Bo'lim boshlig'i: G’ofurov Azizbek Umarjonovich
Psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Tel: (99873) 244-44-67
E-mail: a_gofurov@mail.ru
Bo'lim metodisti: Solijonov Jasurbek Valeriy o‘g‘li
1995 yil 15-iyulda Farg‘ona Viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Tel: (99873) 244-44-67
e-mail: j_solijonov@mail.ru
MAGISTRATURA BO‘LIMINING TASHKIL ETILISHI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 iyuldagi 342-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 13 maydagi “Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida”gi 136-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. SHu kunga qadar universitet magistraturasini tamomlagan mutaxassislar respublikamizning turli sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Magistratura bo‘limiga 1999-2006 yillar davomida matematika fanlari nomzodi, dotsent Q.G‘oziev, 2006-2016 yillar davomida tarix fanlari nomzodi, dotsent Q.Sulaymonov rahbarlik qilgan. 2017-2021 yillar davomida falsafa fanlari nomzodi Z.Sobirova rahbarlik qilgan. 2021-2023 yillar davomida tarix fanlari nomzodi, dotsent Q.Sulaymonov rahbarlik qilgan 2023 yildan boshlab hozirgi kunga qadar Psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent A.G`ofurov rahbarlik qilmoqda.
MAGISTRATURA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 09 Avgustda 19-2018-son “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Buyruq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’lik tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaror, Farg’ona davlat universiteti kengashining 2021 yil 31 avgustdagi 1-son yeg’ilishida ko’rib chiqilgan va maqullangan “Farg’ona davlat universitetida talabalarning kredit-modul tizimi bo’yicha ta’lim natijalarini baholash va nazorat qilish tartibi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib malakali pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda.
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI VA ULARDA O‘QUV-USLUBIY ISHLARNI TASHKIL ETILISHI
Magistratura bo‘limida 2024-2025 o‘quv yilida jami 818 nafar talaba, ya’ni, 1-kursda 425 nafar va 2-kursda 393 nafar magistrant tahsil olmoqda. Magistratura bo‘limida 382 nafar talaba davlat granti asosida va 436 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda. Magistratura bo‘limida 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ularning 10 nafaridan ortig‘i fan doktori, professor ilmiy darajalariga va 20 nafaridan ziyodi fan nomzodi, dotsent ilmiy unvonlariga ega pedagoglardir.
Jumladan, Iqtisod fanlari doktori, professor A.Adxamov, Pedagogika fanlari doktorlari, professor T.Egamberdieva, Filologiya fanlari doktori, professorlar S.Mo‘minov, Y.Solijonov, A.Sabriddinov, G‘.Xoshimov, kabi etuk olimlar magistratura talabalariga tahsil bermoqdalar.
Magistratura bo‘limida dars mashg‘ulotlarini olib borayotgan pedagog xodimlar ilmiy salohiyati
Magistratura bo‘limida ta’lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarni tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib ushbu ishlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, Magistratura bo‘limida aniq mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda. O‘quv jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilingan.
Bugungi kunda Magistratura bo‘limida 34 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Magistraturada jami 30 ta kafedralar faoliyat olib borishmoqda. Jumladan, Adabiyotshunoslik: o`zbek adabiyoti, Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti, Amaliy matematika (sohalar bo`yicha), Arxeologiya, Biologiya Zoologiya, Biotexnologiya, Fizika (yo`nalishlar bo`yicha), Geografiya(o`rganish ob’yekti bo`yicha), Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo`yicha), Ijtimoiy ish (yoshlar bilan ishlashni tashkil etish), Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar), Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari nazariyasi va metodikasi, Kimyo (fan yo`nalishlari bo`yicha), Lingvistika (ingliz tili), Lingvistika (nemis tili), Lingvistika (o`zbek tili), Lingvistika (rus tili), Matematika (yo`nalishlar bo`yicha), Musiqa ta’limi va san’at, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo`yicha), Psixologiya (faoliyat turlari bo`yicha), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta’lim), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi(texnologik ta’lim), Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha), Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), kafedralaridir. Magistratura bo‘limida dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxassislik kafedralar bilan hamkorlikda bitiruvchi magistrlarni ish joylariga taqsimlash maqsadida mehnat yarmarkasi tadbirlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.
MAGISTRATURA BO‘LIMINING ILMIY-TADQIQOT JARAYONI
Magistratura bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari dastur va tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.
Magistratura bo‘limi talabalari tanlagan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ular ilmiy izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash va dissertatsiya himoyasi chog‘ida Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi a’zolariga taqdim etmoqda. Bundan tashqari, Magistratura bo‘limi talabalarining respublikamiz turli jurnal, gazetalari va ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy maqola hamda tezislari chop etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
«Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Magistratura to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar iste’molchilari bo‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Toshkent sh., 2015 yil 2 mart, 36-son Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qaroriga
ILOVA
Magistratura to‘g‘risida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 oktyabrdagi 305-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 43-son, 549-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, o‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va o‘qitish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018 y., 09/18/638/1690-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyuldagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
1.Таълим / Магистратура]
2. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida o‘qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura dasturi yakunlanishi «magistr» darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
3. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni;
o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.
5. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
6. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Aniq mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.
7. Magistr:
tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;
oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.
8. Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy;
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.
III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari
9. Magistratura talabalari:
ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;
o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;
oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq etakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot o‘tash, stajirovkada bo‘lish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bo‘lganda ularga yo‘llanma olish;
oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.
Magistratura talabasi qonun hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
10. Magistratura talabalarining majburiyatlari:
magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o‘zlashtirish;
o‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
oliy ta’lim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.
Magistratura talabasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish
11. Magistraturada ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga, shuningdek oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
12. O‘quv jarayonining xususiyatlari va o‘qitish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va dasturlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
13. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
oliy ta’lim muassasasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yo‘nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlanganligi;
nazariy, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi;
o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet, kafedralar) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi;
magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining etakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etilganligi.
14. Magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.
15. Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi.
Har o‘quv semestri yakunida tegishli fakultet o‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida (magistratura bo‘limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.16.00 Педагог кадрлар. Педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш]
V. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari
16. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchi ta’lim jarayoni doirasida:
hamma turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada o‘tadi;
o‘quv, ilmiy va o‘quv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi;
kafedra ixtisosligi bo‘yicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi;
kafedra pedagoglari tomonidan barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari sifatli o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi;
magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
kafedra ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlari doirasida tashkil etiladigan yig‘ilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi;
magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;
magistratura talabalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etadi;
magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi.
17. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan yo‘llarni ko‘ra bilish uquviga ega bo‘lish;
ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar o‘tkaza olish va ularning natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bo‘lish;
magistratura talabalarining individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo‘nalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bo‘lish;
magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga tayyor bo‘lish;
pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul echimlarini topish uquvi;
magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;
ma’lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali o‘z bilimini takomillashtirish uchun doimiy o‘rganish, ma’lumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bo‘lish.
18. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]
VI. Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash
19. Magistrlik dissertatsiyasi o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
20. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-o‘qituvchilari tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanadi.
21. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qo‘shimcha ravishda tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.
22. Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi xodimlari tarkibidan bo‘lgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy ta’lim muassasasida o‘quv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan o‘quv yuklamasiga kiritiladi.
Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan bo‘lgan ilmiy rahbar mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bo‘yicha bir o‘quv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
23. Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.
24. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet o‘quv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o‘qiyotgan birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
25. Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;
tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qo‘llashda magistratura talabasiga ko‘maklashish;
magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]
VII. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
26. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak:
titul varaq;
ikki tilda (o‘qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;
mundarija;
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
adabiyotlar ro‘yxati;
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
27. Kirish quyidagilarni qisqacha o‘z ichiga olishi lozim:
magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
tadqiqot ob’ekti va predmeti;
tadqiqot maqsadi va vazifalari;
ilmiy yangiligi;
tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;
tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
ish tuzilmasining tavsifi.
28. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo‘lib, boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;
tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko‘rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
29. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo‘yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
30. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.
31. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘on sitatalar keltirishga yo‘l qo‘ymaslik) lozim.
32. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim:
qatorlar oralig‘i — 1,5 sm;
yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 2 sm;
xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.
33. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo‘lishi tavsiya etiladi.
34. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o‘tkaziladi.
35. Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet O‘quv-metodik kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi va ko‘paytirilishi mumkin.
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]
VIII. Dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi
36. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.
37. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lishi kerak.
Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
38. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
39. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:
magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish;
dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;
kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatish.
40. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.
41. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
42. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
43. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
44. Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi;
magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi;
tadqiqot usullari amaliyotda qo‘llanilganligining asoslanganligi;
olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;
magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyati;
magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi.
45. «Qoniqarsiz» baho qo‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qo‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.
46. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.
47. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.
IX. Magistratura talabalari faoliyati monitoringi
48. Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i bilan etakchi o‘qituvchilar tarkibidan iborat, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlar-kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda, Ishchi guruh tuziladi.
49. Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi ko‘rsatkichlar asosida olib boriladi:
a) birinchi kursda:
magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;
bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi;
ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;
mutaxassislik bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.
b) ikkinchi kursda:
magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;
ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi;
magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan o‘tganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan bo‘lsa;
ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;
mutaxassislik bo‘yicha barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.
50. Ta’lim jarayonining xususiyatlari va o‘qish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ayrim magistratura mutaxassisliklari monitoring ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
51. Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar o‘tkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.
52. O‘quv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida hisobot taqdim etadi.
X. Yakunlovchi qoida
53. Nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.