Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:

dushanba-juma 14:00-16:00


dushanba, payshanba 10:00-16:00
FAKULTET
HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Huquqshunoslik fakulteti dastlab
1991-yilda tashkil topgan va 2003-yilga qadar faoliyat yuritgan. Bu davrda
fakultetga yuridik fanlari doktori, professor Y.Raximov dekanlik qilgan. 2022-yilda Farg‘ona davlat universiteti huzurida
yurisprudensiya yo‘nalishi ochilgan bo‘lib, Tarix fakulteti trakibida faoliyat
olib borgan. 2026-yilning yanvarida universitet tarkibida Huquqshunoslik
fakulteti tashkil topgan. 2022/2023-o’quv yilida yurisprudensiya ta’lim
yo‘nalishiga 189 (93 ta kunduzgi va 96 ta sirtqi) nafar abituriyent talabalikka
qabul qilingan.
Bugungi kunda Huquqshunoslik fakultetida
yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 1438 nafar (shundan, 628 nafari
kunduzgi, 782 nafari sirtqi va 28 nafari kechki ta’lim shaklida) talabalar
taxsil olmoqda. Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi o‘qish muddati kunduzgi
shaklida 4 yil, sirtqi shaklida 5 yil, kechki shaklida esa 4,5 yilni tashkil
etadi.
Fakultetda 2 ta kafedrada jami 23 nafar
professor-o‘qituvchilar asosiy ish o‘rnida faoliyat yuritmoqda. Fakultetning
ilmiy salohiyati 44 % ni tashkil etadi. Shundan, 1 nafar fan doktori professor,
9 nafari fan nomzodi, 6 nafari dotsentlar, 4 nafari katta o‘qituvchi hamda 11
nafari o‘qituvchilardir.