Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 377
  • Ko`rib chiqilganlar 334
    • Takliflar 50
    • Arizalar 289
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 43

Axborot - Resurs Markazi

Axborot-resurs markazi direktori:Axmedov Axror Amonjonovich

Telefon raqami: +99873 244-44-94

Mobil telefoni: : +998976736415

E-mail: axmedov1981@gmail.com

Qabul kuni: Shanba 10:00 - 12:00

11.05.1981 Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2002 y. Farg‘ona davlat universiteti (kunduzgi), 2008 y. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (magistratura) bosqichini Axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish metodikasi mutaxassisligini tamomlagan.

2021 yil 21 avgustdan Axborot-resurs markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.


Direktor o`rinbosari

4e1d856af8-arm-direktori22Direktor o`rinbosari: Mo‘minova Farida Vaxobovna

Telefon raqami: +99873 244-44-94

Tel. raqami: +998995162123
E-mail:
VahobovnaF70@gmail.com

Qabul kuni vaqti: Chorshanba 14:00 - 16:00

1970-yil 3-aprel kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan, 2011-yil Farg‘ona davlat universiteti musiqiy ta’lim yo‘nalishini tamomlagan, 2016-2017 yy. - Farg‘ona davlat universiteti axborot- resurs markazi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.



Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi

Bo`lim mudiri: Jo‘raeva Yulduz Saminovna

Telefon raqami: +99873 244-44-94

Tel. raqami: +998936448168
E-mail:
YulduzJorayeva70@gmail.com

Qabul kuni vaqti: Chorshanba 14:00 - 16:00

25.08.1970 Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli2007 y. Farg‘ona davlat universiteti (maxsus sirtqi) bo‘limini Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligini tamomlagan.

2017 yil 1 maydan:

Farg‘ona davlat universiteti axborot-resurs markazi ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi mudiri lovozimida ishlab kelmoqda.



Elektron axborot resurslari bo‘limi

Bo`lim mudiri: Mamatkarimov Madadbek Umidjon o’g’li

Telefon raqami: +99873 244-44-94

Tel. raqami: +998905331299
E-mail: Grafggm@gmail.com

Qabul kuni vaqti: Chorshanba 14:00 - 16:00

25.08.199 Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida tug‘ilgan. 2014 y. Farg‘ona kompyuter texnologiyalar kollejini tamomlagan.(tugallanmagan oliy) Farg‘ona davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakulteti 3-bosqich talabasi.

2021 yil 12 avgustdan
Farg‘ona davlat universitetining axborot-resurs markazi

elektron-axborot resurslar bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.



Xorijiy axborot - kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi

Bo`lim mudiri: Avanazarova Oygul To‘lqinovna

Telefon raqami: +99873 244-44-94

Tel. raqami: +998916543801
E-mail:
avanazarova71@mail.ru

Qabul kuni vaqti: Chorshanba 14:00 - 16:00

07.02.1971 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 1995 y. Farg‘ona davlat universiteti (sirtqi) bo‘liminiMilliy maktablarda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘yicha mutaxassisligini tamomlagan.

2021 yil 6 fevraldan :

Farg‘ona davlat universitetiningaxborot-resurs markazi xorijiyaxborot - kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi bo‘lim mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.



Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi

Bo`lim mudiri: Abbosova Nilufar Xusanovna

Telefon raqami: +99873 244-44-94

Telefon raqami: +99891 650-37-68

E-mail: ni.abbosova11@mail.ru

Qabul kuni: Seshanba 14:00 - 16:00

1975-yil 11-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Oxunboboev tumanida tug‘ilgan, 1998-yil Farg‘ona davlat universitetini fizika yo‘nalishini tamomlagan, 2012-2017 yy.- Farg‘ona davlat universiteti 1-axborot- resurs markazi adabiyot va elektron axborot resurslar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2017- yil 1-maydan Farg‘ona davlat universitetining axborot- resurs markazining axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.



Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi

Bo`lim mudiri: Isroyiljonova Rano Xamidovna

Telefon raqami: +99873 244-44-94

E-mail: Isroyiljonova@mail.ru

Qabul kuni: Juma 14:00 - 16:00

1966-yil 10-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, 1989-yil Toshkent davlat madaniyat instituti kutubxonalar kutubxonashunos-bibliografi yo‘nalishini tamomlagan, 2016-2017 yy. - Farg‘ona davlat universiteti axborot-resurs markazi qabul qilish, yig‘ish va katologlash bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan, 2017-yil 1-maydan Farg‘ona davlat universiteti axborot-resurs markazi axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri.


Farg‘ona davlat universiteti axborot- resurs markazi (Sagatov nomidagi kutubxona) 1930 yil 5 mayda tashkil etilgan. 1930-1937 yillarda kutubxonaga birinchi bo‘lib Konchevskaya Zinaida Ivanovna rahbarlik qilgan. Kutubxona fondini boyitish va tashkilllashda institut professor-o‘qituvchilarining ham yordami katta bo‘ldi. Tarix fanlari doktori P.P.Chernov, N.I.Leonov, biologiya fanlari doktori professor E.V.Averinsevlarning xizmatini alohida aytish joiz.

1930 yilda kutubxona boshlang‘ich kitob fondi 3000 ta bo‘lib, kitobxonlar soni 66 kishidan iborat bo‘lgan.

1931-1932 yillarda institut qoshida yana 3 ta fakultet ochilishi hisobiga kitobxonlar soni 400 kishiga ko‘paydi. 1947-1957 yillarda kutubxonaga rahbarlik qilgan A.D.Eleskina, kutubxona fondining kengayishida jonbozlik ko‘rsatdi. 1969 yilda kutubxona hozirgi egallab turgan binoga ko‘chib o‘tdi va o‘z ishini keng ko‘lamda davom ettira boshladi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tub o‘zgarishlar kutkbxonachilik tizimida ham islohotlar o‘tkazishga va yangi texnologiyalarni ish jarayoniga faol joriy etishga zamon talablarini hisobga olgan holda kutubxona boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 sonli “Respublika aholisini axborot kutkbxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2006 yil 13 oktyabrda Farg‘ona davlat universitetida Axborot Resurs Markazi tashkil qilingan.

1. Axborot-resurs markazi zamon talablariga javob beradigan texnik vositalar bilan jihozlangan, jumladan,70 takompyuter mavjud bo‘lib, shundan 43 tasi ARM kompyuter zaliga joylashtirilgan, kompyuter zali talabalar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar, tadqiqotchilar, ishchi–xodimlar va aholining boshqa qatlamlariga xizmat ko‘rsatadi.

Barcha kompyuter korporativ hamda internet tarmog‘iga ulangan.

Shuningdek, 1 ta pereplyot qurilmasi, 1ta laminat qurilmasi (Fellowes A4), 1ta qog‘oz qirqish qurilmasi (Ideal 124), 4 ta printer, 3 ta tezkor skaner hamda 1 ta videoproektor mavjud, 1 server kompyuteri, 1 ta kuzatuv kamera bilan ta’minlangan. BOOK KAFE da 40 ta planshet, internetga ulangan.

Axborot - resurs markazi pandemiya sharoitida ham foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash maqsadida “ARMFarDU” telegramm guruhini tashkilladi. Guruhda 2500 dan ziyod a’zo bo‘lib, shu kunga qadar so‘rovnomalar bo‘yicha28805 dona PDF, ARK, WORD variantlarda darslik, o‘quv-qo‘llanma, badiiy va ilmiy adabiyotlar, 2635 dona audiokitoblar, 4707 dona kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi taqdimotlar, 5473dona kitobxonlikni targ‘ib etuvchi rasmlar, 863 dona videoroliklar yuborilgan. Shuningdek, respublikamizda nashr etiladigan davriy nashrlar elektron varianti, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohasiga talluqli bo‘lgan ma’lumotlar ham joylashtirib boriladi.

2. Axborot- resurs markazining umumiy fondi 71 858 nom 772 872 nus’hada bo‘lib, shundan, darsliklar 1 874 nom 118 862 nus’ha, o‘quv qo‘llanmalar 5 114 nom 237 869 nus’hada, ilmiy adabiyotlar 20 067 nom 268 507 nus’hada, badiiy adabiyotlar 44 728 nom 141 447 nus’hada boshqa adabiyotlar 75 nom 6 187 nus’hana tashkil etadi.

3. Axborot-resurs markazining jami foydalanuvchilari soni 22 258 nafarni tashkil etadi.Shundan talabalar 20018, magistrantlar 209, doktorantlar 111, Professor-o‘qituvchilar 1106, xodimlar 673, boshqalar 141 nafarni tashkil etadi.

Yillik qatnov 396747 ta bo‘lib olingan adabiyotlar soni 892716 donani tashkil etadi.

4. Joriy yil uchun universitet byudjeti xisobidan respublikamizda nashr etiladigan28 nomdagi gazeta va 46 nomdagi jurnallarga obuna qilingan

5. Axborot- resurs markazida umumiy 420 o‘rinli o‘quv zali mavjud:

Shundan

Asosiy binodagi o‘quv zali -100

ATBdagi o‘quv zalida -80

BOOK KAFE da-100

1-2 TTJda -20

5-6-TTJda-30

San’atshunoslikfakultetida - 20

Filologiya fakultetida -10

Zootexniya fakultetida-20

Meva sabzavotchilik fakultetida -20

Sirtqi fakultetida -20