshqarish

9. Farg‘ona davlat universitetidagi talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va boshqarish Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor zimmasiga yuklanadi. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatga keng jalb qilish hamda qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan olib boradi. Mazkur tuzilmadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va boshqarish, ularning samaradorligiga mazkur tuzilma mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadi. Ushbu tuzilmaning har biri o‘zining funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda talabalar ilmiy faoliyatini amalga oshirish ishlarida ishtirok etadi.

10. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ularning OTM doirasida, respublika va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlashni nazarda tutadi.

11. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini va faoliyatini bevosita ro‘yobga chiqaradigan asosiy bo‘g‘in kafedra hisoblanadi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni ko‘rib chiqadi va chop etish uchun tavsiya etadi.

12. Kafedralar Farg‘ona davlat universiteti ilmiy yo‘nalishdagi faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir talabaning ilmiy sohada o‘z qobiliyatini ko‘rsatishiga imkoniyat yaratadi.

13. Kafedralar qoshidagi ilmiy to‘garaklar talabalarni mazkur nizomda belgilangan maqsadlarga erishish hamda tegishli fanlar bo‘yicha olimpiadalar va turli xil tanlovlarda ishtirok etishi uchun tayyorlaydi.

14. Kafedrada amalga oshirilayotgan talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga va faoliyatiga oid ko‘rsatkichlar kafedra va uning professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berishda inobatga olinadi. Mazkur ko‘rsatkichlar kafedralarning hisobotlarida aks ettiriladi.

IV. Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i va xodimlarining huquqlari va majburiyatlari

15. Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i va xodimlarining quyidagi huquq va majburiyatga ega:

15.1. Tasdiqlangan reja asosidaiqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.

15.2. Iqtidorli talabalarni aniqlash ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli stipendiyalar va turli xil tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish.

15.3. Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishinimuvofiqlashtirish.

15.4. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish masalalari yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;

15.5. Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “ilmiy-tadqiqot ishlari” sohasiga tegishli bandda iqtidorli talabalar bilan ishlashga tavsiyalar berish.

15.6. Har semestr yakunida fakultetlar va kafedralarning iqtidorli talabalar bilan mas’ul shaxslarningolib borgan ishlari yuzasidan bo‘limga hisobot berishlarni ta’minlash.

15.7. Iqtidorli talabalarning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan seminar, ko‘rgazma va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlariga tayyorlash.

15.8. Iqtidorli talabalar bo‘limining o‘quv yili ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish.

15.9. Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish;

15.10. O‘z vakolati doirasida, bo‘limning barcha xodimlari, talabalalari uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqarish.

15.11. Farg‘ona davlat universiteti rahbariyatiga va kengashiga Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

15.12. Bo‘lim boshlig‘i Iqtidorli talabalarda ijodiy va ilmiy muhitni yaratish uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.

15.13. Farg‘ona davlat universiteti kengashi majlislarida, fakultet va kafedralarda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qilish va amalga oshirish.

V. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyaviy

va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash

16. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar va tanlovlar oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari, shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

17. Farg‘ona davlat universiteti tomonidan Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga alohida xona, ish stoli va stullar, javonlar, kompyuterlar jamlanmasi, printer, proyektor, ekran, raqamli fotoapparat hamda zaruriy devonxona mahsulotlari bilan taʼminlanadi.

18. Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida faoliyat yurituvchi xodimlar ularni faoliyatini natijadorligi va samaradorligini inobatga oligan holda ular universiteti mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

VI. Yakuniy qoida

19. Mazkur Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rektor buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.

20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.