Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Talabalarni turar joy bilan taminlash ishlarini muvofiqlashtirish

Bo‘lim boshlig‘i: Erkaboyev Oybek Muhammadjonovich:

Tel: 99891-130-44-01





Bosh mutaxassis: Muxamediyev Muxammad Muzaffarovich

Tel: 998-99-110-22-15





Bosh mutaxassis: Yoqubov Jamshidbek G‘ulomjon o‘g‘li

Tel: 99891-158-34-35






Bosh mutaxassis: Raximov Isroiljon Ismoilovich

Tel: 99888-811-34-34





“TALABALARNI TURAR JOY BILAN TAʼMINLASH ISHLARINI

MUVOFIQLASHTIRISH BOʻLIMI” TOʻGʻRISIDAGI

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu “Nizom” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 9-sentabr 2021-yildagi 563-son qarori asosida ishlab chiqildi.

Farg‘ona davlat universitetining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tarkibidagi “Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

1.2. Universitetga uzoq tuman, shahar va viloyatlardan kelib taʼlim olayotgan talabalarni vaqtincha yashash joyi bilan taʼminlash maqsadida, “Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi tashkil etiladi.

1.3 Universitetning Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qarorlari, Axborot texnologiyalari Vazirligining farmayish va qarorlari, Hayʼat bayonnomalari, Universitet Kengashi qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va ushbu Nizomga asosan ish yuritadi.

1.4. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi – fakultet dekanatlari hamda tyutorlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

1.5. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi – mazkur Nizom asosida Universitet rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda oʻz faoliyati yoʻnalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega boʻlib, talabalar turar joyining maʼmuriy, maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.

1.6. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi talabalar turar joyida talabalarning yashashi, oʻz ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, sanʼat va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratadi.

1.7. Talaba turar joyi olish uchun Universitet rektori yoki Yoshlar masalalari va ma’naviy - maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektor nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Mazkur ariza oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilgach, talabani turar joyiga joylashtirish Universitet rektori yoki Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor ruxsati bilan berilgan order asosida “Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.

1.8. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taʼsis etilgan qoidalar asosida vaqtincha roʻyxatga olinadilar. Roʻyxatga olish ishlari “Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi boshligʻi va pasportist(ka) tomonidan amalga oshiriladi.

1.9. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sogʻlomlashtirish ishlari va talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik Universitet rektori tomonidan amalga oshiriladi.

1.10. Talabalar turar joylariga Universitet ishchi-xizmatchilari, begonalar, talabalarning oila aʼzolarini joylashtirish qatʼiyan man etiladi va bu “Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi tomonidan nazoratga olinadi.

1.11. Talabalar turar joylarida yashash uchun toʻlov miqdori universitet Kengashi qarori asosida rektor buyrugʻi bilan har oʻquv yili boshida belgilanadi.

1.12. Tashkil etilgan bo’limning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli «Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlaydi. Bunda Farg‘ona davlat universitetda tahsil olib ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara to’lovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan to’lab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi va tavfsiyalar beradi.

II. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi tarkibi, huquqlari va majburiyatlari.

2.1. Talabalarni turar joy bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish boʻlimi tarkibi boʻlim boshligʻi va uch nafar bosh mutaxassisdan iborat.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻining xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:

Bilishi kerak:

Oliy taʼlimga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hayʼat qarorlari, buyruqlari, Universitet ustavi, ichki mehnat-tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalarni, Uuniversitet rektori qarorlari, buyruqlari, talabalar turar joyi faoliyatiga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarning mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

2.2. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi – talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yoʻnalishlari boʻyicha umumiy rahbarlikni olib boradi.

2.3. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali boʻlishi shart.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisining xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:

Bilishi kerak:

Oliy taʼlimga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hayʼat qarorlari, buyruqlari, Universitet ustavi, ichki mehnat-tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalarni, Universitet rektori qarorlari, buyruqlari, talabalar turar joyi faoliyatiga taalluqli faoliyatiga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarning mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi zarur

III. Nizomga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish

3.1. Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek kuchini yoʻqotgan deb topish Universitet rektori buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.

3.2. Talabalarni turar joy bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish boʻlimining ushbu Nizomiga ish jarayonida toʻplangan tajriba, muammolar, istak va takliflardan kelib chiqib, qoʻshimcha hamda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

IV. Yakunlovchi qoidalar:

4.1. Ushbu nizomda belgilangan masalalar boʻyicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.

4.2. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar amaldagi qonuchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.