Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

2017/2018 o`quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga

OLIY TALIM MUASSASALARIGA O'QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O'QISHINI KO'CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O'QISHDAN CHYETLASHTIRISH TARTIBI TO'G`RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA

«Ta`lim to`g`risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to`g`risida Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

To`liq faylni ochish...