Devonxona mudiri: Falsafa fanlari nomzodi,
dotsent XOLMATOVA BASHORAT TOLIPOVNA
Telefon 0373 244-44-10, +99891-654-44-78
Qabul vaqti: Har kuni 8:00 – 16:00
Shanba: 8:00 – 14:00
E-mail: holmatova58@umail.uz
Bo‘lim faoliyati xaqida
Farg‘ona davlat universiteti Devonxonasi universitet tashkil topgan vaqtdan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Devonxona Universitetning tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Universitet rektoriga bo‘ysinadi. Devonxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Davlat dasturlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari va modemnomalarini nazoratini tashkil qilishni amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiradi. Universitetda ijro intizomini mustahkamlash maqsadida “edo.ijro.uz” elektron xujjat aylanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Devonxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- devonxonada o‘rnatilgan tartibda ish yuritishni ta’minlash, devonxonaga kelayotgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish;
-o‘rnatilgan tartibda arxiv ishini yuritish, hujjatlar saqlanishini tashkil etish va nusxa olishni ta’minlash;
-yilning har choragida ijro intizomi to‘g‘risidagi ma’lumotni rahbariyatga muntazam ravishda taqdim etish, universitet rektorining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, nazoratdagi hamda belgilangan muddatlardagi xat va hujjatlarni xizmat rahbarlari orqali nazoratga olish;
-universitetga kiruvchi xujjatlarning belgilangan tartibda va muddatda “edo.ijro.uz” elektron xujjat aylanish tizimiga kiritilishini nazorat qilib borish;
-bo‘lim va fakultetlarda universitet ichki buyruq va yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning o‘z muddatida bajarilishini nazorat qilish.
Devonxona tarkibida universitet arxivi ham faoliyat olib borib, asosiy vazifasi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga oid shaxsiy xujjatlar, universitet bo‘yicha yuqori tashkilotlardan kelgan xujjatlar ijrosi yuzasidan chiqarilgan hujjatlar, abituriyentlarga tegishli shaxsiy hujjatlarni saqlash va arxiv xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Farg‘ona davlat universiteti Devonxonasi universitet rektori, professor B.SH.Shermuhammadovning shaxsan rahbarligi ostida butunlay yangi qiyofaga ega bo‘ldi. Devonxona katta xonaga ko‘chirilib ta’mirlandi, yangi zamonaviy mebeljihozlari, orgtexnika vositalari bilan jihozlandi. Devonxonaga tegishli barcha hujjatlar Nizom asosida qayta ko‘rib chiqilib tartibga keltirildi. Devonxona xodimlari uchun bir xil tipdagi ish formalari joriy etildi. Devonxonaning hozirgi kundagi ko‘rinishi va faoliyati Nizom talablariga to‘liq javob beradigan holatga keltirildi.
Farg‘ona davlat universiteti Devonxonasi xodimlari tasdiqlangan Nizom bilan devonxonaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirishga doimo ma’suldirlar.