O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
VAZIRLAR MAHKAMASINING «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI HUZURIDA TA`LIM MUASSASALARIDA ELEKTRON TA`LIMNI JORIY ETISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TO'G`RISIDA» 2012 YIL 25 IYULDAGI 228-SON QARORIGA QO'SHIMCHA VA O'ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO'G`RISIDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikasiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan, oliy ta`lim muassasalarida «Elektron ta`lim» milliy tarmog`i faoliyatini takomillashtirish va boshqarish, shuningdek axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada faol joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzurida Ta`lim muassasalarida elektron ta`limni joriy etish markazini tashkil etish to`g`risida» 2012 yil 25 iyuldagi 228-son qaroriga ilovaga muvofiq qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilsin.