Markaz boshlig`i: Mullayev Baxtiyor Mashrabovich
Telefon: +99891 666 70 40
e-mail: fdu_atm@edu.uz
Qabul kunlari: Dushana-Juma 14:00 - 17:00
MARKAZ FAOLIYATI HAQIDA
Axborot texnologiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230-sonli 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga muvofiq hamda Farg`ona davlat universitetida o’quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida tashkil etilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy ba o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12 apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 22-son “Oliy ta`lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat `korsatuvchi va qo`shimchalar kiritish haqida” gi qaroriga asosan Axborot texnologiyalar markazi negizida Raqamli ta`lim texnologiyalari markazi tashkil etildi va faoliyatini boshladi. Markazning asosiy vazifasi universitet o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborotkommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.
Bugungi kunda markazda 23 ta shtat birligi mavjud: 1 ta markaz boshlig`i, 4 ta bo'lim boshlig'i, 1 ta veb-dizayner, 3 ta kontent-menedjer, 9 ta muhandis-dasturchi, 1 ta tizim administratori, 2 ta tarmoq administratori, 1 ta muhandis elektronchi, 1 ta texnik elektronchi, 1 ta texnik, 1 ta kompyuter zali mudiri, 1 ta texnik lavozimlardan iborat.
Raqamli ta`lim texnologiyalarini joriy etish bo'limi
Bo'lim boshlig'i: Turg`unov Sharifjon Shavkatjon o’g’li
2022 yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash) mutaxasisligi magistraturasini tamomlagan. Malumoti bo’yicha mutaxasisligi Kompyutaer injinirligi Ushbu lavozimda 2022 yil dekabr oyidan ishlab kelmoqda.
Bundan tashqari ushbu bo'limda 1 ta veb dizayner, 3 ta kontent-menedjeri, 4 ta muxandis dasturchi hamda 1 ta tizim administratori faoliyat olib boradi.
Shadmanova Barnoxon – kontent-menedjer, 2015 yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universitetini Axborot tizimlari va texnologiyalari yo'nalishini tamomlagan. Diplom bo'yicha mutaxassisligi muxandis dasturchi. Ushbu lavozimda 2021 yil iyul oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Soliyev Shohruh – veb dizayner, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali (Avval Fargʻona kompyuter texnologiyalari kollejini Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishini tamomlagan) talabasi. Ushbu lavozimda 2017 yil iyul oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Mamataliyev Jumanazar – kontent-menedjeri, 2018 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialini Kompyuter injineringi taʻlim yoʻnalishini tamomlagan. Ushbu lavozimda 2021 yil noyabr oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Sodiqova Yulduz - tizim administratori, 2015 yilda Farg`ona davlat universitetini Kasb ta`limi (informatika va axborot texnologiyalari) yo'nalishini tamomlagan. Ushbu lavozimda 2022-yil iyun oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi
Bo'lim boshlig'i: Sirojiddinov Azimjon Akramjon o`g`li
2021 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash) yo'nalishi magistraturasini tamomlagan.2022 yildan markazdagi Axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda.
Bundan tashqari ushbu bo'limda 1 ta muxandis dasturchi hamda 1 ta tarmoq administratori faoliyat olib boradi.
Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
Bo'lim boshlig'i: Dadajonov Xislatbek Farxodjon o`gli.
2023 yilda kompyuter injenering (Kompyuter tizimlarini loyihalash) ta`lim yo'nalishini magistraturasinitamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi Kasb ta`limi(informatika va axborot texnologiyalari). Ushbu lavozimda 2018 yil aprel oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Ushbu bo'limda 1 ta muhandis-elektronchi, 1 ta muhandis dasturchi, 1 ta texnik elektronchi hamda 1 ta kompyuter zali mudiri faoliyat olib boradi.
Ergashev Ravshanbek – muhandis-elektronchi, 2009 yilda Farg'ona politexnika institutini Qattiq jism elektronikasi, mikroelektronikasi yo'nalishini tamomlagan. Ushbu lavozimda 2017 yil may oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Bahromov Shohrux - kompyuter zali mudiri. 2017 yilda Farg`ona kompyuter tehnologiyalar kollejini tamomlagan. Ushbu lavozimda 2021 yil yanvar oyidan boshlab faoliyat ko`rsatadi.
Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi
Bo'lim boshlig'i: Аbdurahmonov Muhammadjon Abdusattor o`g`li.
2023 yilda kompyuter injenering (Kompyuter tizimlarini loyihalash) ta`lim yo'nalishini magistraturasini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi kompyuter injenering (Kompyuter tizimlarini loyihalash). Ushbu lavozimda 2019 yil oktyabr oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Bundan tashqari ushbu bo'limda 2 ta muxandis dasturchi, 1 ta tarmoq administratori hamda 1 ta texnik faoliyat olib boradi.
Halimov Murodjon – tarmoq administratori, 2021 yilda TATU Farg'ona filialini tamomlagan. Ushbu lavozimda 2021 yil sentyabr oyidan boshlab faoliyat ko'rsatadi.
Ibragimova Nafisaxon - texnik, 2002 yilda Farg'ona davlat universiteti qoshidagi Biznes maktabini tamomlagan. Ushbu lavozimda 2003 yildan beri faoliyat ko'rsatadi.
Farg`ona davlat universitetida bugungi kunda 1500 dan ortiq kompyuterlar mavjud bo`lib, ularning ko`p qismi o`quv jarayonida bevosita foydalanilmoqda. Shuningdek 28 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Universitet lokal kompyuter tarmog`iga 1300 dan ortiq kompyuter tugunlari bog`langan bo`lib, ular bevosita internetga ulangan va undan talabalar, tadqiqotchilar va professor-o`qituvchilar doimiy ravishda foydalanib kelmoqdalar.
Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi: