Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nashriyot boʻlimi

Bo‘lim boshlig‘i: Zokirov Islomjon Ilxomjonovich.

Farg‘ona davlat universiteti, biologiya fanlari doktori professor.

Telefon raqami: (+99890)-932-91-77

E-mail: izokirov.biol79@gmail.com




Muharrir: Sheraliyeva Janonahon G‘ulommuxidinovna

Telefon raqami: (+99891) 670-74-60

E-mail: janonasheraliyeva@gmail.com





Tarmoq adminstratori: Solijonov Behzodbek Alijon o‘g‘li

Telefon raqami: (+99894)_490-59-99

E-mail: behzodbeksolijonov@gmail.com





Musahhih: O‘rinboyev Islombek Ilhomjon o‘g‘li

Telefon raqami: (+99877)_351-76-96

E-mail: orinboyevislombek417@gmail.com





Musahhih: Mahmudov Farruxbek Farxod o‘g‘li

Telefon raqami: (+99899)_040-70-64

E-mail: farruxmahmudov38@gmail.com






BO’LIM HAQIDA

Ushbu bo’lim Farg‘ona davlat universiteti Ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nashriyot bo‘limi (bundan keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb yuritiladi)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Bo‘lim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va topshiriqlariga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qatorlari, ko‘rsatma va topshiriqlariga, Farg‘ona davlat universitet rahbariyati buyruqlari va topshiriqlariga hamda ushbu Nizom asosida olib boradi.

Bo‘limning maqsadi

Universitetda faoliyat olib borayotgan ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy kengashlar hamda ularning qoshidagi ilmiy seminarlar faoliyatini doimiy nazorat qilish hamda samarali faoliyat olib borishlari uchun ko‘maklashish;

Universitet professor-o‘qituvchilarini ilmiy unvonga tavsiya etish bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tasdiqqa taqdim etilishini tashkillash;

“FarDU. Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ”, “Scientific journal of the Fergana State University” ilmiy jurnali faoliyatini olib borishdan iborat.

Bo‘limning tashkil etilishi va tuzilmasi

Bo‘lim universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tarkibida faoliyat yuritadi.

Bo‘lim tarkibi bo‘lim boshlig‘i, Ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy unvonlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlar (2 nafar), “FDU. Ilmiy xabarlar” jurnali tahririyati faoilyatini yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlar (4 nafar)dan iborat bo‘ladi.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyatini boshqaradi va uning samaradorligini ta’minlaydi. Bo‘lim boshlig‘i maqomi bo‘yicha fakultet dekani lavozimiga tenglashtiriladi.

Bo‘lim xodimlarining xizmat vazifalari bo‘lim boshlig‘i tomonidan belgilanib, malaka talablari asosida faoliyat olib boradi.


Bo‘limning huquqlari

Universitet kengashi va boshqa rasmiy tadbirlarda Ilmiy kengashlar faoliyati, ilmiy unvonlar va “FDU. Ilmiy xabarlar” jurnali faoliyatiga doir qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi.

Bo‘limning mehnat, ijro va ishlab chiqarish intizomini nazorat qiladi.

Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Zarurat tug‘ilganda, bo‘lim xodimlarini viloyatlarga va xorijga xizmat safariga yuboradi.