Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

O`quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musoboqalarini o`tkazish to`g`risida (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2009 y. 181-son qarori)

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O'QUVCHI VA TALABA YoSHLARNI SPORTGA JALB QILISHGA QARATILGAN UZLUKSIZ RYeSPUBLIKA SPORT MUSOBAQALARINI O'TKAZISH TO'G`RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2009 y., 27-son, 315-modda; 2014 y., 19-son, 215-modda; 2017 y., 20-son, 367-modda, 37-son, 1002-modda, 37-son, 996-modda)

Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib joriy etilgan uch bosqichli yagona sport o`yinlari tizimi — «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalari yosh avlodni sog`lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy g`urur va iftixor tuyg`usini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

O'tgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi bo`lib xizmat qilmoqda.

Bu sport o`yinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam o`tkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod bo`lishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.

Yoshlarda sportga bo`lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog`lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, o`quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

To`liq faylni ochish...