Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

OTM lari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI QATAG`ON QURBONLARI XOTIRASI DAVLAT MUZEYI VA HUDUDLARDAGI OLIY TA`LIM MUASSASALARI TUZILMASIDA QATAG`ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYLARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO'G`RISIDA

El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko`p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to`laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag`onlar tufayli qurbon bo`lgan, insoniylik sha`ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining:

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzyeyi negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzyeyini (keyingi o`rinlarda Muzey deb ataladi);

hududlardagi oliy ta`lim muassasalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Qatag`on qurbonlari xotirasi muzyeylarini (keyingi o`rinlarda hududiy muzyeylar deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berilsin.

To`liq faylni ochish...