Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

O`quv-uslubiy boshqarma

Boshqarma boshlig‘i: Jurayev Xusniddin Pazliddinovich

Uyali aloqa telefoni: +(998) 90 363-77-22

E-mail: jorayevxusniddin01@gmail.com

Qabul kuni: Seshanba 14:00-16:00


1980 yil 2 sentyabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Farg‘ona davlat universiteti tarix yo‘nalishini, 2007 yilda Vatan tarixi magistratura mutaxassisligini ta’momlagan. 2002-2011 yillarda Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmada metodist. 2011-2018 yillarda tarix fakulteti dekan o‘rinbosari, 2018-2022 yillarda O‘quv-uslubiy boshqarma boshliq, 2022-2024 yillarda tarix fakulteti dekan, 2024 yildan o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelmoqda.


O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimi vazifalari:

-Universitetda o‘quv jarayonini amaldagi rasmiy va meyyoriy hujjatlarga mos kelishini nazorat qiladi;

-Rahbarlik tashkilotlarining o‘quv jarayoniga doir ko‘rsatma va yo‘riqnomalarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

-Universitetda mavjud barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi rejalar va ishchi dasturlarni tasdiqlash va shu asosida dars jarayonini olib borilishini nazorat qiladi;

-Bo‘lim xodimlarini xizmat vazifalari taqsimoti va uni sifatli bajarilishini muvofiqlashtiradi;

-Talabalar bilimini baholashning reyting tizimini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;

-Talabalarni o‘quv adabiyotlar, o‘quv-uslubiy va boshqa ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanishini tashkillaydi va nazorat qiladi;

-Davlat attestatsiyalariga tayyorgarlik, rasmiylashtirish va ularni o‘tkazish ishlariga rahbarlik qiladi;

-Yakuniy Davlat attestatsiyalari bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlikka axborotlar etkazishni ta’minlaydi;

-O‘quv jarayonining bajarilishi bo‘yicha yarim yillik va yillik xisobot tayyorlaydi.

-Kafedralardagi bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash, shartnoma muddati tugagan professor-o‘qituvchilarning tanlovlariga lavozimlar bo‘yicha taklif kiritish.

O‘quv bo‘limi 1931 yilda tashkil etilgan

O‘quv-uslubiy bo‘lim 2015 yil 15 sentabrdagi 234-soli buyrug‘iga asosan O‘quv-uslubiy boshqarma deb nomlangan.

O‘quv-uslubiy boshqarma fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishi, kafedralarda meyoriy xujjatlarning yuritilishi, o‘quv soatlarining hajmi va mazmunini davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejasiga mos kelishi kabi masalalar bilan shug‘ullanadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtiradi.

Kunduzgi bo‘lim talabalari kontigenti hamda harakatini, o‘quv jurnallari, reyting qaydnomalari, talabalar reytingi daftarchalarining yuritilishini nazorat qiladi. Yangi qabul qilingan 1-kurs talabalariga talabalik guvohnomasini tayyorlab berish va ularni FarDU strukturasi bilan tanishtirishni tashkil qilish. Yarim yillik va yillik hisobotlar, universitetning pasporti va satistik ma’lumotlar berishini ta’minlaydi.

Mavjud dars soatlaridan kelib chiqib, kafedralarning professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yadi va har bir o‘qituvchi hamda kafedra o‘quv yuklamalaridagi dars soatlarining bajarilishini o‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi.

Bitiruv-malakaviy ishlarining yakuniy davlat attestatsiyalari talabi darajasida bajarilishini nazorat qilish, yakuniy davlat attestatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkillash hamda belgilangan tartibda o‘tishini ta’minlaydi.

O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan:

Masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishni ta’minlaydi.

Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi - izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilishni ta’minlaydi.

Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshiradi.

Universitetni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etishni ta’minlaydi.

O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqadi.

Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv reja hamda dasturlar asosida kadrlar tayyorlash va Respublika bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirishda yagona yondashishni yo‘lga qo‘yadi. Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari yaratish bo‘yicha rejalar tuzilishi va ularning bajarilishini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtiradi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari, magistratura ixtisosliklari ochish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni o‘rganib chiqib, vazirlikka tegishli takliflar bilan murojaat qiladi.

O‘quv-uslubiy boshqarmada fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlarini yaratish, takomllashtirish, etishmayotgan adabiyotlar bilan ta’minlash. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha adabiyotlar yaratishni nazorat qiladi. o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda FarDU ning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turishni ta’minlaydi. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i vazifasida Sh. Zokirov, B.Siddiqov, X.Maxmudovlar faoliyat olib borganlar.

O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv reja hamda dasturlar asosida kadrlar tayyorlash va respublika bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirishda yagona yondashishni yo‘lga qo‘yadi. Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari yaratish bo‘yicha rejalar tuzilishi va ularning bajarilishini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtiradi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari, magistratura ixtisosliklari ochish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni o‘rganib chiqib, vazirlikka tegishli takliflar bilan murojaat qiladi.

Quyidagi professor-o‘qituvchilar

I.M.Lavrova 1970 yildan 1984 yilgacha

E.V.Rasskazova 1984 yildan 1988 yilgacha

M.Pazilov 1989 yilda

A.Xakimov 1989 yildan 1990 yilgacha

M.Ahmedov 1996 yildan 1997 yilgacha

M.Andapo‘latov 1997 yildan 2000 yilgacha

SH.Sobirov 2000 yildan 2002 yilgacha

K.Onarqulov 2002 yildan 2004 yilgacha

SH.Zokirov 1999 yildan 2002 yilgacha

B.Siddiqov 2002 yildan 2003 yilgacha

H.Mahmudov 2003 yildan 2005 yilgacha

Q.G‘oziev 2005 yildan 2007 yilgacha

T.Bakirov 2007 yildan 2014 yilgacha

A.Ergashev 2014 yildan 2019 yilgacha

X.Jurayev 2019 yildan 2022 yilgacha o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borganlar.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshliq o‘rinbosari: Jo‘rayev Vohid Tojimamatovich 1986 yil 27 dekabrda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda Farg‘ona davlat universiteti matematika fakulteti talabasi, 2009-2011 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti magistranti, 2011 yil Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti, amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2012 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2012-2018 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti, axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi, fakultet kasaba qo‘mita uyushmasi raisi, 2018-2020 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti, amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2020-2022 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2022 yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

O‘quv-uslubiy boshqarma inspektori : Olimov Kabirjon Dadajonovich 1978 yil 19 martda Farg'ona viloyati Furqat tumani tug'ilgan. 2002-2004 yillari Farg‘ona davlat universiteti “Ziyokor” gazetasi operatori.2004-2010 yy lavozimida ishlagan. 2004-2010 yillari Farg‘ona davlat universiteti Ichki nazorat va monitoring bo‘limi inspektori ishlagan. 2017 yili Farg‘ona davlat universiteti rektori yordamichisi lavozimida ishlagan. 2018 yil 27 martdan Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasi inspektori lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi: Xakimov Qobiljon Maxamadovich 1984 yil 14 fevralda Farg'ona viloyati Farg'ona shaharda tug‘ilgan. 2001-2005 y. - Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi. 2004-2005 y. - Farg‘ona iqtisod va xuquq maxsus gimnaziyada jismoniy tarbiya o‘qituvchisi. 2005-2019 y - Farg‘ona kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida tarbiya fani o‘qituvchisi. 2019-2020 y. – Farg‘ona kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida uslubchi. 2020-2021 yy –Farg‘ona davlat universitetning sirtqi bo‘limida bosh mutaxassis. 2021 y x.v. - Farg‘ona davlat universitetning o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi: Mahmudov Rashidbek Ulug'bek o‘g‘li 1991-yil 4-iyun Farg'ona viloyati Quva tumanida tug’ilgan. 2012-2016 yillarda Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi; 2015-2016- yil Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 5-umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi; 2016-2017- yil Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi iktisodiyot kollejining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi; 2017-2018- yil Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 5-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari; 2018-2019- yil Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 5-umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi; 2019-2022- yil Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 49-umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi; 2022- yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi: Anvarov Ulug‘bek Mirzotillo o‘g‘li 1992-yil 1-noyabr Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 2017-2021 yy. - Farg‘ona davlat universiteti talabasi 2021-yil x.k Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi.

Ta'limni kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi: Xadjayev Nosir Nizomovich. 1989 yili 11-noyabrda Farg‘ona viloyati, Marg’ilon shahrida tug‘ilgan. 2016-2018 yy. - Farg‘ona davlat universitetini Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligini ta’momlagan. 2016-2019 yilgacha o‘quv uslubiy boshqarma dispetcheri lavozimida ishlagan. 2019 yil 13 fevraldan 2024-yil 1-martgacha o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimida ishlagan.

Ta'limni kredit tizimini boshqarish sektori yetakchi mutaxassisi: Mamarasulov Akmaljon Mamatojiyevich 1981 yil 21 aprelda Farg’ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug’ilgan. 2003-2007 yillarda Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti talabasi, 2008-2011 yillarda Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti kabinet mudiri, 2011-2013 yillarda Farg‘ona davlat universiteti chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi, 2016-2019 yillarda Farg‘ona davlat universiteti Marketing bo‘limi boshlig‘i, 2020 yillarda Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi, 2022 - yil sentabrdan 2024 – yil 1-martgacha Farg‘ona davlat universiteti Ta'limni kredit tizimini boshqarish sektori yetakchi mutaxassisi.

Ta'limni kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi: Qurbonov Muxammadjon Baxtiyor o'g'li 1994 yil 6 oktabrda Farg'ona viloyati, Farg'ona tumanida tug'ilgan. 2013-2017 yillarda Farg'ona Politexnika Instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabasi, 2021-yildan Farg'ona davlat universiteti O'quv uslubiy boshqarma qo'shidagi Ta'limni kredit tizimini boshqarish sektori yetakchi mutaxassisi.

Talabalar registratori bo‘limi boshlig‘i: Abdumannopov Muhammadsohib Muhammadyusuf o'g'li 1990 yil 10 sentabrda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug’ilgan. 2009-2013 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti talabasi, 2013-2015 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti magistranti,2015-2018 yillarda Farg‘ona davlat universiteti matematika kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2020 yillarda O'zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi Farg'ona filiali bosh metodisti, 2020-2022 yillarda Farg‘ona davlat universiteti matematika kafedrasi o‘qituvchisi, 2022 - yildan 2024 - yil 1 - martdagacha Farg‘ona davlat universiteti Ta'limni kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Talabalar registratori bo‘limi yetakchi mutaxassisi: Dadabayev Murod Maxammadalimovich 30.11.1988 yil 30 noyabr Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shaharda tug‘ilgan. 2010-2014 yillarda Farg‘ona davlat universitetini Amaliy matematika va informatika yo’nalishini ta’momlagan. 2014-2017 yilgacha Farg‘ona davlat universiteti Axborot-resurs markazi lokal tarmoqlar administrator lavozimida ishlagan. 2017-2021 yilgacha Axborot-resurs markazi Elektron axborot resurslari bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan. 2020-2022 yillarda TATUFF magistri. 2021-yil 16-martdan 2024-yil 1-martgacha o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimida ishlagan.

Talabalar registratori bo‘limi yetakchi mutaxassisi: Ahmadjonov Muxtorjon Tavakkal o‘g‘li 1994 yil, Fargona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan 2015-2019 yy. - Farg‘ona davlat universiteti talabasi. 2019-2020 yy. - Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi. 2020-2021 yy. - Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim bosh mutaxassisi 2021-yildan 2024-yil 1-martgacha Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimida ishlagan.

Talabalar registrator bo‘limi bosh mutaxassisi To‘ychiboyzoda Saidmuxammad G‘ofur o‘g‘li 8-fevral 1994-yil Farg‘ona viloyati Oxunboboyev tumanida tug‘ilgan. 2013-2017-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishini tamomlagan. 2017-2018-yillarda Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 1-DIUMda ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2018-2019-yillarda Buyuk Britaniyaning London shahridagi Rohempton universitetining Amaliy lingvistika va ingliz tilini o‘zga til vakillariga o‘qitish magistratura dasturini tamomlagan. 2019-2020-yillarda Farg‘ona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi ingliz tili o‘qutuvchisi, 2020-2021-yillarda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi mutaxassisi, 2021-2023-yillarda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, 2023-2024-yillarda Akademik registrator ofisi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Talabalar registratori bo‘limi yetakchi mutaxassisi: Mahmudov Jamshid Farruxjon o‘g‘li 1997 yil 27dekabrda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2015-2019 yillarda Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabasi; 2019-2021 yillarda Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti magistranti; 2021 yildan 2024-yil 1-martgacha Farg‘ona davlat universiteti o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimida ishlagan.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi: Abdumamatov Abdulhay Abdupatto o'g'li 1996-yil 8-mart Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida tug’ilgan. 2003-2012-yillar Dang`ara tumani 4-maktab o`quvchisi. 2012-2015-yillar Dang`ara Agrosanoat kasb-hunar kolleji talabasi 2018-2022-yillar FarDU “Kimyo o‘qitish metodikasi” yo`nalishi talabasi 01.07.2022-yildan h.k FarDU O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi: Abdumalikov Abdusamad Abdusalom o‘g‘li 1996 yil 15 martda Farg‘ona viloyati Oxunboboyev tumanida tug’ilgan. 2020 y. -h.v. Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi: Maxkamov Ilhomjon Nurmaxammad o‘g‘li 1996-yil 2-iyunda farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ulgan 2016-2020 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabasi; 2021-2023 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti magistranti; 2024-yildan o‘quv-uslubiy boshqarma usulbchi lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi Mamasidiqov Hasanboy Abduxoshim o‘g‘li 1996-yil 29-iyunda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2022 y x.v. - Farg‘ona davlat universitetning o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi.

Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko‘rsatish sektori bosh mutaxassisi: Qodirov Husniddin Xusanjon o'g'li 1994-yil 30-dekabrda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug’ilgan. 2016-2020-yil Farg‘ona davlat universiteti talabasi. 2019-2020-yil Marg‘lon shahar 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi. 2020-2022 yillarda Qo‘shtepa tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida amalyotchi psixolog. 2022-yil iyul oyidan Farg‘ona davlat universiteti akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko‘rsatish bosh mutaxassisi lavozimida ishlamoqda.

O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi: Xamralieva Shoxida Ikromovna 1982 yil 8 oktabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. 2001-2006 yillari Farg‘ona davlat universiteti ma’naviyat bo‘limi kostyumer lavozimida ishlagan. 2006-2009 yillari Farg‘ona davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor kotibasi lavozimida ishlagan. 2009-2011 yillari Farg‘ona davlat universiteti o‘quv bo‘limi kotibasi lavozimida ishlagan. 2016 yil 9 oktabrdan Farg‘ona davlat univeriteti o‘quv uslubiy boshqarma statisti lavozimida ishlagan. 2020-yildan o‘quv-uslubiy boshqarma usulbchi lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘quv-uslubiy boshqarma dispetcheri: Nabieva Shoxida Muxammadievna 1984 yili 18 iyunda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2001-2005 yillarda Andijon viloyati Andijon shaxar industrialniy pedagogika kollejini ishlab chiqarish ustasi mutaxassisligi 2002-2007 yillari Andijon viloyati Izboskan tumani 20-maktab kimyo fani laboranti lavozimida ishlagan. 2011-2012 yillari Farg‘ona Xaqiqati gazetasida operator lavozimida ishlagan. 2012-2014 yillari Farg‘ona viloyati O‘rta maxsus kasb xunar kollej boshqarmasi O‘B boshlig‘i yordamchisi lavozimida ishlagan. 2015-2017 yillari - Farg‘ona davlat universiteti fakultetlararo chet tillari kafedrasi laboranti lavozimida ishlagan. 2017 yil 29 sentyabdan Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma dispecheri lavozimida. 2020-yildan o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

O'quv ishlari bo'yicha prorektor kotibasi: Tursunaliyeva Gulro'za Sodiqjon qizi 1995 yil 21 fevralda, Farg'ona viloyati, Farg'ona tumanida tug'ilgan. 2011-2014 yillarda Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabasi.
2014-2015 yillarda Farg'ona shahar 28-umumiy o'rta maktabda yoshlar yetakchisi.
2021- yildan buyon Farg'ona davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor kotibasi.

O‘quv usluby boshqarma inspektori: Valiyeva Durdona Davronovna 2001 yil 27 iyulda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2020-2021 yy. - Farg‘ona davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi uslubchisi. 2020 y-h.v.- Farg‘ona daavlat universiteti chet tillari fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish: (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi. 2020-2021 yy. - Farg‘ona daavlat universiteti o‘quv usluby boshqarma uslubchisi. 2021 y. - h.v. - Farg‘ona daavlat universiteti o‘quv usluby boshqarma inspektori.

USLUBCHI lavozimi vazifalari

-Ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi o‘quv jarayoni hamda kurslar bo‘yicha ishchi o‘quv rejalarini tuzishda ishtirok etadi va uni bajarilishini nazorat qiladi;

-Professor-o‘qituvchilarni shaxsiy ish rejalarini bajarilishini tekshiradi;

-Universitet bo‘yicha soatbay dars o‘tayotgan professor-o‘qituvchilarni aniqlaydi va bu o‘qituvchilar uchun soatbay dars o‘tishiga ruxsat beruvchi buyruqlarni rasmiylashtiradi;

-Kafedralarning o‘quv yuklamalari hisoblanishini tekshiradi va ularga mos ish o‘rinlarni aniqlaydi;

-Universitet pasportiga zarur ma’lumotlarni tayyorlaydi;

-Universitet kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darslar va ochiq leksiyalar jadvalini tuzadi, uni tasdiqqa tayyorlaydi;

-Jadval bo‘yicha ochiq darslar o‘tkazilishini nazorat qiladi;

-Ochiq leksiyalar jadvalini bajarilishini va hujjatlarini rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;

-Ma’ruza matnlarini tayyorlanishi va chop etilishiga mas’ul;

-Ta’lim yo‘nalishlarini meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;

-Fakultetlardagi talabalarga tegishli barcha hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini tekshiradi;

-Fakultetlardagi guruh o‘quv jurnallarini to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshiradi;

-Fakultetlarda reyting nazorati tizimini meyoriy hujjatlar asosida o‘tkazilishini tekshiradi;

-Talabalarni darslarga to‘la qatnashishini tekshiradi;

-Talabalar bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni tayyorlaydi;

-Professor-o‘qituvchilar tomonidan darslik, o‘quv-uslubiy va ma’ruzalar yaratish bo‘yicha tuzilgan rejalarni bajarilishini nazorat qiladi;

-Reja bo‘yicha yozilgan darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalarni ilmiy kengashda tavsiya etishga tayyorlaydi;

-Reja bo‘yicha yozilgan va ilmiy kengash tomonidan chop etishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini nashrga tayyorlaydi;

-Universitet tomonidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlarini kutubxonalarga tarqatadi;

-Universitet kutubxonasiga olingan adabiyotlarni nazorat qiladi;

-O‘quv-uslubiy bo‘lim uchun turli shakllar va hujjatlar andozasini tayyorlaydi.

DISPETCHER lavozimi vazifalari

-Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha oqim darslari uchun dars jadvali tuzadi va bajarilishini to‘liq nazorat qiladi;

-Magistratura faoliyatiga oid barcha turdagi hujjatlarni rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;

-Magistratura mutaxassisliklarining guruh o‘quv jurnallarini to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshiradi;

-Magistratura bo‘limida reyting nazorati tizimini meyoriy hujjatlar asosida o‘tkazilishini tekshiradi;

-Magistrantlarni darslarga to‘la qatnashishini tekshiradi;

-Magistrantlar bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni tayyorlayd.

STATIST lavozimi vazifalari

-Universitet bo‘yicha talabalar kontingentidagi o‘zgarishlarni hisobga oladi;

-Talabalarni darslarga qatnashishlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi (xaftalik, oylik, yillik);

-Choraklar va yillik raqamli hisobotlarni barcha turdagisini tayyorlaydi.


Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy bo‘lim to‘g‘risidagi

NIZOM

O‘quv-uslubiy bo‘lim Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 22 fevralda 1222-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy ta’lim to‘g‘risida Nizomi”, Farg‘ona davlat universitetining ustavi, reglamenti va ichki mehnat tartib qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Mazkur Nizom o‘quv jarayonini tashkil qilish va uni me’yoriy xujjatlar hamda adabiyotlar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.

1. Umumiy qoidalar

1.1.Ushbu Nizom universitetning o‘quv-uslubiy bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi asosiy me’yoriy-xuquqiy hujjat xisoblanadi.

1.2.Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini buyruq va ko‘rsatmalari, universitet ilmiy kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor topshiriqlariga asoslanib faoliyat yuritadi.

1.3.Bo‘lim o‘z ishini universitetning Ustavi va reglamentiga muvofiq tuzilgan ish rejasi asosida tashkil etadi.

1.4.Bo‘lim boshlig‘i universitet rektori tomonidan tayinlanadi.

1.5.Bo‘lim o‘z faoliyati bo‘yicha universitet rektori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga hisobot beradi.

1.6.Bo‘lim xodimlarining xuquq va burchlari Oliy ta’lim Nizomi, Farg‘ona davlat universiteti Ustavi hamda ushbu Nizom asosida aniqlanadi.

2. O‘quv-uslubiy bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

1.7.Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish;

1.8.Belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida universitetdagi o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish;

1.9.O‘quv jarayonini takomillashtirish;

1.10.O‘quv jarayoniga oid masalalar bo‘yicha fakultet, kafedra va boshqa bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirish;

1.11.O‘quv jarayoniga oid hujjatlarni tatbiq etish va o‘quv jarayoni bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash;

1.12.Kafedralar o‘quv yuklamalarini tahlil etish, o‘quv yuklamalari taqsimoti va uning bajarilishini nazorat qilish;

1.13.O‘quv jarayonining borishi va reyting nazoratlari natijalarini tahlil etish;

1.14.Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish;

1.15.O‘quv jarayoni bo‘yicha fakultet va kafedralarda amalga oshirilgan ijobiy ishlarni umumlashtirish va universitet miqiyosida joriy etish;

1.16.O‘quv jarayonini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlash;

1.17.Fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish;

1.18.O‘quv-uslubiy ishlarni tashkillash bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.

3. O‘quv-uslubiy bo‘lim vazifalari

3.1.O‘quv jarayonini rejalashtirish bo‘yicha:

-o‘quv jarayoni jadvali va ish rejalarini shakllantirish;

-yangi o‘quv yili uchun universitetni o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tayyorlash;

-o‘quv jarayonida foydalaniladigan auditoriya, laboratoriya xonalari, sport va boshqa maydonlardan unumli foydalanishni nazorat qilish;

-dars jadvallarining belgilangan talablar asosida tuzilishi va uning bajarilishini nazorat qilish, oqim (potok) darslar jadvallarini tuzish;

-o‘quv jarayonini takomillashtirish;

-o‘quv-laboratoriya bazalarini kengaytirish, yangilash, ta’mirlash va zaruriy ashyolar etkazib berish bo‘yicha takliflar kiritish;

-kafedralar ish o‘rinlari va soatbay fondlarini aniqlash va ularning taqsimlanishi hamda bajarilishini nazoratga olish.

3.2.O‘quv jarayoni nazorati bo‘yicha:

-o‘quv jarayonining tashkillanishi, reyting tizimini amalga oshirilishini nazorat qilish va ular bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;

-talabalarning o‘zlashtirishi va davomatlarini tahlil etish;

-kurslar bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlarning, ishchi o‘quv rejaga mosligi va ularning mazmun jihatdan nazoratini yo‘lga qo‘yish;

-stipendiya taqsimotining belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini nazoratga olish;

-talabalar kontingenti harakatini (chetlashtirish, tiklash, akademik ta’til berish, ko‘chirish va boshqalar) doimiy nazorat qilish;

-davlat attestatsiya komissiyalarining shakllantirish, yakuniy davlat attestatsiya, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalar himoyalarining borishi, hujjatlarining rasmiylashtirilishini nazorat qilish;

-O‘quv jarayoniga kiritiligan yangiliklarning bajarilishini tekshirib borish;

-Professor-o‘qituvchilar tomonidan mehnat intizomiga amal qilinishini nazorat qilish va natijalarga asosan takliflar kiritish.

3.3. Kafedralarni o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha:

-har o‘quv yili uchun kafedraning o‘quv yuklamalar hajmini belgilash;

-kafedralar ish o‘rinlari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va rektorga takliflar kiritish, o‘quv yili davomida o‘zgarishlarni nazorat qilish;

-kafedralar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning vakant (bo‘sh) o‘rinlariga tanlov e’lonlarini berib borish;

-kafedra o‘quv yuklamalarining lavozimlar bo‘yicha taqsimotini nazoratga olish;

-kafedraning o‘quv, uslubiy yo‘nalishdagi hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qilish;

3.4. Tashkiliy masalalar bo‘yicha:

-o‘quv jarayoniga oid yig‘ilishlarni tashkil etish;

-davlat attestatsiya komissiya ishlariga bog‘liq masalalar bo‘yicha mas’ul shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tashkil etish;

-Qabul komissiya ishlarida ishtirok etish;

-Universitet ish rejalari, istiqbol rejalarini tuzishda ishtirok etish;

-Universitet hisobotlarining tayyorlanishida ishtirok etish;

4. O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i huquqlari

4.1.Bo‘lim xodimlarini ishga olish va ishdan bo‘shatish haqida rahbariyatga takliflar kiritish.

4.2.Bo‘lim xodimlarini vazifalari bo‘yicha maslahatlar berish.

4.3.Xodimlarni ish faoliyatlari asosida rag‘batlantirish yoki mexnat intizomini buzganligi uchun chora ko‘rish bo‘yicha raxbariyatga taklif kiritish.

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i majburiyatlari

4.4.Yuqori tashkilot va rahbarlarni buyruq va ko‘rsatmalarini ushbu nizom doirasida bajarilishini ta’minlash.

4.5.Universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalarini, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning topshiriqlarini bajarilishini tashkil etish.

4.6.Universitet ilmiy kengashi va boshqa tashkilotlari bilan o‘quv-uslubiy bo‘limning vakili sifatida faoliyat olib borish.

4.7.Belgilangan tartibda va muddatlarda o‘quv jarayoni bo‘yicha hisobotlarni rektorga va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga taqdim etish.

4.8.Bo‘lim xodimlarini rejali tarzda mehnat ta’tiliga chiqishlari va ish faoliyatlarini nazorat qilish.

4.9.O‘quv jarayonini buzilishiga oid holatlar bo‘yicha o‘z vaqtida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga ma’lumot berib borish.

5.O‘quv-uslubiy bo‘limni boshqa tizimlar bilan aloqalari bo‘yicha

5.1.O‘quv-uslubiy bo‘lim fakultet va kafedralarda o‘quv jarayoni tashkillanishini nazorat qilish.

5.2.O‘quv jarayoni uchun zaruriy hujjatlarni mas’ul tuzilmalarga, fakultet va kafedralarga o‘z vaqtida etkazib berish.

5.3.Kafedra va fakultetlardan o‘quv jarayoniga hamda professor-o‘qituvchilarga oid barcha turdagi hujjatlarni belgilangan shaklda va o‘rnatilgan muddatlarda qabul qilish.

5.4.Professor-o‘qituvchilarning qo‘shimcha va soatbay tarzda ishlashlari masalasini muvofiqlashtirish.

5.5.O‘quv jarayonini tashkil etishga oid masalalar bo‘yicha universitetning barcha turdagi tuzilmalari bilan hamkorlik qilish.

6. O‘quv-uslubiy bo‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi

6.1.Bo‘lim xodimlarining soni oliy ta’lim muassasalarining namunaviy shtat birligi asosida belgilanib, raxbarlikni bo‘lim boshlig‘i amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlarining shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi.

6.2.Bo‘lim xodimlarining ish haqi (razryadi) moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona ta’rif rejasi doirasida hal qilinadi va bo‘limning ish natijalariga ko‘ra, rektor byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bo‘lim hodimlariga ustama haq belgilashi mumkin.

7. O‘quv-uslubiy bo‘lim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish

7.1.Bo‘lim o‘z faoliyati davomida oliy ta’lim muassasasi rektori tasarrufida bo‘ladi.

7.2.Bo‘lim tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

7.3.O‘quv-uslubiy bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta’lim Nizomi, Farg‘ona davlat universiteti Ustavi, Farg‘ona davlat universiteti reglamenti asosida muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.