O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OLIY TA`LIM MUASSASASIDA SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) VA KECHKI (SMENALI) TA`LIMNI TASHKIL ETISH TARTIBI TO'G`RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy ta`lim muassasasida sirtki (maxsus sirtqi) ta`limni tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom 1 -ilovaga muvofiq;
Oliy ta`lim muassasasida kechki (smenali) ta`limni tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.