Bo‘lim boshlig‘i: G‘ulomov Doniyorbek Dilshodjon o‘g‘li
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent
1992-yil 29-avgustda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.
Ish telefоni: (+99873) 243-12-66.
Uyali aloqa telefoni: (+99898) 888-95-98
e-mail: dd.gulomov@pf.fdu.uz
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00
BO‘LIM FAOLIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI HAQIDA
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli farmoni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-iyundagi 01/15-1239-son, 15-q/q-son, 10-q/q-son qo‘shma qarori asosida ishlab chiqilgan. Bo‘lim faoliyati yuqoridagi meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 23-avgustdagi 600-sonli buyrug`iga asosan ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tasarrufida to‘rt nafar uslubchi, talabalar turar joylarining har birida tarbiyachi-pedagog va universitet psixologi lavozimlari joriy etildi.
Bo‘limda 5 ta shtat birligida 1 ta bo‘lim boshlig‘i va 4 ta uslubchi lavozimida xodimlar faoliyat yuritadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi “Ma`naviyat va ma`rifat kengashi” Qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, viloyat hokimligining qaror va farmoyishlari, universitet Kengashi hamda ishlab chiqarish Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash, ular asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha yillik rejalarni ishlab chiqish va bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va asarlarini o‘rganish bo'yicha anjumanlar va taqdimotlar, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni mamlakatimizning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy sohalaridagi yutuqlari bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlarini tashkil etish.
Talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq etib tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv, ochiq muloqot, davra suhbatlari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan, badiiy-havaskorlik, sport to‘garaklari, klublarning muntazam faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar va uchrashuvlar tashkillash.
Respublika, viloyat, shahar miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, sanaviy va milliy bayramlarni keng nishonlash ishlarini tashkillash.
Respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan muntazam tajriba almashib borish.
O‘zbekiston mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ma’naviyat va ma’rifat markazi, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari faoliyati haqida
Bo‘lim uslubchisi: Madraximova Feruza G‘ulomjonovna
1987 yil, 21 fevral Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida tug’ilgan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi: Kimyoviy texnologiya
Telefon raqami: (+99897) 667-92-47
E-mail: fdumanaviyat@umail.uz
Bo‘lim uslubchisi: Tillaboyev Otabek Sobirovich
1987 yil 12 avgust Farg’ona viloyati, Toshloq tumanida tug’ilgan
Ma’lumoti bo’yicha mutaxasisligi: Kimyoviy texnologiya, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
Telefon raqami: (+99890) 407-07-20
E-mail: tillaboevo@mail.ru
Bo‘lim uslubchisi: Ismoilov Abror Valijonovich
1985-yil 28-noyabr Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi: Xalq ijodiyoti yo‘nalishi
Telefon raqami: (+99897) 955-0053
E-mail: fdumanaviyat@umail.uz
Bo‘lim uslubchisi: Sobirov Ulug‘bek Rustamjon o‘g‘li
1993-yil 1-fevral Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi: Elektronika va asbobsozlik
Telefon raqami: (+99893) 730-63-00
E-mail: fdumanaviyat@umail.uz.
Bo‘lim uslubchisi: Shodmonov Xolmatjon Po‘latjon o‘g‘li
1992 yil 10 may Farg’ona viloyati, Oltiariq tumanida tug’ilgan
Ma’lumoti bo’yicha mutaxasisligi: filolog
Telefon raqami: (+99890) 634-52-32
E-mail: fdumanaviyat@umail.uz
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisining namunaviy lavozim vazifalari va malaka talablari:
Fakultet dekanati va kafedralar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha buyruqlar, rejalar va boshqa me’yoriy hujjatlar bajarilishini nazorat qilish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlardan kelgan topshiriqlar asosida ichki buyruqlar tayyorlash;
Bo‘limdagi sohaga oid ishlarga tizimli yondashish;
Bo‘limda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish;
Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning aks ettiruvchi bayonnomalar, murabbiylar jurnallari va “Axborot va murabbiylik soat”larini muntazam ravishda tekshirib borish;
Tasdiqlangan reja asosida o‘ziga biriktirilgan tadbirni tashkil etish, hamkor tashkilotlarga xat yuborish, bayonnoma, fotoalbomlar tuzish;
Kirish va chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish;
Bo‘limga kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarni hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
Talabalar turar joylarda yashayotgan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
Ijarada yashayotgan talabalarni yashash joylariga professor-o‘qituvchilarni borishi va xabar olishi tadbirlarini muntazam tahlil etish;
Madaniyat maskanlariga tashriflar uyushtirishga takliflar tayorlash, ular bilan hamkorlik yuzasidan rejalar tuzish;
To‘garaklar faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash.
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MARIFAT BO‘LIMI
NIZOMI
1. Umumiy qoidalar:
1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-sentyabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 3-sentyabrdagi «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashini qo‘llab-quvvatlash tug‘risida»gi farmoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasi “Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” xaqidagi Nizom” hamda “Ma’naviyat va ma’rifat xonasini jihozlashga oid ba’zi tavsiyalarni tasdiklash tug‘risida”gi 2003-yil 2-yanvardagi buyrug‘i asosida ishlab chikildi.
1.2 Nizom universitet rektori tasdiqlagan kundan boshlab kuchga kiradi.
1.3 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to'g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, Hay’at qarorlari, viloyat hokimligi qaror va farmoyishlari hamda universitet Kengashi, ishlab chiqarish Kengashi Qarorlari asosida faoliyat olib boradi.
1.4. Mazkur Nizom ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkillashda asosiy xujjat hisoblanadi.
2. Bo‘limning maqsadi:
2.1. Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanimizga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq ruhda tarbiyalash.
2.2. Tarbiya jarayonida xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalardan foydalanish orqali talaba-yoshlarda chet g‘oyalar va mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni shakllantirish.
2.3. Huquqiy va demokratik tamoyillar asosida talaba-yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash g‘oyasiga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
2.4. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarda tibbiy madaniyatni shakllantirish.
2.5. Professor-o‘qituvchi, talaba-yoshlarda kasbga sadoqat va mas’uliyat, jamoaga va o‘z vazifasiga hurmat hissini shakllantiradi.
3. Bo‘limning vazifalari:
3.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari,viloyat xokimligi qaror va farmoyishlari, universitet ilmiy kengashi hamda ishlab chiqarish kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash, ular asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari yillik rejasini ishlab chiqish.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va asarlarini o‘rganish bo'yicha anjumanlar va taqdimotlar o‘tkazish.
3.3. Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni mamlakatimizning ma’naviy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy sohadagi yutuqlari bilan muntazam tanishtirib borish.
3.4. Talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq etib tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv, ochiq-muloqot, davra suhbati, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.
3.5. Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan, badiiy-havaskorlik, sport to'garaklari, “Disput klublari”ning muntazam faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, turli tanlovlar o‘tkazish.
3.6. Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar va uchrashuvlar tashkillash.
3.7. Respublika, viloyat, shahar miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, sanaviy va milliy bayramlarni keng nishonlash ishlarini tashkillash.
3.8. Respublikaning etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan muntazam tajriba almashib borish.
3.9. O‘zbekiston mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ota-onalar, maxalla fuqarolar yig‘inlari, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
4. Bo‘limning huquqi:
4.1. Universitet, fakultet, kafedra hamda akademik guruhlar va talabalar turar joylarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni muntazam nazorat qilish.
4.2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, guruh murabbiylari, talabalar kengashi, jamoat tashkilotlarining ish faoliyatini nazoratga olish.
4.3. Ish faoliyatida hamda o‘quv jarayonida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni rag‘batlantirishga tavsiya etish.
4.4. Universitet ichki-tartib qoidasini buzgan professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim hamda talabalarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritish.
4.5. Universitet jamoasi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish.
5. Bo‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi:
5.1. Bo‘lim xodimlarining soni talabalar kontingentiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Xodimlarning shtat jadvali rektor tomonidan tasdiklanadi.
5.2. Bo‘lim xodimlarining ish haqi (razryad hisobida) universitet umumiy smetasi doirasida xal qilinadi hamda bo‘limning ish natijalariga ko‘ra byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq belgilanadi.
6. Bo‘lim faoliyatini boshqarish va nazorat qilish:
6.1. Bo‘lim faoliyatini bo‘lim boshlig‘i boshqarib, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor nazorat qiladi.
6.2. Bo‘lim o‘z ish faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha universitet ilmiy kengashida yilda kamida ikki marta hisobot berib boradi.
6.3. Bo‘lim o‘z faoliyati bo‘yicha vazirlikning ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasiga axborot berib boradi.
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI XODIMLARINING XIZMAT
VAZIFALARI
I. BO‘LIM BOSHLIG‘I
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi Karorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlarini o‘rganish, targ‘ib qilish, shu asosida ish olib borish, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini tashkillash.
2. Universitet talaba-yoshlari o‘rtasida Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsadida uchrashuv, muloqot, davra suhbatlari o‘tkazish.
3.Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish va amalda ijrosini ta’minlash.
4. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlarining ish faoliyatini nazorat qilish.
5. Talabalar Kengashi faoliyatini nazorat qilish.
6. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida har bir kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini nazorat qilish.
7. Universitet, fakultet va talabalar turar joylarida «Ma’naviyat xona»larining tashkillanganligi, shuningdek, devoriy gazetalarning muntazam chiqishini nazorat qilish.
8.Viloyat, shahar xokimliklari, prokuratura, IIB, jamoat tashkilotlari, teleradiokompaniya bilan hamkorlikda tadbirlar uyushtirish.
9. Respublika miqyosidao‘tkaziladigan sanaviy bayramlar, ko‘rik-tanlov, festivallarda universitet jamoasining ishtirokini ta’minlash.
10. Universitetda uzoq yillar ishlagan professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarning tavallud kunlarini nishonlashni tashkil etish.
11. Davlat va nomdor stipendiantlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari bilan talabalar o‘rtasida uchrashuvlar tashkillash.
12. Prezident asarlari hamda ma’naviy-ma’rifiy yo'nalishdagi kitoblar taqdimotini o‘tkazish.
13. Jamoatchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
14. Respublikamizning tarixiy shaharlariga talabalarning sayohatlarini tashki letish.
II. BO‘LIM USLUBCHISI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, VazirlarMahkamasi qarorlari hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan buyruq va qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishini nazoratqilish.
2. Universitet miqyosida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish hamda bajarilishini ta’minlash.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining ish faoliyatining reja asosida bajarilishini muvofiqlashtirish.
4. Dekan muovinlari hamda jamoatchi tashkilotlar bilan hamkorlikda turli davra suxbatlari, taniqlikishilar bilan uchrashuvlar, ochik-muloqotlar o‘tkazish.
5. Iqtidorli, ijodkor va jamoatchi talabalarni ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga jalb etgan holda turli tadbirlar o‘tkazish.
6. Fakultet va talabalar turar joylaridagi “Ma’naviyat xona”larining muntazam faoliyat yuritishini muvofiqlashtirish.
7. To‘garaklar faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash.
8. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishda jamoatchi tashkilotlarning hamkorligini ta’minlash.
9. Me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash hamda tartibga solish.
10. Guruh faollarining bo‘lim bilan hamkorligini ta’minlash.