Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi

Bo‘lim boshlig‘i: Axmedov Baxodir Baxromovich

Telefon: +998906317547

Qabul vaqti: dushanba, payshanba soat 14:00-16:00

E-mail: bb.axmedov@pf.fdu.uz



Bo‘lim muhandisi: Madaliyeva Feruza Alisherovna

Telefon: +99890 535 80 76

E-mail: madalieva.com@gmail.com







O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi Farg‘ona davlat universiteti

“Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash”

NIZOMI

1. Umumiy qoidalar.

1.1. Mazkur Nizom Farg‘ona davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyatini belgilaydi.

1.2. Mazkur Nizom Farg‘ona davlat universitetining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko‘zda tutilgan vazifalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashtayyorlash faoliyatida asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi.

1.3. Universitetning Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko‘radi.

1.4. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash universitetning asosiy tarkibiy bo‘limi bo‘lib, ilmiy inavasion ishlar bo‘yicha prorektor rahbarligida faoliyat yuritadi.

1.5. Bo‘lim tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra ilmiy sohada olib borilayotgan ishlarni va bu sohadagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi.

1.6. Bo‘limining tarkibiy bo‘linmalari, ularning nizomi va shtat jadvallari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tavsiyasiga muvofiq rektor tomonidan tasdiqlanadi.

1.7. Bo‘lim Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ilmiy inavasion vazirligi hamda yuqori tashkilotlarning topshiriqlaridan tashqari universitet rektorining topshiriqlarini bajaradi.

1.8. Fakultet, kafedra va ilmiy laboratoriyalarning ilmiy ish faoliyatini va ularning seminarlarini to‘liq nazorat qilib, ularga kerakli ko‘rsatma va amaliy yordam beradi.

2. Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining maqsad va vazifalari

Bo‘limning bosh maqsadi universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularni ishlab chiqarish bilan integratsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu esa o‘z navbatida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:

2.1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tarmoq universitetlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar, laboratoriyalar va ishlab chiqarish birlashmalari va etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan integratsiya va korpooratsiya jarayonini rivojlantirish asosida dolzarb fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini oshirish va kadrlar tayyorlashning o‘zaro manfaatli usullarini yaratish hamda o‘zaro hamkorlik dasturi asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish;

2.2. Universitet professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan e’lon qilingan ustuvor Davlat ilmiy-texnik dasturlarida ishtirokini ta’minlash;

2.3. Kafedra va laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida uslubiy boshqarishni tashkil etish;

2.4. Mintaqaviy muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash;

2.5. Ilmiy-tadqiqot ishlari va uning taraqqiyot yo‘nalishlari bilan bog‘liq omillarni o‘rganish hamda universitet jamoasi orasida ommaviylashtirish;

2.6. Universitet olimlarining fan va texnologiyalar sohasidagi ilmiy ishlanmalari, tayyor mahsulot va intellektual mulk iste’molchilari montoringini yaratish;

2.7. Universitet bo‘yicha ilmiy seminarlarning o‘quv yili uchun rejasini tuzish va uning bajarilishi ustidan nazorat qilish;

2.8. Ilmiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqqa taqdim etish hamda bajarilishini nazorat etib borish;

2.9. Ilmiy ishlanmalarni universitetda qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish;

2.10. Byudjet shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan mavzularning hujjatlarini yurgizish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;

2.11. Universitetning ilmiy faoliyati bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlash va uni Ilmiy kengashga taqdim etish;

2.12. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik tahlil o‘tkazish;

2.13. Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish;

2.14. Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligini oshirish;

2.15. Ilmiy darajaga ega bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlar bo‘yicha yosh ko‘rsatkichini muntazam pasayib borishiga erishish.

3. Huquqlari

3.1. Universitet professor-o‘qituvchilari, magistrlar, talabalar va xodimlarni ilmiy ishlarga jalb etish;

3.2. Universitet dekanatlari, kafedra va bo‘limlarini jamoat tashkilotlari tomonidan ilmiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etish;

3.3. Ilmiy ishlarga faol qatnashayotgan professor-o‘qituvchi, xodimdarni rag‘batlantirishga tavsiyalar tayyorlash;

3.4. Universitet ichki qonun-qoidalarini, tartib-intizomini buzayotgan ilmiy xodimlarni jazolash to‘g‘risida rektorat va dekanatlarga takliflar kiritish;

3.5. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar bilan ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan kontrakt shartlari va muddatlari hamda faxriy unvonlar (professor, dotsent va katta ilmiy xodim nomzodlari) masalalarida o‘z fikr-tavsiyalarini universitet rahbariyati va ilmiy kengashga berish;

3.6. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini yangilash va eksperimental tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflarini ilmiy texnik kengash va univsrsitet ilmiy kengashiga olib chiqish.

4. Bo‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minanishi

4.1. Bo‘lim xodimlarining soni universitetning namunaviy shtat birligi asosida belgilanib, rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlarining shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘lim xodimlarining ish haqi (razryadi) Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona tarif rejasi doirasida hal qilinadi. Bo‘limning ish natijalariga ko‘ra, universitet rektori tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘lar (to‘lov-kontrakt summasidan tashqari) hisobidan 100% gacha qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin.

5.Bo‘lim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish

5.1. Bo‘lim faoliyati universitet rektori tasarrufida bo‘ladi.

5.2. Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha universitet ilmiy kengashida har taqvim yilida kamida bir marta hisobot beradi.

5.3. Bo‘lim tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

5.4. Bo‘lim faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.

6. Ilmiy bo‘lim boshlig‘ining xizmat vazifalari

6.1. Sohaga oid Farmonlar, Buyruqlar, Vazirlik va ilmiy kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash, so‘rov xatlari javoblarini o‘z muddatida taqdim etish.

6.2. Kafedra va ilmiy laboratoriyalarida bajarilayotgan tadqiqot ishlarini tashkillash hamda samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

6.3. Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirish, doktorantlar faoliyatini talab darajasida tashkillashni yo‘lga qo‘yish.

6.4 Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini o‘z muddatida amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash, ilmiy maqolalar, monografiyalar va boshqalarni nashr etilishihamda ilmiy to‘plamlar chop ettirilishiga ko‘maklashish.

6.5. Professor-o‘qituvchilarning o‘z ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy markazlar hamda etakchi oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirish va qayta tayyorgarlikdan o‘tishlarini tashkillash, rejalarni ishlab chiqish va hisobotlarni o‘rganib, takliflar kiritish.

6.6. Ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tarmoq hisobotlarini muvofiqlashtirish, o‘z muddatida tegishli tashkilotlarga taqdim etish, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan professor-o‘qituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish.

6.7. Tadqiqotchilarning malakaviy imtihonlarini belgilangan tartibda tashkillash, bajarilishini ta’minlash va natijalarini rasmiylashtirish.

6.8. Tadqiqotchilarni ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotganligi munosabati bilan ularning ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda moddiy va ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijodiy ta’til (3 yoki 6 oylik) berish, ilmiy xizmat safariga yuborish bo‘yicha takliflar kiritish, yillik ilmiy xizmat safari rejasini ishlab chiqish va tasdiqqa taqdim etish.

6.9. Professor-o‘qituvchilarning yillik faoliyatini baholashda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha universitet miqyosida tuzilgan tekshiruv komissiyalari tarkibida ishtirok etish.

6.10. Doktorantura va mustaqil izlanuvchilar institutlari orqali ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash borasida olib boriladigan ishlarni tashkillash va yo‘lga qo‘yish.

6.11. Doktorantura va mustaqil izlanuvchilar institutlariga qabul ishlarini tashkillash va yo‘lga qo‘yish.

6.12. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqqa taqdim etish.

6.13 Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy rejasida belgilangan ishlarning bajarilishini nazorat qilish, hisobotlarini ko‘rib chiqish hamda takliflar kiritish.

6.14. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishlarini ta’minlash.

6.15. Yuqori malakali ilmiy-pedagogik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, xodimlarni shogird-tadqiqotchilikka o‘tkazish bo‘yicha reja ishlab chiqish va uni tanlov yo‘li bilan amalga oshirish.

6.16. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning bajargan ilmiy ishlari yuzasidan har yarim yilda attestatsiyadan o‘tkazish va bajarilgan ishlar natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishga tavsiya etish.

6.17. Doktorant va mustaqil izlanuvchilardan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchilarni belgilangan muddatlarda kafedralarga, shuningdek boshqa oliy o‘quv yurtlari kafedralariga biriktirish, ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ko‘rib chiqish va nazorat qilish.

6.18. Professor-o‘qituvchi, doktorant, mustaqil izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot natijalarini xorijiy nashrlarda chop ettirishga ko‘maklashish.

7. Ushbu nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Ushbu Nizom matniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish ilmiy va inovasitalar ishlar bo‘yicha prorektor taklifiga ko‘ra yoki universitet ilmiy kengashining qaroriga muvofiq universitet rektori tomonidan amalga oshiriladi.