Accessibility

Screen size:

0 %

Font size:

0 %

So‘nggi yangiliklar va rasmiy e’lonlar

Universitet hayotidagi muhim yangiliklar, rasmiy e’lonlar va dolzarb ma’lumotlar ushbu bo‘limda muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.

18-July/2026-year
2

TEST SINOVLARINING 5-KUNI YUQORI TASHKILIY SAVIYADA O‘TKAZILMOQDA

            Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining beshinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
            Abituriyentlar uchun adolatli, shaffof va qulay sharoit yaratish maqsadida test sinovlari belgilangan tartib va talablar asosida yuqori tashkiliy saviyada tashkil etilmoqda.
Sinovlar jarayonida xavfsizlik, tartib-intizom hamda ishtirokchilarga zarur qulayliklarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
            Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham oliygoh rahbariyati boshchiligida mazkur mas’uliyatli jarayonda faol ishtirok etmoqda. Universitetning professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari test sinovlarini tashkiliy jihatdan samarali o‘tkazish, abituriyentlarni belgilangan tartib asosida kutib olish, yo‘naltirish hamda sinovlarning uzluksiz va shaffof tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
            Shuningdek, test sinovlari davomida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilib, jarayonning ochiqligi va xolisligini ta’minlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
            Farg‘ona davlat universiteti jamoasi mamlakatimiz yoshlarining oliy ta’limga kirish jarayoni adolat, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida o‘tishini ta’minlash yo‘lida o‘zining mas’uliyatli vazifalarini sidqidildan bajarishda davom etmoqda.

images/file-1784364613388-524705106.jpg
17-July/2026-year
12

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI TEST SINOVLARINING 4-KUNIDA HAM FAOL ISHTIROK ETMOQDA

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
         Mamlakatimiz yoshlari uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu mas’uliyatli jarayonni yuqori saviyada tashkil etish, uning shaffofligi, adolatliligi hamda tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi universitet rahbariyati boshchiligida test sinovlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
         Sinovlar davomida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilinishi, abituriyentlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilishi hamda tashkiliy ishlarning samarali olib borilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Universitetning professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yuksak mas’uliyat bilan ado etib, test jarayonining sifatli tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
         Kirish test sinovlari yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyati va hayot yo‘lini belgilovchi muhim bosqich hisoblanadi. Shu bois har bir abituriyentning bilim va salohiyatini xolis baholash, ularga teng imkoniyatlar yaratish eng ustuvor vazifalardan biridir.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi barcha abituriyentlarga test sinovlarida yuksak natijalar, mustahkam ishonch va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Ezgu niyatlar ro‘yobga chiqsin, har bir yosh o‘z orzusidagi oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lsin!

images/file-1784264481181-767068190.jpg
16-July/2026-year
21

2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH TEST SINOVLARI: FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI JARAYONDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Mamlakatimiz bo‘ylab 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining uchinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

         Abituriyentlarning bilim va salohiyatini xolis hamda shaffof baholashga qaratilgan mazkur muhim jarayonni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi universitet rahbariyati boshchiligida test sinovlarini o‘tkazish jarayonida faol ishtirok etmoqda.

         Test sinovlari belgilangan tartib va me'yorlar asosida, ochiqlik, shaffoflik hamda adolat tamoyillariga qat'iy amal qilingan holda tashkil etilmoqda. Jarayon davomida abituriyentlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xavfsizligi va tartib-intizomini ta'minlash, shuningdek, test sinovlarining uzluksiz va sifatli o‘tishini ta'minlash borasida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi yurtimizning ertangi taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan bilimli, salohiyatli va intiluvchan yoshlarning oliy ta'limga kirish uni mas'uliyatli sinovlari muvaffaqiyatli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
Barcha abituriyentlarga ushbu mas'uliyatli sinovlarda ulkan muvaffaqiyat, yuksak natijalar va omad tilaymiz. Ezgu orzularingiz ushalib, talabalik baxtiga muyassar bo‘lishingizni tilab qolamiz! 

images/file-1784173102141-62814481.jpg
15-July/2026-year
19

TEST SINOVLARINING IKKINCHI KUNI HAM QULAY VA SHAFFOF MUHITDA O’TKAZILMOQDA

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni respublika bo‘ylab uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
         Mazkur muhim jarayonda Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, universitet rahbariyati boshchiligida test sinovlarining belgilangan tartib va talablar asosida, ochiq, shaffof hamda adolatli tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
         Test sinovlari o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ishtirokchilarning imtihon jarayoniga xotirjam va puxta tayyorgarlik bilan kirishlari uchun qulay muhit tashkil etilgan bo‘lib, tartib-intizom, xavfsizlik hamda tibbiy xizmat masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
         Shuningdek, universitetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va ko‘ngilli yoshlar abituriyentlarni yo‘naltirish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda test sinovlarining belgilangan tartibda o‘tishini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilayotgan keng ta’lim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda, qabul jarayonining har bir bosqichi yuksak mas’uliyat, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.

images/file-1784116427278-583862082.jpg
15-July/2026-year
166

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETINING 8 TA TA’LIM DASTURI ASIIN XALQARO AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI

         Farg‘ona davlat universiteti ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim yutuqqa erishdi. Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi tomonidan universitetning 8 ta ta’lim dasturi muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazildi va tegishli xalqaro sertifikatlar universitetga taqdim etildi.

                   Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari quyidagilar:
Kimyo va biologiya yo‘nalishlari:
Kimyo (bakalavriat)
Kimyo (magistratura)
Biologiya (bakalavriat)
Biologiya (magistratura)
Matematika va fizika yo‘nalishlari:
Matematika (bakalavriat)
Matematika (magistratura)
Fizika (bakalavriat)
Fizika (magistratura)

                   ASIIN (Accreditation Agency for Degree Programmes in Engineering, Informatics, Natural Sciences and Mathematics) Germaniyada faoliyat yurituvchi hamda Yevropa oliy ta’lim makonida keng e’tirof etilgan mustaqil akkreditatsiya agentligi hisoblanadi. Agentlik tomonidan beriladigan akkreditatsiya ta’lim dasturlarining xalqaro akademik va kasbiy standartlarga mosligini, o‘quv jarayonining sifati, professor-o‘qituvchilar salohiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda bitiruvchilarning zamonaviy mehnat bozori talablariga javob berishini tasdiqlaydi.
                Mazkur natija Farg‘ona davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish va universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning muhim samarasi hisoblanadi.
                Xalqaro akkreditatsiya jarayonida faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, fakultetlar jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar hamda barcha mas’ul xodimlarning fidokorona mehnati ushbu muvaffaqiyatning asosiy omili bo‘ldi.

images/file-1784093026925-319353879.jpg
14-July/2026-year
15

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI TEST SINOVLARI JARAYONIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Mamlakatimiz bo‘ylab 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining birinchi kuni boshlandi. Minglab abituriyentlar o‘z orzulari sari muhim qadam qo‘yib, bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazmoqda.
         Mazkur mas’uliyatli jarayonni yuqori saviyada tashkil etish, test sinovlarining shaffof, adolatli va tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi universitet rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etmoqda.
         Test o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Jarayon davomida ishtirokchilarga qulaylik yaratish, tartib-intizomni ta’minlash va tashkiliy masalalarni samarali hal etish borasida mas’ullar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi har bir abituriyentning o‘z bilimini xolis va adolatli muhitda namoyon etishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu esa test sinovlarining ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.
         Barcha abituriyentlarga test sinovlarida yuksak natijalar, ulkan muvaffaqiyat va ezgu maqsadlariga erishish yo‘lida omad tilaymiz!

images/file-1784006865138-901819790.jpg
14-July/2026-year
15

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning sakkizinchi kuni yakunlari bilan imtihon jarayonlari to‘liq nihoyasiga yetdi.
         Imtihonlar belgilangan nizom va talablar asosida ochiqlik, shaffoflik hamda adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi.
Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va mas’ul ishchi guruhlar tomonidan har bir bosqichning tartibli va xolis o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
         Abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun barcha zarur qulayliklar yaratildi. Imtihon hududlarida kutish zallari zamonaviy talablar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha tashkiliy choralar ko‘rildi.
         Jarayonlarning shaffofligini yanada kuchaytirish maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etildi. Bu esa keng jamoatchilik, ota-onalar hamda kuzatuvchilarga imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini yaratib, jarayonning ochiqligi va xolisligiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.
         Sakkiz kun davom etgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori tashkiliy saviyada, belgilangan tartib va me’yorlarga to‘liq amal qilingan holda o‘tkazildi. Farg‘ona davlat universiteti bundan buyon ham ta’lim jarayonlarida shaffoflik, adolat va sifat tamoyillariga sodiq qolgan holda faoliyat yuritishni davom ettiradi.
         Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan barcha abituriyentlarga kelgusidagi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu orzulariga erishish va talabalik baxtiga muyassar bo‘lishlarini tilaymiz.
                                

images/file-1784005783607-545325210.jpg
13-July/2026-year
23

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR YETTINCHI KUN HAM SHAFFOF VA YUQORI SAVIYADA DAVOM ETMOQDA

Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari doirasida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar yettinchi kun ham belgilangan tartib asosida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
         Universitetda imtihon jarayonlarini adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Abituriyentlarning bilim va ijodiy salohiyatini xolis baholash maqsadida barcha tashkiliy ishlar puxta yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, imtihonlar amaldagi me’yoriy talablar asosida o‘tkazilmoqda.
         Imtihon o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Keng va shinam kutish zallari, tibbiy xizmat, maslahat va yo‘naltirish punktlari, zarur axborot vositalari hamda ko‘ngillilar faoliyati qabul jarayonining tartibli va samarali o‘tishini ta’minlamoqda.
         Ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Bu esa ota-onalar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariga imtihon jarayonlarini bevosita kuzatish imkonini bermoqda.
         Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davomida abituriyentlar o‘zlarining kasbiy tayyorgarligi, ijodiy qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
         Farg‘ona davlat universitetida qabul jarayonlarini zamonaviy talablar asosida, shaffof va adolatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlar har bir abituriyent uchun teng imkoniyat yaratishga xizmat qilmoqda.
         Kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

images/file-1783940782039-242192727.jpg
13-July/2026-year
3

SPORT

         Farg’ona davlat universiteti dotsenti xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
         Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mustaqillik kuni munosabati bilan 70–80 yosh toifasidagi sport faxriylari o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro musobaqada Farg‘ona davlat universiteti faxriysi, dotsent Ilyos Niyozov yuksak natija qayd etib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
        
Musobaqa davomida turli davlatlardan tashrif buyurgan tajribali sportchilar o‘zaro kuch va mahorat sinashdilar. Farg‘ona davlat universiteti vakili Ilyos Niyozov barcha bahslarda yuqori sport mahorati, qat’iyat va boy tajribasini namoyon etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi hamda oltin medal bilan taqdirlandi.
         Mazkur yutuq nafaqat universitet jamoasi, balki mamlakatimiz sporti uchun ham muhim muvaffaqiyat bo‘lib, yoshi ulug‘ sportchilarning sog‘lom turmush tarziga sodiqligi, sportga bo‘lgan cheksiz mehr va fidoyiligini yana bir bor namoyon etdi.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Ilyos Niyozovni ushbu yuksak xalqaro muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.

images/file-1783940517195-834029232.jpg
13-July/2026-year
16

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH – DAVR TALABI

2026-yilning birinchi yarmida Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga  3 779 nafar fuqarodan 6 mingta murojaat kelib tushgan.
         Murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy himoya, huquqni himoya qilish, energetika, maktabgacha va maktab ta’limi, salomatlikni saqlash, bandlik, qurilish va uy-joy kommunal yo‘nalishlarda bo‘lib, ushbu murojaatlar belgilangan tartibga muvofiq ko‘rib chiqilgan.
         Tahlillar davomida shaharda 18 yoshgacha bolalar nafaqasi, tabiiy gaz (bosimi) ta’minotidagi muammolar, aliment undirishga oid masalalar, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlariga oid masalalar, uy-joy bilan ta’minlash sohalariga oid masalalar dolzarb ekanligi aniqlandi.
         Universitetda ham fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyat davom ettirilmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida.
2026-yilning olti oyi davomida universitetga jami 44 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 33 tasi yozma bo‘lib, mazkur murojaatlarning 15 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti veb-sayti orqali kelib tushgan. 11 ta og‘zaki murojaatlar bevosita qabullar davomida qayd etilgan, 20 ta murojaat veb-sayt orqali yuboirlgan.
         Murojaatlarning asosiy qismi o‘qishni ko‘chirish va tiklash, oliy ta’limda o‘quv jarayoni, o‘quv ishlariga oid, ta’lim sohasi xodimi xatti-harakatlari, kontrakt to‘lovlari to‘g‘risida.
         Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-51-sonli Farmoni va boshqa hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlangan.

images/file-1783940181897-899026889.jpg
13-July/2026-year
2

FRANSIYANING AGROPARISTECH UNIVERSITETI YOSH TADQIQOTCHILARI AGRAR QO‘SHMA FAKULTETIDA

Farg‘ona davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va agrar sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida Fransiyaning nufuzli AgroParisTech (Université Paris-Saclay) universitetidan bir guruh yosh tadqiqotchilar universitetning agrar qo‘shma fakultetiga tashrif buyurdi.
         Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar agrar ta’lim va ilm-fan sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion agrotexnologiyalar, ilmiy tadqiqot metodikalari hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
         Muloqot davomida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro grant dasturlarida hamkorlikni kuchaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
         U
chrashuv yakunida mehmonlar fakultet hududida yangi barpo etilgan intensiv bog‘ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ularga amaliyotga joriy etilgan zamonaviy agrotexnologiyalar, intensiv bog‘dorchilikni tashkil etish tajribasi hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash jarayonlari tanishtirildi. Shuningdek, ikki tomon mutaxassislari o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashildi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.
         Mazkur tashrif Farg‘ona davlat universitetining xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, agrar ta’lim sifatini oshirish hamda innovatsion ilmiy loyihalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

images/file-1783939946058-382252229.jpg
13-July/2026-year
2

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BESHINCHI KUN DAVOM ETMOQDA

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari doirasida Farg‘ona davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar beshinchi kun ham yuqori saviyada davom etmoqda.
         Imtihonlar amaldagi nizom va belgilangan tartiblar asosida ochiqlik, shaffoflik hamda xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etilmoqda.
Jarayonlarni kuzatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar o‘z iqtidor va salohiyatlarini erkin namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
         Imtihon o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay kutish zallari tashkil etilgan, tibbiy xizmat, maslahat va yo‘naltirish ishlari uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, qabul jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.
         Farg‘ona davlat universitetida qabul jarayonlarini adolatli, shaffof va zamonaviy talablar asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilib, har bir abituriyent uchun teng imkoniyatlar yaratilmoqda.
         Kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida 
davom etmoqda.

images/file-1783939576645-4876664.jpg
13-July/2026-year
43

FarDU talabalari Xitoyda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Xitoy xalqaro dala arxeologiyasi o‘quv kursida ishtirok etmoqda

Farg‘ona davlat universiteti hamda Shanxi arxeologik tadqiqotlar instituti hamkorligida Xitoy Xalq Respublikasining Tayyuan shahrida tashkil etilgan “2026-yil O‘zbekiston–Xitoy xalqaro dala arxeologiyasi o‘quv kursi” joriy yilning 1–15-iyul kunlari davom etmoqda.

Mazkur xalqaro o‘quv kursi arxeologiya sohasida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, zamonaviy ilmiy tadqiqot usullarini o‘zlashtirish hamda xalqaro tajribani o‘rganishga qaratilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallamoqda:

  • RTK uskunasi va transekt (tanchan) metodi yordamida dala qidiruv tadqiqotlarini olib borish;
  • paleobotanik tadqiqot usullari, qadimgi o‘simlik urug‘larini saralash va tahlil qilish;
  • antropologiyada suyak qoldiqlarini o‘lchash hamda qadimgi kasalliklarning xususiyatlarini aniqlash;
  • devoriy suratlarni restavratsiya qilish va ularni ekspozitsiyaga tayyorlash;
  • dala qazuv tadqiqotlarida zooarxeologiyaning o‘rni va ahamiyati;
  • sopol va chinni buyumlarni ilmiy chizish metodikasi hamda ilmiy maqolalar uchun rasmiylashtirish tartiblari.

Ayni paytda Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari malakali xitoylik mutaxassislar rahbarligida zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari va ilmiy jihozlardan amaliy foydalanishni o‘rganmoqda.

Mazkur xalqaro o‘quv kursi FarDUning xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish, talabalar va yosh tadqiqotchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy arxeologik tadqiqot metodlarini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

images/file-1783933296271-844932544.jpg
12-July/2026-year
204

Farg‘ona davlat universitetining “MindForge” jamoasi xalqaro tanlovning mintaqaviy finalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Farg‘ona davlat universitetining “MindForge” jamoasi 2026-yil 8–11-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Проектируем будущее” xalqaro tanlovining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli tanlov Pekin pedagogika universiteti (Xitoy), YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti, Rossiyaning “Вклад в будущее” xayriya jamg‘armasi hamda Moskva shahar pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Farg‘ona davlat universitetining “MindForge” jamoasi tanlov finalchilari safidan joy olib, O‘zbekiston nomidan munosib ishtirok etdi.

Jamoa “AI for Education: Proper Implementation of AI in Education” (“Ta’lim uchun sun’iy intellekt: ta’lim jarayonida sun’iy intellektni to‘g‘ri joriy etish”) mavzusidagi innovatsion loyiha bilan qatnashdi. Loyiha sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali va mas’uliyatli joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

To‘rt kun davom etgan mintaqaviy final dasturi doirasida xalqaro forumlar, loyiha taqdimotlari va himoyalari, mentorlar bilan uchrashuvlar hamda tarmoq hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir yakunida “MindForge” jamoasi xalqaro maydonda Farg‘ona davlat universiteti va O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini munosib namoyish etdi.

images/file-1783853873798-686238906.jpg
10-July/2026-year
241

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA IJODIY (KASBIY) IMTIHONLARNING BESHINCHI KUNI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILDI

Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida izchil davom etmoqda. Imtihonlarning beshinchi kunida ham barcha jarayonlar adolat, shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida yuqori tashkiliy saviyada tashkil etildi.
         Imtihon o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlarning o‘z bilim va iste’dodini xolis baholashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jarayonlar amaldagi me’yoriy talablar asosida tashkil etilib, mas’ul ishchi guruhlar tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
         Abituriyentlar bilan bir qatorda ularni kuzatib kelgan ota-onalar va yaqinlari uchun ham qulay kutish zallari tashkil etilgan bo‘lib, ularda zarur sharoitlar yaratilgan. Imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda yoritilmoqda. Bu esa jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, imtihonlarning xolis va adolatli o‘tishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
         Farg‘ona davlat universitetida abituriyentlarning iste’dod va salohiyatini xolis baholash, ularga qulay hamda xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tiborda bo‘lib, ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan tartib va jadval asosida davom etmoqda.

images/file-1783684183936-537537836.jpg
10-July/2026-year
27

“PEDAGOGIK SMENA – 2026” XALQARO TA’LIM DASTURI

         Rossiya Federatsiyasining Ivanovo viloyatida tashkil etilayotgan “Педагогическая смена – 2026” xalqaro ta’lim dasturida Farg‘ona davlat universiteti talabalari faol ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli loyiha turli mamlakatlardan kelgan bo‘lajak pedagoglarni bir maydonga jamlab, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini xalqaro tajriba asosida rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
         Dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda jamoaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi mahorat darslari, seminar-treninglar va interaktiv uchrashuvlar talabalarning kasbiy dunyoqarashini yanada kengaytirmoqda.
         Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti "Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili" ta’lim yo‘nalishi talabalari dastur doirasida tashkil etilgan mahorat darslari, ijodiy mashg‘ulotlar, intellektual bellashuvlar va xalqaro jamoalarda olib borilayotgan amaliy loyihalarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etmoqda. Ular universitetimiz nufuzini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, xorijlik tengdoshlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.
         Bunday xalqaro ta’lim dasturlari talabalarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, chet ellik mutaxassislar bilan ilmiy va akademik aloqalarni kengaytirish hamda kelgusidagi pedagogik faoliyatlari uchun muhim amaliy tajriba to‘plashda alohida ahamiyat kasb etadi.
         Farg‘ona davlat universitetida talabalarning xalqaro ta’lim loyihalaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

images/file-1783684079483-608842011.jpg
10-July/2026-year
2

FARDU DELEGATSIYASI QIRG‘IZISTONDA

Farg‘ona davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim eksporti salohiyatini oshirish hamda xorijiy talabalarni universitetga jalb etish borasidagi sa’y-harakatlari izchil davom etmoqda. Ana shu maqsadlar doirasida universitet Agrar qo‘shma fakulteti dekani Sh. A. Mamajonov 2026-yil 8-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — dunyoning TOP-1000 taligiga kiruvchi J. Balasag‘in nomidagi Qirg‘iz milliy universitetining Qizilqiya gumanitar-pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
         Tashrif davomida institut direktori X. R. Tayirov bilan samimiy va konstruktiv uchrashuv tashkil etildi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama akademik hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy faoliyat sohasidagi aloqalarni kengaytirish hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
         Uchrashuvda Farg‘ona davlat universitetining bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlari, zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, ilmiy salohiyati hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.       Shuningdek, universitetning qirg‘iz, rus va ingliz tillarida tayyorlangan taqdimot va targ‘ibot materiallari institut qabul komissiyasiga taqdim etildi.
         Muzokaralar davomida qirg‘izistonlik yoshlarni Farg‘ona davlat universitetida tahsil olishga keng jalb etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish, xalqaro konferensiyalar hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
         Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.       

images/file-1783683921287-286803707.jpg
10-July/2026-year
14

FARDU TALABALARI MOSKVADA O‘TKAZILAYOTGAN NUFUZLI XALQARO TANLOV FINALIDA ISHTIROK ETMOQDA

         Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti Rus tili metodikasi kafedrasining Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 2026-yil 9–10-iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Kelajakni loyihalashtiramiz” Butunjahon talabalar tanlovining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy bosqichi finalida ishtirok etmoqda.
         Mazkur nufuzli xalqaro tanlov turli mamlakatlardan kelgan iqtidorli talabalarni bir maydonga jamlab, ularning innovatsion fikrlashi, ilmiy salohiyati, loyiha yaratish ko‘nikmalari hamda xalqaro hamkorlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tanlov doirasida ishtirokchilar o‘z loyihalarini xalqaro ekspertlar hay’atiga taqdim etib, dolzarb muammolarga zamonaviy yechimlar taklif etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
         Farg‘ona davlat universiteti talabalari ham ushbu tanlovda o‘z bilimlari, ijodiy yondashuvlari va kasbiy tayyorgarligini namoyon etib, universitetimiz hamda mamlakatimiz nufuzini xalqaro maydonda munosib himoya qilmoqda. Bunday xalqaro maydonlarda ishtirok etish talabalarning professional kompetensiyalarini rivojlantirish, xorijiy tengdoshlari bilan tajriba almashish va yangi ilmiy-ijodiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi talabalarga Moskva shahrida o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli tanlov finalida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Ularning bilim, salohiyat va intilishlari mintaqaviy bosqichda yuksak natijalarga erishib, xalqaro miqyosdagi yangi zafarlar sari yo‘l ochishiga ishonamiz.
         FarDUda yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqaro tanlov va loyihalarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

images/file-1783683672787-719622799.jpg
10-July/2026-year
5

BALIQ BERMA, QARMOQ BER: FARDU RAHBARIYATI AHOLI XONADONLARIDA

 

         Bugungi kunda yurtimizda aholi bandligini taʼminlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Xalq orasida mashhur boʻlgan: “Muhtojga baliq berma, qarmoq berib, baliq tutishni oʻrgat” degan hikmatli naql aynan shu islohotlarning mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etadi.
         Ana shu ezgu maqsadlar ijrosi doirasida Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi universitet rahbariyati Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.
         Xonadonlarda oʻtkazilgan ochiq va samimiy muloqotlar davomida oilalarning ijtimoiy holati, mavjud imkoniyatlari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha rejalari atroflicha oʻrganildi.
Suhbatlar jarayonida fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalar tinglanib, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, zarur maslahat va amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
         Shuningdek, istiqbolli biznes gʻoyalarni hayotga tatbiq etish, kasb-hunar egallash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda barqaror daromad manbalarini yaratishga koʻmaklashish boʻyicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu esa fuqarolarning oʻz mehnati orqali farovon hayot kechirishi, yangi ish oʻrinlari yaratishi va oilaviy daromadini oshirishiga xizmat qiladi.
         FarDU tomonidan amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar aholining hayot sifatini yaxshilash, ularning tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda "inson qadri uchun" tamoyili asosida manzilli va amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
         Zero, eng katta yordam — insonni mehnat qilishga, mustaqil daromad topishga va oʻz kelajagini oʻzi bunyod etishga ruhlantirishdir.
 

images/file-1783656410774-323091179.jpg
9-July/2026-year
202

IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA: ABITURIYENTLAR UCHUN SHAFFOF VA QULAY MUHIT YARATILGAN

Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlarning to‘rtinchi kuni yuqori saviyada davom etmoqda.
         Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va me’yoriy hujjatlar asosida, ochiqlik, xolislik hamda shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilingan holda tashkil etilmoqda.
Har bir abituriyentning bilim va ijodiy salohiyatini adolatli baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
         Imtihonlar o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan. Kutish zallari zamonaviy sharoitlar bilan jihozlanib, salqin va qulay muhit tashkil etilgan. Tibbiy xizmat, ko‘ngillilar hamda mas’ul xodimlar tomonidan ishtirokchilarga amaliy yordam ko‘rsatilib, jarayonlarning tartibli va xavfsiz o‘tishi ta’minlanmoqda.
         Ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish maqsadida ijodiy (kasbiy) imtihonlar jonli efir orqali keng jamoatchilikka namoyish etilmoqda. Bu esa ota-onalar va keng jamoatchilikka imtihon jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatini yaratib, baholashning adolatli va xolis o‘tayotganini tasdiqlaydi.
         Farg‘ona davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlarni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish, abituriyentlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish hamda ta’lim sifatini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda.

images/file-1783590115427-981782621.jpg
8-July/2026-year
27

FILOLOGIYA FAKULTETI TALABALARI XALQARO OLIMPIADADA YUKSAK NATIJALARNI QO‘LGA KIRITDI

Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari xalqaro maydonda navbatdagi muhim yutuqqa erishdi. Ular dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari reytingida top-1000 talikdan o‘rin olgan Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro onlayn olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rin va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
         Mazkur natija talabalarning puxta bilimga ega ekanligi, ularning ilmiy salohiyati hamda ustozlar tomonidan olib borilayotgan samarali ta’lim jarayonining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi. Xalqaro miqyosdagi bunday yutuqlar universitet nufuzini yanada oshirish, talabalarni ilm-fan va innovatsion izlanishlarga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
         Filologiya fakulteti jamoasi tomonidan qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat nafaqat universitet, balki mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun ham quvonarli voqeadir. Talabalarning xalqaro tanlovlarda munosib ishtirok etishi ularning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratadi.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi xalqaro olimpiada g‘oliblarini hamda ularni ushbu yutuqqa tayyorlagan professor-o‘qituvchilarni samimiy muborakbod etadi. Kelgusida ham ularga yangi zafarlar, ilmiy izlanishlarda ulkan muvaffaqiyatlar va xalqaro maydonlarda yurtimiz hamda universitetimiz nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida omad tilaymiz.

images/file-1783510684783-975360496.jpg
8-July/2026-year
105

IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR: FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA SINOVLAR UCHINCHI KUN DAVOM ETMOQDA

         Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasiga kirish bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida uchinchi kun ham yuqori saviyada davom etmoqda.
         Imtihon jarayonlarini adolatli, shaffof va ochiq tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha sinovlar amaldagi tartib va mezonlarga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda. Abituriyentlarning bilim va ijodiy salohiyatini xolis baholash uchun zarur tashkiliy hamda texnik sharoitlar yaratilgan.
         Imtihon o‘tkazilayotgan hududlarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay kutish zallari tashkil etilib, zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihonlar universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Bu esa keng jamoatchilik, ota-onalar hamda kuzatuvchilarga imtihonlarni bevosita kuzatish imkonini bermoqda.
         Farg‘ona davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish, abituriyentlar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda baholash jarayonlarining xolisligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida amalga oshirilmoqda.
         Ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida izchil davom etmoqda.
 

images/file-1783510517106-480418740.jpg
8-July/2026-year
3

XALQARO HAMKORLIK

         Farg‘ona davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim va ilmiy sohalardagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida universitet delegatsiyasi xizmat safari bilan Qirg‘iz Respublikasidagi Osh davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
         Tashrifda Farg‘ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani N. Toirova, Amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri S. Usmanova, kafedra dotsenti N. Abdullayeva hamda Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi A. Oxunov ishtirok etdilar.
         Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Mehmonlarga Osh davlat pedagogika universitetining ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy moddiy-texnik bazasi, xalqaro aloqalari, akademik mobillik dasturlari va xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
         Shuningdek, uchrashuv doirasida universitet faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etilib, qabul jarayonlari, ta’lim sifati, ilmiy va madaniy muhit, talabalar hayoti hamda yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
         Muloqot jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar va konferensiyalar tashkil etish, tajriba almashish hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
         Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildiradi.

images/file-1783510103056-620740121.jpg
8-July/2026-year
1

GERMANIYADA “UZBEKISTAN DAY – 2026” XALQARO TADBIRI

Germaniyaning nufuzli Johannes Gutenberg University Mainz Turkologiya bo‘limida Farg‘ona davlat universiteti tashabbusi bilan “Uzbekistan Day – 2026” xalqaro ilmiy-madaniy tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
         Mazkur tadbir O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari, o‘zbek tili va adabiyotini xalqaro akademik hamjamiyatga keng targ‘ib qilish, shuningdek, Germaniya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
         Tadbir doirasida Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi. Unda universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlikdagi yutuqlari, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va adabiy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
         Mehmonlar uchun o‘zbek xalqining milliy urf-odat va an’analari, amaliy san’ati hamda madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Milliy taomlar taqdimoti esa tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otib, o‘zbek mehmondo‘stligi va milliy oshxonasining betakror jihatlarini namoyon etdi.
         Tadbir davomida Germaniya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda turkologiya va o‘zbekshunoslik yo‘nalishlaridagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan samarali fikr almashildi.
         Mazkur tadbir universitetning xalqaro faoliyatida muhim bosqich bo‘lib, kelgusida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari, akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

images/file-1783509811247-535362438.jpg
7-July/2026-year
114

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA IJODIY (KASBIY) IMTIHONLARNING IKKINCHI KUNI YUQORI SAVIYADA DAVOM ETMOQDA

Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasiga kirish bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan reja asosida davom etmoqda. Imtihonlarning ikkinchi kuni ham ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida yuqori saviyada tashkil etildi.
         Imtihon jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Kutish zallari zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan bo‘lib, ishtirokchilarning o‘zlarini erkin va xotirjam his etishlari uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan.
         Shuningdek, imtihonlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida jarayonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Bu esa keng jamoatchilikka imtihonlarning ochiq va xolis o‘tayotganini bevosita kuzatish imkonini bermoqda.
         Universitet mas’ullari tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha imtihonlarning amaldagi tartib va mezonlarga muvofiq tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Abituriyentlarning bilim, iste’dod va kasbiy salohiyatini adolatli baholash uchun zarur tashkiliy choralar ko‘rilgan.
         Farg‘ona davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida izchil davom etmoqda. Universitet jamoasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi.

images/file-1783399226827-731581285.jpg
7-July/2026-year
6

XALQARO HAMKORLIKNI YANGI BOSQICHI

Farg‘ona davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlash, Qirg‘iz Respublikasi yoshlari orasida oliygoh imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda ta’lim eksporti ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida universitet delegatsiyasi 2026-yil 6–8-iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
         Delegatsiya tarkibidan O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A. Tojaliyev, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I. Yakubov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i J. Xoliqov hamda Investitsiya va ta’lim eksporti bo‘limi boshlig‘i I. Zokirov ishtirok etdi. Shuningdek, Boshlang‘ich ta’lim uslubi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham tashrif doirasidagi uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashdilar.
         Xizmat safari davomida delegatsiya Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universitetining yangi tayinlangan rektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Altynbek Zulpukarovich Zulpukarov bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy va konstruktiv ruhda kechgan muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda akademik almashinuv yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
         Uchrashuvda 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida o‘tgan yili boshlangan samarali hamkorlikni izchil davom ettirish, har ikki oliy ta’lim muassasasida qabul komissiyasi shtablarini tashkil etish, qirg‘izistonlik abituriyentlarni Farg‘ona davlat universitetida tahsil olishga keng jalb etish, targ‘ibot ishlarini birgalikda olib borish hamda qabul jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
         Shuningdek, tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar va seminarlarni hamkorlikda tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashdilar.
         Mazkur xizmat safari Farg‘ona davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy talabalar kontingentini kengaytirish, ta’lim eksportini rivojlantirish hamda Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

images/file-1783398887326-814556388.jpg
7-July/2026-year
3

FARDU TALABALARI XITOYDA XALQARO DALA ARXEOLOGIYASI O‘QUV KURSIDA ISHTIROK ETMOQDA

Xitoy Xalq Respublikasining Shansi provinsiyasi arxeologiya instituti hamda Farg‘ona davlat universiteti o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ana shu samarali hamkorlikning navbatdagi amaliy natijasi sifatida Shansi provinsiyasining Tayyuan shahrida “2026-yil Farg‘ona – Shansi xalqaro dala arxeologiyasi o‘quv kursi” o‘z ishini boshladi.

Mazkur xalqaro o‘quv dasturida Farg‘ona davlat universitetining O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma arxeologiya kafedrasidan 8 nafar talaba hamda 2 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. Dastur yosh arxeologlarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, shuningdek, ikki mamlakat olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘quv kursining tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Marosimda Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning tabrik maktubi o‘qib eshittirildi hamda Shansi provinsiyasi Arxeologiya instituti direktori Fan Venqiangga tantanali ravishda topshirildi. Tabriknomada ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va yosh mutaxassislarni xalqaro tajriba asosida tayyorlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma arxeologiya kafedrasi mudiri G. Farmanova hamda professor M. Isomiddinov onlayn formatda ishtirok etib, o‘quv kursi ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar va mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdilar.

Ochilish marosimida Xitoyning arxeologiya va madaniy meros sohasidagi nufuzli tashkilotlari rahbarlari ham qatnashdi. Jumladan, Viloyat madaniy yodgorliklar byurosi Arxeologiya bo‘limi direktori Chan Sibin, Shanxi universiteti Arxeologiya va muzeyshunoslik maktabi dekani o‘rinbosari Chen Xiaosan, Shanxi provinsiyasi Madaniy merosni tadqiq qilish va himoya qilish instituti raisi Liang Sianliang, bosh menejer o‘rinbosari Chjao Pan, Tayyuan shahar Madaniy yodgorliklar va arxeologiya instituti direktori Pei Jingrong, Shansi provinsiyasi Arxeologiya instituti direktori Fan Venqiang, kotib va direktor o‘rinbosari Chjen Yuan, shuningdek, institutning bo‘lim rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, loyiha ishtirokchilarini samimiy qutladilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi arxeologik tadqiqotlar, madaniy merosni asrash va ilmiy almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar yuksak baholanib, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘quv kursi doirasida talabalar uchun dala arxeologiyasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, arxeologik qazilmalar jarayonida zamonaviy usullarni qo‘llash, topilmalarni hujjatlashtirish va konservatsiya qilish, shuningdek, tajribali xitoylik mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bugundan boshlab kursning asosiy amaliy mashg‘ulotlari boshlandi. Ushbu xalqaro dastur Farg‘ona davlat universiteti talabalari uchun xorijiy tajribani o‘rganish, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va xalqaro ilmiy hamkorlik muhitida faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytiruvchi muhim ta’lim platformasi hisoblanadi.

Mazkur loyiha Farg‘ona davlat universitetining xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarining yana bir yorqin ifodasidir.

images/file-1783395658388-216136443.jpg
6-July/2026-year
62

FARDUDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR BOSHLANDI

 Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul doirasidagi ijodiy (kasbiy) imtihonlarning birinchi kuni yuqori saviyada boshlandi. Imtihon jarayonlarini adolatli, shaffof va tartibli tashkil etish maqsadida universitet tomonidan barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rildi.
         Imtihonlar belgilangan tartib va nizomlar asosida, ochiqlik hamda xolislik tamoyillariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda. Abituriyentlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini xolis baholash uchun barcha sharoitlar yaratilib, jarayonlarga mas’ul mutaxassislar va kuzatuvchilar jalb etilgan.
         Abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun imtihon o‘tkazilayotgan hududlarda zamonaviy kutish zallari tashkil etildi. U yerda qulay o‘rindiqlar, ichimlik suvi, tibbiy xizmat hamda zarur axborot bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilib, tashrif buyuruvchilarning o‘zlarini erkin va qulay his etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.
         Imtihonlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Bu esa jamoatchilik, ota-onalar va keng auditoriyaga imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini berib, qabul jarayonining ochiqligi va xolisligini yanada mustahkamlamoqda.
         Birinchi kunning o‘zida imtihonlar tartibli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Abituriyentlar o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘lib, universitet jamoasi tomonidan ularga zarur tashkiliy va maslahat ko‘magi ko‘rsatildi.
         Farg‘ona davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda. Universitet rahbariyati barcha jarayonlarning shaffof, adolatli va amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga to‘liq muvofiq tarzda tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
 

images/file-1783335107784-74862894.jpg
6-July/2026-year
4

FARDUDA NURONIYLAR E’ZOZLANDI: FIDOKOR MEHNAT VA HAYOTIY TAJRIBAGA YUKSAK HURMAT

Farg‘ona davlat universitetida uzoq yillar davomida ta’lim va ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar hamda yubiley yoshini nishonlayotgan xodimlarni e’zozlash ezgu qadriyat va go‘zal an’anaga aylangan. Universitet jamoasi tomonidan ularning ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan hissasi doimo yuksak qadrlanadi.
         Bugun ana shunday ezgu an’ana davom ettirilib, qutlug‘ 65 yoshni qarshi olgan bir guruh fidoyi xodimlar tantanali ravishda tabriklandi. Tadbir davomida ularga Farg‘ona davlat universiteti rektori nomidan samimiy tabrik yo‘llanib, universitet taraqqiyoti, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.
         Ta’kidlanganidek, faxriy ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasi, mehnatsevarligi hamda mas’uliyat bilan olib borgan faoliyati bugungi kunda universitet jamoasi va yosh mutaxassislar uchun munosib ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularning fidoyiligi va ustozlik an’analari oliygohning yuksak nufuzi hamda ilmiy-ma’rifiy muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
         Tadbirda universitet rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan yubilyarlarga esdalik sovg‘alari va moddiy rag‘batlantirish sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi. Samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va iliq e’tibor bayramona uchrashuvga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
         Farg‘ona davlat universitetida nuroniylarni e’zozlash, ularning mehnatini munosib qadrlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunday tadbirlar ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish bilan birga, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, ustozga sadoqat va insoniy fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

images/file-1783330166484-651613945.jpg
6-July/2026-year
2

ILMIY XABAR

Farg‘ona davlat universitetida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.
         Ana shunday quvonchli yutuqlardan biri sifatida universitet tadqiqotchisi Ro‘ziboyev Valijon Umarali o‘g‘li 01.04.07 – “Kondensirlangan holat fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Yorug‘likning ikki muhit chegarasida diffuz qaytish va sinish spektrlari hamda intensivlikning so‘nish kinetikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
         Mazkur dissertatsiya fizik optika va kondensirlangan holat fizikasi yo‘nalishidagi dolzarb ilmiy masalalarni qamrab olib, yorug‘likning turli muhitlar chegarasidagi tarqalish qonuniyatlari, diffuz qaytish va sinish spektrlari hamda yorug‘lik intensivligining so‘nish jarayonlarini ilmiy jihatdan chuqur tahlil etishga bag‘ishlangan.
         Dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.FM.19.04 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash a’zolari tadqiqotning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini yuqori baholab, yakdil qaror bilan 100 foiz ovoz asosida Ro‘ziboyev Valijon Umarali o‘g‘liga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni ma’qulladilar.
         Ushbu muvaffaqiyat Farg‘ona davlat universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy maktablarni yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasi hisoblanadi.

images/file-1783328659328-594587023.jpg
6-July/2026-year
4

FARDU KENGASHINING 11-YIG‘ILISHIDA TA’LIM SIFATI, XALQARO HAMKORLIK VA YANGI RIVOJLANISH VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI

Farg‘ona davlat universitetida 2026-yil 29-iyun kuni navbatdagi 11-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, yakunlanayotgan o‘quv yili natijalari, ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusidagi strategik vazifalar yuzasidan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida, avvalo, universitetda yo‘riqnoma hujjatlari ijrosining ta’minlanish holati tahlil qilinib, mavjud natijalar va ayrim yo‘nalishlarda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi. Ta’kidlanganidek, hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Kengash a’zolari yakunlanayotgan 2025–2026-o‘quv yili natijalarini har tomonlama sarhisob qildilar. Ta’lim, ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xalqaro hamkorlik, yoshlar bilan ishlash hamda boshqa yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar tahlil qilinib, oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha fakultetlar va kafedralarning reyting natijalari ko‘rib chiqildi. Faoliyat samaradorligi yuqori bo‘lgan jamoalarning tajribasini ommalashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish kun tartibidan universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirish masalalari ham muhim o‘rin oldi. Xususan, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda ta’lim eksporti hajmini oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Bu borada universitetning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Kengashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hamda nomdor stipendiyalarga tavsiya etiladigan iqtidorli talabalar nomzodlari ham ko‘rib chiqildi. Ularning ilmiy, ijodiy va jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlari atroflicha baholanib, munosib nomzodlar tavsiya etildi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida o‘quv jarayoniga oid qator me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash, dissertatsiya mavzularini ma’qullash, professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozimlarga va ilmiy unvonlarga tavsiya etish, shuningdek, yangi ilmiy va o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya qilish kabi muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi. Har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur Kengash yig‘ilishi Farg‘ona davlat universitetida ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yuksaltirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning izchil davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi.

images/file-1783327367746-315890581.jpg
6-July/2026-year
0

FARDU KENGASHIDA XALQARO VA RESPUBLIKA MIQYOSIDA YUKSAK NATIJALARGA ERISHGAN TALABALAR HAMDA ULARNING USTOZLARI MUNOSIB E’TIROF ETILDI

Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Kengash yig‘ilishida ta’lim, ilm-fan va sport sohalarida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinar ekan, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda universitet hamda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli talabalar va ularning ustozlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarning sport, intellektual salohiyati va fidoyiligi yuksak baholanib, ularning muvaffaqiyatlari universitet jamoasi tomonidan katta faxr va g‘urur bilan e’tirof etildi.

Xususan, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari xalqaro sport maydonlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Muhammadaziz Qayumov Tojikiston Respublikasida kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro ochiq turnirda faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shohsanam Yo‘ldasheva Qozog‘iston Respublikasida tramplindan sakrash bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro musobaqada yuksak mahorat namoyish etib, oltin medal sohibiga aylandi.

Universitetning 1-bosqich talabasi Mubinabonu Xalilova Fransiyaning Parij shahrida parasuzish bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallab, yurtimiz sporti nufuzini xalqaro maydonda munosib himoya qildi. Chempion sportchining ushbu muvaffaqiyatida oilaviy tarbiya va qo‘llab-quvvatlashning muhim o‘rni e’tirof etilib, uning onasi Nazokatxon Xalilovaga universitet rahbariyati tomonidan alohida Tashakkurnoma topshirildi.

Yana bir yosh sportchi Oyatillo Shamsiddinov Toshkent shahrida Turon sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida yoshlar va kattalar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, universitet sportchilarining navbatdagi yutug‘iga munosib hissa qo‘shdi.

Kengash ishtirokchilari sportchilarning xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatlari universitetda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda professional sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning amaliy samarasi ekanini alohida ta’kidladilar.

Sportdagi yutuqlar bilan bir qatorda, universitet talabalari intellektual bellashuvlarda ham munosib natijalarga erishayotgani qayd etildi. Jumladan, “Intellektual haftalik” doirasida o‘tkazilgan respublika bosqichidagi “Breyn ring” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat universiteti jamoasi tantanali ravishda rag‘batlantirildi.

Mazkur muvaffaqiyat uchun tarix fakultetining 4-bosqich talabalari Muhammadaminjon Xolboboyev, Kozimjon Nasriddinov, Xudoyberdi Islomov, Abduhalimjon Abdurahimov, Mahmudjon Qodirov, Chet tillari fakultetining 4-bosqich talabasi Samandar Shokirov hamda Iqtisodiyot fakultetining 4-bosqich talabasi Azizbek Turdaliyev pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Jamoaning ushbu yutug‘ida geografiya kafedrasi dotsenti Zafarjon Madaminovning samarali rahbarligi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, Kengashda “Talabalar ligasi – 2026” sport musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblari hamda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”da yuqori natijalarga erishgan talabalar ham munosib rag‘batlantirildi. Ularning yutuqlari universitetda bilimli, iqtidorli va raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalash borasidagi tizimli ishlarning yorqin natijasi sifatida baholandi.

Tadbir davomida talabalarning muvaffaqiyatlari ortida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarga ham alohida ehtirom ko‘rsatildi. Sportchilarni xalqaro va respublika musobaqalariga puxta tayyorlash, ularning yuksak natijalarga erishishida munosib hissa qo‘shgan 12 nafar professor-o‘qituvchi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

 Mazkur e’tirof va rag‘batlar Farg‘ona davlat universitetida yoshlarning sport, ilmiy va intellektual salohiyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda ustozlarning fidokorona mehnatini qadrlash borasida olib borilayotgan izchil siyosatning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.


Farg‘ona davlat universiteti jamoasi barcha g‘olib talabalar va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etadi. Yoshlarimizning xalqaro va respublika maydonlaridagi yangi zafarlari universitetimiz nufuzini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiradi hamda ularga kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

images/file-1783326744083-426832736.jpg
6-July/2026-year
3

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI KENGASHINING 11-SONLI YIG‘ILISHI: ILM-FAN YUTUQLARI, XALQARO E’TIROF VA IJODKORLAR SHARAFLANDI

Farg‘ona davlat universitetida navbatdagi 11-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish nafaqat universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini sarhisob qilish, balki ilm-fan, xalqaro hamkorlik hamda ommaviy axborot vositalari sohasida samarali faoliyat yuritayotgan ustozlar va mutaxassislarni munosib e’tirof etish bilan ham ahamiyat kasb etdi.
Yig‘ilishning tantanali taqdirlash qismida ilmiy unvon va ilmiy darajaga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar Kengash a’zolari tomonidan samimiy qutlanib, ularning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mamlakat ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi yuksak baholandi.


Kengash raisi, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy yutuqlarga erishgan olim va tadqiqotchilarni muborakbod etar ekan, ularning kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirib, ilm-fan rivoji yo‘lidagi izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Ta’kidlanganidek, bunday e’tiroflar universitet ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Kengash davomida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi yana bir muhim xalqaro yutuq bilan tabriklandi. Universitetning nufuzli “Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026” reytingida yuqori natijalarga erishgani munosabati bilan oliygohga maxsus sertifikat tantanali ravishda topshirildi. Mazkur yutuq universitetning sifatli ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish borasidagi izchil faoliyati xalqaro miqyosda e’tirof etilganining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Shuningdek, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadovga oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishidagi samarali hamkorligi, sohani rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari hamda ushbu faoliyatni doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Tashakkurnomasi topshirildi.

Tadbirda ushbu mukofot va e’tiroflar nafaqat universitet rahbariyatining, balki Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va butun jamoasining fidokorona mehnatiga berilgan munosib baho ekani alohida qayd etildi.

Kengash yig‘ilishida yana bir quvonchli voqea — 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalist va media sohasi vakillarining taqdirlanishi bo‘ldi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati Axborot xizmati rahbari Ma’sudjon Sulaymonov, sport jurnalisti Behzod Jo‘raboyev, “Yangi Farg‘ona” gazetasi bosh muharriri Shohidbek Aslonov, shuningdek, “Ruxsor” TRK muxbiri, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, telejurnalist Ahror Ziyolar kasb bayrami munosabati bilan samimiy qutlanib, ularning jamiyatda ochiqlik va xolis axborot muhitini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda universitet faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.

Soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi va samarali mehnati uchun taqdirlanganlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va universitet o‘rtasidagi samarali hamkorlik ta’lim tizimidagi islohotlarni keng yoritish, yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan, ta’lim va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fidokor ustozlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining mehnatini munosib qadrlash ezgu an’anaga aylangan. Navbatdagi Kengash yig‘ilishida bildirilgan yuksak e’tiroflar ham ana shu an’ananing mantiqiy davomi bo‘lib, universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro nufuzi va jamoatchilik bilan hamkorligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

images/file-1783319863356-484714784.jpg
4-July/2026-year
4

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI MILLIY FORUMDA

Toshkent shahridagi Wyndham Hotel konferensiyalar zalida Britaniya Kengashi tomonidan “National Forum on Accelerating English Teacher Education Reform in Uzbekistan” mavzusidagi milliy forum tashkil etildi. Mamlakatimizda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan mazkur nufuzli tadbir respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillarini bir maydonga jamladi.
         Forumda O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasidan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etdilar. Farg‘ona davlat universiteti nomidan Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh. Karimova hamda kafedra dotsenti N. Aliyeva qatnashib, ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.
         Forumning birinchi kunida “Handbook Programme: Foreign Language and Literature (English)” nomli yangi o‘quv dasturi taqdim etildi. Unda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashning zamonaviy modeli, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, xalqaro standartlar hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yangiliklar keng yoritildi.
         Tadbirning ikkinchi kunida esa mazkur dastur mazmunini oliy ta’lim muassasalarida samarali joriy etish masalalariga bag‘ishlangan olti sessiyadan iborat amaliy seminar tashkil etildi. Sessiyalar davomida yangi o‘quv dasturini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari, innovatsion o‘qitish metodlari, baholash tizimini takomillashtirish, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini shakllantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
         Forum ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur forumda Farg‘ona davlat universiteti vakillarining ishtiroki universitetda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda malakali pedagog kadrlarni tayyorlash borasidagi izchil sa’y-harakatlarning muhim ifodasidir.

images/file-1783162319044-42888072.jpg
4-July/2026-year
8

“STUDY IN UZBEKISTAN” XALQARO TA’LIM KO‘RGAZMASI

Qirg‘iz Respublikasining Osh shahrida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro maydonda ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy yoshlarni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga jalb etish hamda mamlakatimizning zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini keng namoyish etishga xizmat qilgan mazkur nufuzli tadbirda Farg‘ona davlat universiteti ham faol ishtirok etdi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatlari hamda Botirali Siddiqov nomidagi Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti tashabbusi va taklifiga muvofiq tashkil etildi. Tadbir davomida Qirg‘iziston yoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasalari vakillari hamda ta’lim sohasiga qiziquvchi keng jamoatchilik O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy ta’lim dasturlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Farg‘ona davlat universiteti nomidan xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari Asrorbek Xolmatjonov hamda Ahrorbek Xalimov universitet faoliyati va uning xalqaro rivojlanish strategiyasini keng targ‘ib etdilar. Ular tashrif buyuruvchilarga universitetning bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, zamonaviy moddiy-texnik bazasi, akademik almashinuv dasturlari, xalqaro hamkorlik loyihalari, xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda qabul jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Ko‘rgazma doirasida universitet stendi ko‘plab yoshlar va ularning ota-onalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ochiq muloqotlar davomida ishtirokchilar ta’lim olish imkoniyatlari, grant va stipendiya dasturlari, talabalar turar joylari, xalqaro almashinuv dasturlari hamda bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy istiqbollari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish Farg‘ona davlat universitetining xalqaro ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy abituriyentlar sonini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg‘ona davlat universiteti bundan buyon ham xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim sifatini yuksaltirish va dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli yoshlarni universitetga jalb etish yo‘lida izchil faoliyat olib borishda davom etadi.

images/file-1783161800597-356088333.jpg
4-July/2026-year
4

BU BIZNING TALABALAR!

Andijon viloyatida Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan kuchli sportchilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada Farg‘ona davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, faxrli natijalarni qayd etdilar.

Xususan, universitetning 1-bosqich 25.160-guruh talabasi G‘ulomiddinova Dilshodaxon ayollar o‘rtasida 18 yosh va undan kattalar toifasining –61 kg vazn yo‘nalishidagi Kumite bahslarida mahorat va matonat namoyish etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi hamda chempionatning bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, universitetning yana bir iqtidorli sportchisi Xo‘jamatov Abdurashid erkaklar o‘rtasida 18 yosh va undan kattalar toifasining –84 kg vazn yo‘nalishidagi Kumite bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqaning bronza medali sohibiga aylandi.

Mazkur yutuqlar Farg‘ona davlat universitetida sportni rivojlantirish, yoshlarning jismoniy salohiyatini yuksaltirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi sportchi talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi. Ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yuksak g‘alabalar tilaydi.

images/file-1783161388920-760308546.jpg
4-July/2026-year
8

TALABALAR DIQQATIGA: "IJTIMOIY FAOLLIK INDEKSI" QANDAY BAHOLANADI?

Farg‘ona davlat universitetida talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini baholash va ta’lim grantlariga nomzodlarni aniqlashning yangi mezonlarini tushuntirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-maydagi 186-sonli buyrug‘i asosida o‘tkazilib, unda universitetning soha mutaxassislari, mas’ul xodimlar hamda fakultet vakillari ishtirok etmoqda.

Seminar davomida talabalarning "Ijtimoiy faollik indeksi"ni baholash metodikasi batafsil tushuntirildi. Xususan, indeksni shakllantirish mezonlari, baholash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni hamda ushbu tizimning ta’lim grantlariga talabgorlarni saralashdagi o‘rni yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, yangi baholash tizimi nafaqat talabaning o‘qishdagi natijalari, balki uning jamoat ishlaridagi ishtiroki, tashabbuskorligi, volontyorlik faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faolligi va boshqa ijtimoiy ko‘rsatkichlarini ham inobatga oladi. Bu esa yoshlarni yanada faol, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lishga undaydi.

Seminar ishtirokchilarining savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, baholash jarayonida shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilinishi alohida qayd etildi.

Bunday amaliy seminarlar talabalarning yangi tizim bo‘yicha xabardorligini oshirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengroq tushuntirish hamda grantlar taqsimotida adolatli va ochiq mexanizmni ta’minlashga xizmat qiladi.

images/file-1783160620397-110692129.jpg
3-July/2026-year
4

FARDUDA MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI MUNOSIB E’TIROF ETILDI

Farg‘ona davlat universitetida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, blogerlar, axborot xizmatlari mutaxassislari hamda universitet jamoatchiligi ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning jamiyatda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, ishonchli, xolis va tezkor axborotni keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari mamlakat taraqqiyoti, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar, xalqaro hamkorlik va talabalarning yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazishda jurnalistlar va blogerlarning samarali faoliyati yuksak baholandi.
Tadbir davomida media sohasi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, zamonaviy axborot makonida universitet va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, raqamli platformalarda sifatli media kontent yaratish, yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari faoliyatini keng yoritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bayram tadbirining yana bir muhim qismi sifatida mehmonlar Farg‘ona davlat universitetining zamonaviy Media markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga markazning moddiy-texnik bazasi, professional foto va videostudiyalar, multimedia uskunalari, montaj xonalari hamda raqamli kontent tayyorlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar universitetda media sohasini rivojlantirish, axborot xizmatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish borasida yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.
Tadbir yakunida universitetning axborot siyosatini samarali yoritish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, universitet hamda ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh jurnalistlar, blogerlar, noshirlar va media sohasi vakillari Farg‘ona davlat universitetining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir ommaviy axborot vositalari vakillarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash, universitetning ochiqlik siyosatini yanada mustahkamlash hamda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni keng targ‘ib etishda media bilan samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

images/file-1783077976441-206553035.jpg
3-July/2026-year
1

FARDU TALABASI MAVLUDAXONNING SPORTDAGI MUVAFFAQIYAT YO‘LI

Mamlakatimizda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash hamda iqtidorli sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan yoshlarning sport orqali o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Ana shunday iste’dodli va irodali sportchilardan biri — Farg‘ona davlat universiteti talabasi, para kamondan otish bo‘yicha sportchi Mavludaxon Abdunazarovadir. U o‘zining qat’iyati, mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan nafaqat tengdoshlari, balki ko‘plab yoshlar uchun ham ibrat bo‘lib kelmoqda.

Mavludaxonning sportdagi yutuqlari va istiqboldagi maqsadlari Farg‘ona viloyati rahbariyati tomonidan ham yuksak e’tirof etildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko‘prik tumani hokimligida sportchi qiz bilan uchrashib, uning sport faoliyati, erishgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy muloqot davomida Mavludaxon bugungi kungacha erishgan muvaffaqiyatlari ortida tinimsiz mehnat, kuchli iroda va murabbiylarining ko‘magi mujassam ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u o‘zining eng katta orzusi va asosiy maqsadi — kelgusida Paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro arenalarda baland ko‘tarish ekanini alohida qayd etdi.

Uchrashuv yakunida sportchini qo‘llab-quvvatlash, uning professional tayyorgarligi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kelgusidagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi yuzasidan fikr almashildi.

Mavludaxon Abdunazarovaning hayot va sportdagi muvaffaqiyat yo‘li shuni ko‘rsatadiki, qat’iy maqsad, mustahkam iroda va tinimsiz mehnat har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish imkonini beradi. Uning erishayotgan yutuqlari nafaqat Farg‘ona davlat universiteti, balki butun yurtimiz yoshlari uchun ilhom va motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

images/file-1783076213370-296959880.jpg
3-July/2026-year
3

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI THE IMPACT RANKINGS 2026 REYTINGIDA O‘Z MAVQEINI MUSTAHKAMLADI

Farg‘ona davlat universiteti xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini yana bir bor tasdiqlab, Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026 reytingida o‘z ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshiladi. Mazkur natija universitetda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar hamda jamiyat rivojiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni izchil amalga oshirish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlarning amaliy samarasi bo‘ldi.

Times Higher Education (THE) Impact Rankings — Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education tashkiloti tomonidan har yili e’lon qilinadigan xalqaro reyting bo‘lib, unda dunyo universitetlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)ga qo‘shayotgan hissasi baholanadi. Reytingda oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifati, ilmiy izlanishlari, ijtimoiy mas’uliyati, ekologik barqarorlik, innovatsion faoliyati va xalqaro hamkorlikdagi natijalari kompleks tahlil qilinadi.

E’tiborlisi, Farg‘ona davlat universiteti 2024 va 2025-yillarda 1001–1500 pog‘onalar oralig‘ida qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yilda 801–1000 pog‘onalar oralig‘iga ko‘tarilib, global reytingdagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamladi. Bu esa universitetning xalqaro standartlarga mos rivojlanayotganini hamda barqaror taraqqiyot yo‘nalishidagi faoliyati tobora yuksalib borayotganini yaqqol namoyon etadi.

Mazkur yutuq universitet jamoasining ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish, ekologik va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga izchil tatbiq etish borasidagi samarali mehnatining e’tirofidir.

Ushbu natija Farg‘ona davlat universitetining xalqaro nufuzini yanada oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xalqaro grant va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda xorijiy talabalar va malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Farg‘ona davlat universiteti bundan buyon ham zamonaviy ta’lim, ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridagi o‘z o‘rnini yanada mustahkamlash yo‘lida izchil faoliyat olib borishda davom etadi.

images/file-1783075538147-236570434.jpg
3-July/2026-year
1

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYASI

Joriy yilning 22-iyun kuni Farg‘ona davlat universiteti Huquqshunoslik fakultetida "Yurisprudensiya" ta’lim yo‘nalishi bakalavr-bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari (BMI) himoyasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur jarayon talabalarning ko‘p yillik ta’lim davomida egallagan nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish uchun muhim bosqich bo‘ldi.

Himoya jarayonida 19 nafar bitiruvchi o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini malakali attestatsiya komissiyasi a’zolari huzurida taqdim etdilar. Talabalar tadqiqotlarning maqsad va vazifalari, ilmiy yangiliklari, erishilgan natijalari hamda ularning huquqshunoslik sohasidagi amaliy ahamiyatini batafsil yoritib berdilar.

Taqdimotlar davomida tanlangan mavzularning bugungi kun uchun dolzarbligi, tadqiqotlarda qo‘llanilgan zamonaviy ilmiy-metodologik yondashuvlar, milliy va xalqaro huquqiy tajribalarning qiyosiy tahlili, shuningdek, olingan ilmiy xulosalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruvchilarga mavzular yuzasidan savollar berilib, ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar bildirildi.

Himoya yakunida talabalarning ilmiy izlanishlari, tahliliy yondashuvi, mustaqil fikrlashi hamda kasbiy kompetensiyalari munosib baholandi. Mazkur bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lajak huquqshunos mutaxassislarning yuksak bilim va salohiyatini namoyon etib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratdi.

images/file-1783075049306-600154924.jpg
3-July/2026-year
1

XALQARO YOSHLAR SEMINARI DOIRASIDA MARG‘ILONGA MAZMUNLI TASHRIF


Xalqaro yoshlar seminari doirasida xorijiy mehmonlar, xalqaro ekspertlar hamda faol yoshlar ishtirokida Farg‘ona vodiysining bebaho durdonasi — Marg‘ilon shahriga mazmunli va unutilmas tashrif amalga oshirildi. Mazkur tashrif ishtirokchilarga hududning innovatsion salohiyati, boy tarixiy-madaniy merosi hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Tashrif dasturining dastlabki manzili Farg‘ona shahridagi Digital Hub bo‘ldi. Seminar ishtirokchilari ushbu markaz faoliyati bilan tanishar ekan, yoshlar uchun yaratilgan innovatsion ekotizim, zamonaviy IT infratuzilmasi, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar hamda istiqbolli startap tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Mutaxassislar tomonidan raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.
Shundan so‘ng delegatsiya Farg‘ona Expo markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar viloyatning investitsiyaviy salohiyati, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar, zamonaviy infratuzilma hamda hududda yaratilayotgan qulay investitsion muhit bilan yaqindan tanishdilar. Muloqotlar davomida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tashrifning navbatdagi manzili qadimiy va navqiron Marg‘ilon shahri bo‘ldi. Ishtirokchilar shahardagi zamonaviy raqamli texnologiyalar markazi faoliyati bilan tanishib, yoshlarning IT sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar.
Shuningdek, mehmonlar buyuk alloma, mashhur faqih Burhoniddin Marg‘inoniy merosini o‘zida mujassam etgan tarixiy-ma’rifiy majmuani ziyorat qildilar. Tashrif davomida ularga allomaning boy ilmiy merosi, islom huquqshunosligi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda yurtimizda tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur tashrif seminar ishtirokchilarida O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish yo‘li, boy tarixiy merosi va mehmondo‘stlik an’analari haqida yorqin taassurot qoldirdi. Bunday xalqaro uchrashuvlar turli mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda istiqboldagi samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

images/file-1783074475233-851907253.jpg
30-June/2026-year
5

FARDUDAGI XALQARO YOSHLAR SEMINARIDA IQLIM VA EKOLOGIK XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA

Farg‘ona davlat universitetida davom etayotgan "Yosh tinchlikparvarlarning transchegaraviy tashabbusi" xalqaro yoshlar seminari doirasidagi sessiyalar dolzarb mavzular va amaliy muloqotlarga boy tarzda o‘tmoqda. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston hamda Turkmanistondan tashrif buyurgan yosh yetakchilar, mahalliy va xalqaro ekspertlar, davlat hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari mintaqa taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega masalalar yuzasidan fikr almashmoqda.

Seminarning navbatdagi sessiyasi iqlim va ekologik xavfsizlik mavzusiga bag‘ishlandi. Unda ekologik muammolarning aholi turmush darajasi va salomatligiga ta’siri, iqlim o‘zgarishining mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikka ko‘rsatayotgan ta’siri, shuningdek, ushbu tahdidlarga qarshi samarali transchegaraviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya davomida ishtirokchilar suv resurslaridan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda "yashil" rivojlanish tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha o‘z mamlakatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Bildirilgan taklif va tashabbuslar mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Ayni paytda mahalliy va xalqaro ekspertlar, spikerlar hamda seminar ishtirokchilari sessiyalar davomida ilgari surilgan g‘oya va takliflarni umumlashtirib, ularni amaliy loyihalarga aylantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashmoqda. Muhokamalarda yoshlarning tashabbuskorligi, innovatsion yondashuvlari va transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etilmoqda.

Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan xalqaro seminar yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotni rivojlantirish, o‘zaro ishonch va do‘stlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda tinchlik, xavfsizlik, ekologik barqarorlik va barqaror rivojlanish yo‘lidagi yangi tashabbuslarni shakllantirishga xizmat qilayotgan nufuzli xalqaro maydon sifatida o‘z ahamiyatini namoyon etmoqda. 

images/file-1782821582425-420751541.jpg
30-June/2026-year
4

YOSHLAR KUNI FARG‘ONADA YUKSAK KAYFIYATDA NISHONLANDI

Farg‘ona viloyatida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruh, yuksak kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi ochiq maydonida o‘tkazilgan tantanali bayram dasturi yuzlab yoshlar, jamoatchilik vakillari hamda mehmonlarni bir maydonga jamladi.

Bayram tadbirida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, turli sohalarda yutuqlarga erishgan faol va iqtidorli yoshlar, ta’lim muassasalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha yoshlarni samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati bugungi kunda o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonning yoshlar siyosati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotgani, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar ko‘plab davlatlar tajribasida qiziqish uyg‘otayotgani alohida qayd etildi.

Bayram shodiyonalariga Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilayotgan "Yosh tinchlikparvarlarning transchegaraviy tashabbusi" xalqaro yoshlar seminari ishtirokchilari ham faol qo‘shildi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan tashrif buyurgan yosh yetakchilar viloyatdagi bayramona muhitni his etib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yaqindan tanishdilar.

Kun davomida xalqaro seminar ishtirokchilari uchun yana bir unutilmas lahza yaratildi. Ular futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi uchrashuvini birgalikda tomosha qildilar. Sport muxlislarini birlashtirgan ushbu uchrashuv samimiy muloqot, do‘stlik va birdamlik muhitida o‘tib, turli mamlakatlardan kelgan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlikni yanada mustahkamladi.

Yoshlar kuni doirasidagi bayram tadbirlari va xalqaro seminar Farg‘ona davlat universitetini nafaqat ilmiy-ma’rifiy, balki yoshlar diplomatiyasi, madaniy almashinuv va xalqaro hamkorlikning muhim markaziga aylantirdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning o‘zaro ishonchini mustahkamlash, mintaqada tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini keng targ‘ib etish hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

images/file-1782821010787-238230687.jpg
30-June/2026-year
2

FARDU XALQARO MULOQOT MAYDONIGA AYLANDI

Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning chegaraoldi hududlaridan tashrif buyurgan faol yoshlarni birlashtirgan "Yosh tinchlikparvarlarning transchegaraviy tashabbusi" xalqaro yoshlar seminari o‘z ishini faol davom ettirmoqda. Mintaqada tinchlik, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur seminar yoshlar diplomatiyasini rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot platformasiga aylanmoqda.

Seminarda Qozog‘iston va Turkmaniston vakillarining ham ishtirok etayotgani tadbirning qamrovini yanada kengaytirib, uni umumMarkaziy Osiyo miqyosidagi hamkorlik maydoniga aylantirmoqda. Turli davlatlardan kelgan yosh yetakchilar, ekspertlar va hamkor tashkilotlar vakillari mintaqaning umumiy taraqqiyoti yo‘lida fikr almashib, istiqbolli tashabbuslarni muhokama qilmoqda.

Seminar dasturining ilk kunida ishtirokchilar o‘zaro tanishib, kutayotgan natijalari va kelgusidagi hamkorlik rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Interaktiv muloqotlar, jamoaviy muhokamalar va tanishuv sessiyalari davomida yangi ishchi aloqalar o‘rnatilib, transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki g‘oyalar ilgari surildi.

Muhokamalarning asosiy mavzusi Farg‘ona vodiysida barqaror tinchlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini mustahkamlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda transchegaraviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar yoshlar tashabbuslari mintaqada tinchlik madaniyatini qaror toptirish, o‘zaro anglashuvni kuchaytirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omil ekanini alohida ta’kidladilar.

Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro seminar nafaqat tajriba almashish, balki turli mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda. Bunday tashabbuslar Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

images/file-1782820773461-272498356.jpg
30-June/2026-year
3

FARDUDA “YOSH TINCHLIKPARVARLARNING CHEGARAOLDI HAMKORLIK TASHABBUSI” XALQARO YOSHLAR SEMINARI BOSHLANDI

Farg‘ona davlat universitetida Markaziy Osiyoda tinchlik, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan “Yosh tinchlikparvarlarning chegaraoldi hamkorlik tashabbusi” xalqaro yoshlar seminari o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro tadbir uch davlat – O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan tashrif buyurgan yosh yetakchilar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini yagona muloqot maydonida birlashtirdi.

25-iyunga qadar davom etadigan seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir Markaziy Osiyo uchun BMTning Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida o‘tkazilayotgani uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati va nufuzini yanada oshirmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi chegaradosh hududlarda yashovchi yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, tinchlik madaniyatini keng targ‘ib etish, yoshlar diplomatiyasini rivojlantirish hamda transchegaraviy hamkorlikning yangi mexanizmlarini shakllantirishdan iborat. Dastur doirasida ekspertlar ishtirokida muloqotlar, tajriba almashuvlari, amaliy sessiyalar va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan muhokamalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Seminarning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bugungi kunda yoshlar mintaqada o‘zaro ishonch, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda eng muhim harakatlantiruvchi kuch ekanini alohida ta’kidladi. U mazkur seminar 2025-yilda o‘tkazilgan Farg‘ona tinchlik forumida ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy davomi bo‘lib, yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.

Viloyat hokimi seminar doirasida Farg‘ona vodiysi yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Tinchlikparvar yoshlar klubi”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, Farg‘ona davlat universitetida tinchlik, mintaqaviy hamkorlik va yoshlar diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyani muntazam o‘tkazish taklifi ham ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan ushbu xalqaro seminar nafaqat yoshlarning fikr almashishi va o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga, balki mintaqada barqaror tinchlik va taraqqiyot g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Turli mamlakatlardan kelgan yoshlarning bir maydonda uchrashuvi, umumiy maqsad yo‘lida muloqot qilishi va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surishi Markaziy Osiyoda do‘stlik va hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.

images/file-1782816931443-89294556.jpg
30-June/2026-year
1

HUQUQSHUNOSLIK FAKULTETI ILK BITIRUVCHILARI DAVLAT ATTESTATSIYASIDA

Farg‘ona davlat universiteti Huquqshunoslik fakultetining Yurisprudensiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishi (BMI) himoyasi hamda Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) sinovlari yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur jarayon fakultet tarixidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, ushbu yo‘nalishning ilk bitiruvchilari o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi.

Davlat attestatsiya komissiyasi a'zolari ishtirokida o‘tgan himoya jarayonida talabalar huquqshunoslikning dolzarb yo‘nalishlariga oid nazariy bilimlarini amaliy misollar bilan uyg‘unlashtirgan holda puxta himoya qildilar. Bitiruvchilar o‘zlariga berilgan savollarga asosli, mantiqiy va huquqiy jihatdan mukammal javob berib, kasbiy tayyorgarlik darajasi yuqori ekanini namoyish etdilar.

Komissiya a'zolari talabalar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar, tahliliy yondashuv hamda amaliy takliflarni ijobiy baholab, ularning kelgusida malakali huquqshunos mutaxassis sifatida jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

Mazkur DAK sinovlari Farg‘ona davlat universitetida huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligini yana bir bor namoyon etdi. Ilk bitiruvchilarning muvaffaqiyatli himoyasi universitetning ta'lim sifati, professor-o‘qituvchilar mehnati va talabalarning izchil izlanishlari natijasining yorqin ifodasi bo‘ldi.
 

images/file-1782815876710-874133869.jpg
30-June/2026-year
1

SIDDIQ MO‘MIN ILMIY VA IJODIY MEROSI XALQARO ANJUMAN MARKAZIDA


Siddiq Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan "Zamonaviy lingvopoetika va lingvomadaniyatshunoslikning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilm-fan va adabiyot vakillarini bir maydonga jamladi. Anjuman davomida nafaqat zamonaviy filologiyaning muhim masalalari muhokama qilindi, balki ustoz olimning boy ilmiy va ijodiy merosi ham keng yoritildi.
Tadbir davomida taniqli adabiyotshunos olimlar, professorlar va ijodkorlar Siddiq Mo‘minning o‘zbek adabiyoti, tilshunosligi hamda ilmiy maktab yaratishdagi xizmatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Adabiyotshunos olim Nurboy Jabborovning "Ko‘ngli tongdan toza, qordan oq Siddiq Mo‘min" degan samimiy ta’rifi yig‘ilganlar tomonidan katta ehtirom bilan qarshi olindi.
Ma’ruzalarda ustozning ilmga sadoqati, insoniy fazilatlari, shogirdlar tarbiyasiga qo‘shgan hissasi hamda serqirra ijodiy faoliyati alohida e’tirof etildi. Shuningdek, uning she’riyati, ilmiy qarashlari va adabiy merosiga bag‘ishlangan fikr almashuvlar anjuman mazmunini yanada boyitdi.
Tadbir yakunida yubiley sohibi Siddiq Mo‘min o‘ziga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom uchun davlatimiz rahbariyatiga, Farg‘ona viloyati hokimligiga, Farg‘ona davlat universiteti jamoasiga, hamkasblari, shogirdlari va adabiyot ixlosmandlariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ushbu xalqaro anjuman va yubiley tadbirlari nafaqat bir ustozning muborak yoshi munosabati bilan o‘tkazilgan tantana, balki ilm-fan, adabiyot va ma’naviyatning yuksak qadrlanishi ramziga aylandi. Siddiq Mo‘minning boy ilmiy va ijodiy merosi bugun ham yoshlarni ilmga, kitobxonlikka, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Yetmish yillik hayot yo‘lida yaratilgan ushbu bebaho meros kelajak avlodlar uchun ham ma’naviy boylik bo‘lib qolaveradi.

images/file-1782814247653-831518827.jpg
30-June/2026-year
1

YETMISH YIL — YETMISH NURLI SAHIFA: SIDDIQ MO‘MIN TAVALLUDINING 70 YILLIK TANTANASI

Farg‘ona davlat universitetida filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, taniqli shoir va olim Siddiq Mo‘min tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hamda yubiley tadbirlari yuksak saviyada tashkil etildi. Mazkur sana nafaqat bir olimning tavallud ayyomi, balki ilm-fan, adabiyot va ma’naviyat ahlining katta bayramiga aylandi.
Tadbirga mamlakatimizning turli hududlaridan taniqli olimlar, adabiyotshunoslar, ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar tashrif buyurdi. Mehmonlar milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida kutib olinib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa anjumanga ko‘tarinki ruh va o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tantanali yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo hamda ilm-fan va adabiyot namoyandalari ishtirok etdi.
Anjuman ochilishida Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ushbu sana nafaqat Siddiq Mo‘minning shaxsiy yubileyi, balki butun ilmiy va adabiy jamoatchilik uchun muhim voqea ekanini ta’kidladi. U ustozning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, yuzlab shogirdlar kamolotiga qo‘shgan hissasi va o‘zbek tilshunosligi hamda adabiyoti rivojidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda Siddiq Mo‘minning mamlakatimiz ilm-fani, ma’naviy hayoti va adabiy jarayonlar taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi yuksak baholandi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo o‘z tabrigida shoir va olimlarning hayoti hamda ijodi xalq ma’naviy boyligining ajralmas qismi ekanini ta’kidlab, "Shoirning, olimning to‘yi — xalqning to‘yi", degan mazmunli fikrni ilgari surdi. U mamlakatimizda adabiyot va ma’naviyat rivojiga qaratilayotgan e’tibor ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib berayotganini qayd etdi.
Mazkur yubiley tadbiri ilm-fan va adabiyot ahlini birlashtirgan, ustozlarga ehtirom va milliy qadriyatlarga hurmatni yana bir bor namoyon etgan unutilmas uchrashuv sifatida yodda qoldi. Siddiq Mo‘minning sermazmun hayoti va faoliyati esa yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib qolmoqda.

images/file-1782814085994-487349243.jpg
30-June/2026-year
0

ICHKI TURIZM: SURXONDARYO TARIXIY MEROSI BILAN YAQINDAN TANISHUV

Termiz muhandislik va iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan "Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!" respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari jamoalari uchun mazmunli madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Surxondaryo viloyatining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishmoqda. Jumladan, ular buyuk alloma Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi, Termiz o‘lkashunoslik muzeyi hamda viloyatning boshqa tarixiy qadamjolari va diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, yurtimizning ko‘p asrlik tarixi, betakror madaniyati va milliy qadriyatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.

Mazkur sayohat nafaqat ishtirokchilarning tarixiy bilimlarini boyitishga, balki ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va sog‘lom turmush tarziga sodiqlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Bunday tashabbuslar ichki turizmni rivojlantirish, yurtimizning boy tarixiy merosini keng targ‘ib etish hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

images/file-1782811321786-995654871.jpg
30-June/2026-year
4

MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI HIMOYASI

Farg‘ona davlat universitetida magistratura bosqichini tamomlayotgan talabalar uchun eng mas’uliyatli va muhim jarayonlardan biri bo‘lgan magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Universitetning turli fakultetlarida o‘tkazilgan himoya jarayonlari yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi va innovatsion fikrlash qobiliyatini namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi.

Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetida magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazildi. Himoya jarayonida magistrantlar o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini batafsil taqdim etib, tanlangan mavzular bo‘yicha olib borgan izlanishlari, erishilgan natijalari hamda amaliy tavsiyalarini keng yoritib berdilar.

Taqdimotlar davomida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish kabi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar alohida e’tibor qozondi.

Magistrlik dissertatsiyalari Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, magistrantlarning ilmiy izlanishlari, mavzularni yoritish darajasi, nazariy va amaliy xulosalari munosib baholandi. Komissiya a’zolari tomonidan ilmiy ishlarning sifati va amaliy ahamiyati yuqori e’tirof etildi.

Shuningdek, universitetning Iqtisodiyot fakulteti huzuridagi “Turizm va menejment” kafedrasida 71010101 – Turizm va mehmondo‘stlik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistr-bitiruvchilarning magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonida 5 nafar magistr o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, tadqiqotlarning maqsad va vazifalari, ilmiy yangiliklari hamda amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. Magistrlar tomonidan turizm industriyasini rivojlantirish, mehmondo‘stlik xizmatlari sifatini oshirish, hududiy turizm salohiyatidan samarali foydalanish hamda sohada innovatsion boshqaruv yondashuvlarini qo‘llashga oid masalalar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar taqdim etildi.

Taqdimotlar davomida tanlangan mavzularning dolzarbligi, tadqiqotlarda qo‘llangan zamonaviy ilmiy-metodologik yondashuvlar, tahliliy natijalar hamda ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarning soha rivoji va ta’lim amaliyotidagi ahamiyati keng muhokama qilindi.

Himoya jarayonlari magistrantlarning mustaqil ilmiy izlanish olib borish, tahliliy fikrlash, muammolarga ilmiy yechim topish va o‘z tadqiqot natijalarini asosli himoya qilish ko‘nikmalarini namoyish etish imkonini berdi.

Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruvchilarning ilmiy salohiyati, tadqiqot madaniyati va kasbiy kompetensiyalari yuqori baholanib, ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yosh olimlarning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, zamonaviy ilmiy yondashuvlarga tayangan tadqiqotlari hamda mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalarini namoyon etgan muhim ilmiy tadbir sifatida e’tirof etildi.

images/file-1782808879400-687003969.jpg
30-June/2026-year
0

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA SHASHKA BO‘YICHA VILOYAT BOSQICHI

Farg‘ona davlat universiteti yana bir nufuzli sport-intellektual musobaqaga mezbonlik qildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari universitet kutubxonasida ko‘tarinki ruh va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridan saralash bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan iqtidorli yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, strategik tafakkuri va yuksak mahoratini namoyish etdilar. Bellashuvlar davomida har bir ishtirokchi g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordi, natijada musobaqa qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

Shashka sport turi nafaqat aqliy salohiyatni rivojlantiruvchi, balki yoshlarni sabr-toqat, diqqat-e’tibor va tezkor qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi sport turlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur musobaqa yoshlarning intellektual imkoniyatlarini namoyon etish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun muhim maydonga aylandi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar bir necha bosqichlarda o‘zaro kuch sinashib, mantiqiy yondashuv, aniq hisob-kitob va strategik rejalashtirish borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan barcha uchrashuvlar adolatli va shaffof tarzda baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilarining faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan bunday musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan shashka bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va intellektual sport turlariga qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan muhim tadbirlardan biri sifatida yodda qoldi.

images/file-1782803323662-48890088.jpg
30-June/2026-year
10

FARDUNING YOSH OLIMLARI XALQARO FORUMIDA

Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Yosh olimlar forumi bo‘lib o‘tdi. Ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan ushbu nufuzli anjuman SHHTga a’zo davlatlarning yosh tadqiqotchilari, olimlari va innovatorlarini bir maydonga jamladi.

Forumda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan saralab olingan 20 nafar yosh olim hamda tadqiqotchilar mamlakatimiz nomidan ishtirok etdi. Ular safida Farg‘ona davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, fizika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Bahodir Ahmedov ham munosib qatnashib, universitet ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etdi.

SHHT Yosh olimlar forumi zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Anjuman davomida ishtirokchilar ilm-fan va ta’lim tizimidagi yangi tendensiyalar, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Bahodir Ahmedov forumda IT-texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etib, Farg‘ona davlat universitetida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar, ilmiy maktablar faoliyati hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’ruza qildi.

Taqdimot davomida universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar forum qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, forum doirasida Belarus, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan olimlar hamda ilmiy muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Forum yosh olimlar uchun nafaqat ilmiy tajriba almashish, balki yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy g‘oyalarni keng auditoriyaga taqdim etish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani mustahkamlash imkoniyatini yaratdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday xalqaro platformalar ilm-fan rivojiga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarni shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yosh tadqiqotchilar salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg‘ona davlat universiteti vakilining SHHT Yosh olimlar forumidagi faol ishtiroki universitetda ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

images/file-1782802994291-588564037.jpg
30-June/2026-year
2

"MUG‘ PODSHOH TEPA" DA TARIX QAYTA KASHF ETILMOQDA

Farg‘ona vodiysining boy tarixiy merosini o‘rganish va asrab-avaylash yo‘lida navbatdagi muhim ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda. Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov Farg‘ona tumanida joylashgan “Mug‘ podshoh tepa” tarixiy-arxeologik yodgorligiga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan qazuv va ilmiy izlanishlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Qadimiy Farg‘ona tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biri hisoblangan ushbu yodgorlikda universitetning O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma arxeologiya kafedrasi olimlari, yosh tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirokida keng ko‘lamli ilmiy ekspeditsiya ishlari olib borilmoqda.

Arxeologik ekspeditsiyaning asosiy maqsadi yodgorlikning xronologik davrlarini aniqlash, uning topografik xaritasini yaratish, qadimiy qal’aning me’moriy tuzilishini o‘rganish hamda ushbu hududda yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi va madaniyatiga oid yangi ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritishdan iborat.

Tadqiqotlar davomida qalaning kirish darvozasi, ark qismi, mudofaa devorlari va boshqa muhim inshoot qoldiqlari organilib, ularning tarixiy funksiyasi hamda qurilish xususiyatlari tahlil qilinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, mazkur yodgorlik Fargona vodiysining qadimgi davrlardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida qimmatli malumotlar berishi mumkin.

Ekspeditsiya nafaqat ilmiy izlanishlar olib borish, balki yosh arxeologlar va talabalar uchun amaliy tajriba maydoni vazifasini ham bajarmoqda. Talabalar qazuv ishlari, topilmalarni hujjatlashtirish, xaritalash va ilmiy tahlil qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlamoqdalar.

Bu esa kelajakda malakali arxeologlar, tarixchilar va madaniy meros mutaxassislarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ekspeditsiya a’zolari bilan uchrashib, olib borilayotgan tadqiqotlarning bugungi natijalari va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdi. U ilmiy izlanishlarning sifatli tashkil etilishi, topilmalarni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish hamda tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy maydonda keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, rektor dala sharoitida ishlayotgan olimlar va talabalar uchun xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, ilmiy faoliyatni zamonaviy metodlar asosida olib borish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Bugungi kunda ekspeditsiya ishtirokchilari zamonaviy arxeologik va geodezik uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lib, tadqiqotlar ilg‘or ilmiy yondashuvlar asosida olib borilmoqda. Topilmalarni aniq qayd etish, hududning raqamli xaritasini yaratish va tarixiy qatlamlarni o‘rganishda zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda.

Bu esa olingan natijalarning aniqligi va ilmiy qiymatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

 “Mug‘ podshoh tepa” yodgorligida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixi, davlatchilik an’analari va madaniy taraqqiyot bosqichlarini chuqurroq o‘rganish uchun muhim ilmiy asos yaratmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti olimlari va talabalarining ushbu loyihadagi faol ishtiroki esa ilm-fan, ta’lim va madaniy merosni asrash yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘lib, kelajak avlodlarga boy tarixiy xotirani yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 

images/file-1782802531157-469182368.jpg
30-June/2026-year
2

YOSHLAR SALOMATLIGI VA MA’NAVIYATI YO‘LIDAGI MUHIM TASHABBUS

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur tanlov yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy loyiha sifatida e’tirof etildi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamkorligida tashkil etildi. Respublikaning turli hududlaridan saralash bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan jamoalar final bahslarida ishtirok etish uchun Surxondaryo vohasiga jam bo‘ldilar.

Tanlovning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, yoshlarni giyohvandlik kabi xavfli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini qaror toptirish, ularni vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik va ijtimoiy mas’uliyat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tilandi.

Tanlov final bosqichida respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 ta jamoa o‘z bilim, iste’dod va ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha bahslashdilar:

  • “Insho yozish” sharti orqali yoshlar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy qadriyatlar mavzusidagi fikr-mulohazalarini bayon etdilar;
  • “Rasm chizish” yo‘nalishida sog‘lom hayot, baxtli kelajak va zararli illatlardan xoli jamiyat g‘oyalari badiiy tasvirlarda aks ettirildi;
  • “Qisqa videoroliklar” tanlovida zamonaviy media vositalari orqali giyohvandlikka qarshi kurash va yoshlar tarbiyasiga oid ijtimoiy ahamiyatga ega g‘oyalar ilgari surildi;
  • “Sahna ko‘rinishi” shartida esa jamoalar teatr elementlari orqali muhim ijtimoiy muammolarni yoritib, tomoshabinlar va hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdilar.

Bahslar davomida ishtirokchilar nafaqat ijodkorlik va mahorat, balki jamoaviy hamkorlik, notiqlik, badiiy tafakkur hamda ijtimoiy masalalarga daxldorlik kabi fazilatlarini ham namoyon etdilar.

Tanlov doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va madaniy dasturlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va tajriba almashish muhitini yanada mustahkamladi. Ishtirokchilar Surxondaryoning tarixiy-madaniy obidalari bilan ham tanishib, vohaning boy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovi yoshlarning zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida o‘z ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

images/file-1782801904268-249731514.jpg
30-June/2026-year
0

ILMIY HIMOYA

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy salohiyati va ilm-fan sohasidagi yutuqlari yana bir muhim natija bilan boyidi. Universitetning Chet tillari fakulteti Chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi Mavlonova Shaxzoda Turg‘unovnaning pedagogika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlari yuksak baholanib, dissertatsiya ishi Ilmiy kengash tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida Mavlonova Shaxzoda Turg‘unovnaning “Ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘rgatishning samarali texnologiyalari” mavzusidagi dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Mazkur tadqiqot 13.00.03 – “Maxsus pedagogika” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan bo‘lib, unda inklyuziv ta’lim tizimining dolzarb masalalaridan biri — ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xorijiy tilni samarali o‘qitish metodikasi chuqur o‘rganilgan.

Dissertatsiyada ko‘rishida muammolari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy yechimlar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot davomida maxsus pedagogika, xorijiy til o‘qitish metodikasi va inklyuziv ta’limning ilg‘or yondashuvlari uyg‘unlashtirilib, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos innovatsion metodlar taklif etilgan. Ushbu ilmiy natijalar maxsus ta’lim muassasalari hamda inklyuziv ta’lim amaliyotida keng qo‘llash imkoniyatiga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Himoya jarayonida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqotning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, metodologik asoslanganligi hamda ta’lim tizimi uchun dolzarbligi yuqori baholandi. Dissertantning mavzu yuzasidan bergan asosli javoblari va tadqiqot natijalari mutaxassislar tomonidan ijobiy e’tirof etildi.

Yakuniy ovoz berish natijasiga ko‘ra, Mavlonova Shaxzoda Turg‘unovnaning dissertatsiyasi 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi va unga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

Mazkur muvaffaqiyat Fargona davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni qollab-quvvatlash va zamonaviy talim muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasi hisoblanadi.

images/file-1782801372330-350061252.jpg
30-June/2026-year
0

YOSHLAR KUNI: FARDUDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Farg‘ona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fan, innovatsiyalar, startap loyihalar va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi avlod tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Ochiq muloqot samimiy va konstruktiv ruhda kechib, talabalarga o‘z g‘oya va tashabbuslarini bevosita mutasaddilar e’tiboriga havola etish imkonini yaratdi.

Muloqot davomida Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yanada faol bo‘lishga, zamonaviy texnologiyalar asosida yangi loyihalar yaratishga hamda mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni ilgari surishga chorladi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, ularning ilmiy izlanishlari va startap tashabbuslari amaliy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tadbir davomida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar tashabbuslari asosida yangi amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar tomonidan bildirilgan takliflar orasida sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli xizmatlar, ekologik loyihalar, ta’lim texnologiyalari va ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishidagi g‘oyalar alohida qiziqish uyg‘otdi.

Ochiq muloqotning eng qiziqarli qismi faol va tashabbuskor yoshlar tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimoti bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining biznes g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalarini mutaxassislar hamda rahbarlar e’tiboriga havola etdilar.

Har bir loyiha chuqur tahlil qilinib, uning amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va rivojlantirish istiqbollari yuzasidan tavsiyalar berildi. Mutaxassislar yoshlarning kreativ fikrlashi, zamonaviy muammolarga innovatsion yondashuvi va tadbirkorlik salohiyatini yuqori baholadilar.

Tadbir yakunida eng istiqbolli va innovatsion deb topilgan startap loyiha mualliflari alohida rag‘batlantirildi. G‘olib va faol ishtirokchilarga diplomlar, vaucherlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu e’tirof yoshlarning mehnati va intilishlariga berilgan yuksak baho bo‘lib, ularni yangi g‘oyalar yaratish, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish va o‘z salohiyatini yanada rivojlantirishga ruhlantirdi.

Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu ochiq muloqot yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fan va innovatsiyalar sari yo‘naltirish hamda kelajak liderlarini tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tadbir davomida ilm, innovatsiya va yoshlar salohiyatiga bo‘lgan yuksak e’tibor yana bir bor namoyon bo‘lib, yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ochiq muloqot natijasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar esa kelgusida yangi loyihalar, amaliy ishlanmalar va muvaffaqiyatli startaplarga asos bo‘lishi kutilmoqda.

images/file-1782800406928-673927663.jpg
30-June/2026-year
0

YOSHLAR KUNI: FARDUDA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI”

Yoshlar kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri ko‘tarinki ruh, samimiy muloqot va innovatsion g‘oyalarga boy muhitda o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish hamda rahbarlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir Farg‘ona davlat universitetida o‘zbekona mehmondo‘stlik an’analari asosida yuqori saviyada boshlandi. Tashrif buyurgan mehmonlar milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida tantanali ravishda kutib olinib, ularga universitet yoshlari tomonidan samimiy ehtirom ko‘rsatildi.

Bayramona muhit, milliy qadriyatlarga uyg‘un tarzda tashkil etilgan kutib olish marosimi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, yoshlar va mehmonlar o‘rtasidagi muloqotni yanada samimiy va mazmunli kechishiga xizmat qildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari Baxtiyor Boboxo‘jayev va Akmal Salimov, “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Xoshimov hamda Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, tadbirkorlik va bandlik masalalaridagi fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Rahbarlar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va ochiq muloqotni mustahkamlovchi samarali platformaga aylandi.

Uchrashuvning eng muhim qismi Farg‘ona davlat universiteti talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalar taqdimotiga bag‘ishlandi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda universitet yoshlari tashabbusi bilan turli sohalarni qamrab olgan 100 dan ortiq amaliy va startap loyihalar ishlab chiqilgan. Mazkur loyihalar orasida ta’lim, logistika, ekologiya, axborot texnologiyalari, biotexnologiya va ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishidagi ishlanmalar alohida o‘rin egallaydi.

E’tiborlisi, ushbu loyihalarning 11 tasi amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilgan bo‘lib, ular bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda samarali natijalar bermoqda.

Tadbir davomida quyidagi innovatsion loyihalar mehmonlar e’tiboriga havola etildi:

  • HimoyaPlus – xavfsizlik va himoya tizimlariga oid innovatsion yechim;
  • Fayz Logistika – logistika jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan loyiha;
  • Smart Soundbook Kids – bolalar uchun interaktiv va ovozli ta’lim platformasi;
  • Green Polymer – Eco Location – ekologik muammolarga innovatsion yechim taklif qiluvchi loyiha;
  • Biolaboratoriya tashkil etish – ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus;
  • EduGames – ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi raqamli platforma.

Loyihalar taqdimoti davomida ularning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va tijoratlashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar yoshlarning innovatsion fikrlashi, tashabbuskorligi va zamonaviy texnologiyalarni yaratish borasidagi intilishlarini yuqori baholadilar.

Tadbir yakunida yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi loyihalar yaratishga rag‘batlantirish hamda startap tashabbuslarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” nafaqat ochiq muloqot maydoni, balki yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etuvchi, ularni yangi marralar sari ruhlantiruvchi muhim tadbir sifatida katta taassurot qoldirdi.

Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv yoshlarning ilm-fan, innovatsiyalar va tadbirkorlik sohalaridagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislarni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

images/file-1782799399330-152283970.jpg
30-June/2026-year
3

“TALABAEXPO–2026”: FARG‘ONADA TA’LIM VA BANDLIK IMKONIYATLARI BIR MAYDONDA

Farg‘ona shahrida yoshlarning kasbiy rivojlanishi, bandligini ta’minlash va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tadbir — “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan minglab talabalar, bitiruvchilar va faol yoshlarni bir maydonga jamladi.

Mazkur tadbir yoshlar uchun ta’lim, kasb va tadbirkorlik sohalaridagi imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, ularni mehnat bozoridagi talablar bilan yaqindan tanishtirish hamda zamonaviy kasblar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘z faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot bermoqda. Yoshlar universitet va institutlarning maxsus ko‘rgazma stendlari orqali mutaxassisliklar, xalqaro dasturlar, grant imkoniyatlari hamda ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, yirik korxona va tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ko‘plab yoshlar uchun o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish, amaliyot o‘tash yoki kelajakdagi faoliyatini rejalashtirishda muhim platformaga aylandi.

 “TalabaExpo–2026”ning eng qiziqarli yo‘nalishlaridan biri innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Bu yerda yosh ixtirochilar, talabalar va tadbirkorlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologik yechimlar, raqamli platformalar, sun’iy intellektga asoslangan ishlanmalar hamda biznes g‘oyalar namoyish etilmoqda.

Ishtirokchilar nafaqat tayyor loyihalar bilan tanishmoqda, balki investorlar, mutaxassislar va tajribali mentorlar bilan muloqot qilib, o‘z g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ham olmoqda.

Tadbir davomida turli soha vakillari, muvaffaqiyatli tadbirkorlar, ish beruvchilar va ekspertlar ishtirokida ochiq uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mazkur muloqotlar yoshlarning kasb tanlash, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish, shaxsiy rivojlanish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash borasidagi savollariga javob topishiga yordam bermoqda.

Shuningdek, kasbga yo‘naltiruvchi seminarlar, mahorat darslari va treninglar orqali ishtirokchilar zamonaviy kasblar, raqamli ko‘nikmalar, liderlik va biznes yuritish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday ko‘rgazmalar yoshlarning ta’lim va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish, ularning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“TalabaExpo–2026” nafaqat kasb ko‘rgazmasi, balki yoshlar uchun yangi g‘oyalar, istiqbolli loyihalar va muvaffaqiyat sari yo‘l ochuvchi katta imkoniyatlar maydoniga aylandi. Tadbir davomida yuzlab yoshlar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan ta’lim dasturlari, ish o‘rinlari va hamkorlik loyihalari haqida ma’lumot olib, kelajakdagi faoliyati uchun muhim qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Farg‘onada o‘tkazilayotgan ushbu yirik ko‘rgazma yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda mamlakat taraqqiyotiga daxldor faol avlodni shakllantirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

images/file-1782796085349-939356748.jpg
24-June/2026-year
36

TOP-500 UNIVERSITET HUZURIDAGI ILMIY KENGASHDA MUVAFFAQIYATLI HIMOYA

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy salohiyatini yuksaltirish va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida yana bir muhim yutuq qayd etildi. Universitetning Matematika kafedrasi o‘qituvchisi Topvoldiyev Fayzulla Foziljonovich geometriya va topologiya yo‘nalishida olib borgan ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, navbatdagi ilmiy natijaga erishdi.

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida Topvoldiyev Fayzulla Foziljonovichning “Noregulyar konus egriligi va u bilan bog‘liq tiklash masalalari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.

01.01.04 – Geometriya va topologiya ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan mazkur ilmiy ishda zamonaviy geometriyaning dolzarb nazariy masalalari, noregulyar konus egriliklarining xossalari hamda ular bilan bog‘liq tiklash muammolarining matematik yechimlari chuqur tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar geometriya fanining nazariy asoslarini boyitish bilan bir qatorda, kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun ham muhim metodologik ahamiyat kasb etadi.

Himoya jarayonida ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, nazariy ahamiyati, tadqiqot metodlarining asoslanganligi va erishilgan natijalarning ishonchliligi yuqori baholandi. Tadqiqotchining mavzu yuzasidan bergan batafsil javoblari va ilmiy xulosalari mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi.

Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi va Topvoldiyev Fayzulla Foziljonovichga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

Mazkur muvaffaqiyat Farg‘ona davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ilmiy standartlar asosida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.

images/file-1782299874146-193842477.jpg
24-June/2026-year
12

MAGISTRANTLAR ILMIY IZLANISHLARI YUKSAK BAHOLANDI

Farg‘ona davlat universitetida magistratura bosqichi talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaralarini namoyon etuvchi magistrlik dissertatsiyalari himoyalari yuqori saviyada davom etmoqda. Navbatdagi himoyalar Tabiiy fanlar hamda Agrar qo‘shma fakultetlarida tashkil etilib, magistrantlarning ilmiy salohiyati va tadqiqotchilik mahoratini namoyon etdi.

Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasida 70530201 – Geografiya mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayonida 10 nafar magistrant o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, tadqiqotlarning maqsad va vazifalari, erishilgan ilmiy yangiliklar hamda amaliy ahamiyatini batafsil yoritib berdilar.

Taqdimotlar davomida geografiya fanining dolzarb yo‘nalishlari, hududiy rivojlanish masalalari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolar va ularning yechimlariga oid ilmiy xulosalar keng muhokama qilindi. Shuningdek, tadqiqotlarda qo‘llanilgan zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar hamda olingan natijalarni ta’lim va amaliyotga joriy etish imkoniyatlari komissiya a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

Shu bilan birga, Agrar qo‘shma fakultetining Tuproqshunoslik kafedrasida 70810202 – Agrokimyo va 70810203 – Tuproqshunoslik mutaxassisliklari magistrantlari tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyalari ham muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Himoya davomida yosh tadqiqotchilar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va tiklash, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy ishlari natijalarini taqdim etdilar. Magistrantlar o‘z tadqiqotlarida ilgari surgan innovatsion g‘oyalar, amaliy tavsiyalar va ilmiy yangiliklarni puxta asoslab berib, nufuzli komissiya a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.

Ta’kidlash joizki, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yosh mutaxassislarning ilmiy salohiyati, tahliliy fikrlashi va mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini namoyon etuvchi muhim bosqich hisoblanadi. Himoya jarayonlarida ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va amaliy ishlanmalar mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

images/file-1782299698546-775460008.jpg
24-June/2026-year
11

IJTIMOIY ISH YO‘NALISHIDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI HIMOYA QILINDI

Farg‘ona davlat universiteti Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida magistratura bosqichining muhim yakuniy bosqichlaridan biri bo‘lgan magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy muhit va ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan mazkur jarayonda “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 5 nafar magistrant o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Himoya davomida magistrantlar o‘z tadqiqotlarining maqsad va vazifalari, ilmiy yangiliklari, nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. Taqdimotlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy ijtimoiy ish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda ijtimoiy muammolarning samarali yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan masalalar keng yoritildi.

Yosh tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va zamonaviy metodikalarni joriy etish bo‘yicha qator ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi alohida e’tibor qozondi.

images/file-1782299441557-608448822.jpg
24-June/2026-year
0

ADABIYOTSHUNOSLIK YO‘NALISHIDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI MUHOKAMASI VA HIMOYALARI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILDI

Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan va ta’lim integratsiyasini yanada mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini namoyon etish maqsadida magistrlik dissertatsiyalari muhokamasi va himoya jarayonlari izchil davom etmoqda. Navbatdagi ilmiy tadbirlar Filologiya fakultetida adabiyotshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlarning ilmiy izlanishlariga bag‘ishlandi.

Filologiya fakultetida 70230104 – “Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy anjumanda Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, Andijon davlat universiteti professori S. Mirzayeva, Qo‘qon davlat universiteti dotsenti B. Hasanova, universitet Faxriylar kengashi raisi va a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Muhokama davomida magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari, o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan izlanishlari, ilmiy yangiliklari va amaliy ahamiyatga ega xulosalari keng tahlil qilindi. Tadqiqotlarda milliy adabiy merosni o‘rganish, adabiy jarayonlarni zamonaviy ilmiy qarashlar asosida tahlil qilish hamda o‘zbek adabiyotshunosligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yondashuvlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Mutaxassislar va komissiya a’zolari tomonidan har bir dissertatsiya yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar bildirilib, magistrantlarga tadqiqotlarini yanada takomillashtirish hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Filologiya fakulteti Rus tili metodikasi kafedrasida “Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)” yo‘nalishi magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi boshlandi.

Himoya jarayonida magistrantlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha tayyorlagan taqdimotlarini namoyish etib, tadqiqotlarning maqsadi va vazifalari, nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda erishilgan ilmiy natijalari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tadqiqotlarda rus adabiyotining muhim namunalari, adabiy-estetik jarayonlar, badiiy tafakkur evolyutsiyasi va zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari ilmiy nuqtayi nazardan yoritildi.

Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ilmiy ish atroflicha ko‘rib chiqilib, magistrantlarning ilmiy dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi va tadqiqotchilik mahorati yuqori baholandi. Shu bilan birga, yosh olimlarga ilmiy izlanishlarni davom ettirish, ilmiy maqolalar chop etish va akademik faoliyatni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur muhokama va himoya jarayonlari magistrantlarning ko‘p yillik mehnati, izlanishlari va ilmiy salohiyatining amaliy ifodasi bo‘lib, adabiyotshunoslik sohasida yetuk mutaxassislar hamda istiqbolli tadqiqotchilarni tayyorlash yo‘lidagi muhim bosqich sifatida ahamiyat kasb etadi.

images/file-1782299299828-367767563.jpg
24-June/2026-year
1

MAGISTRANTLAR ILMIY SALOHIYATI VA KASBIY MAHORATINI NAMOYON ETMOQDA

Farg‘ona davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini sarhisob qiluvchi magistrlik dissertatsiyalari himoyalari yuqori saviyada davom etmoqda. Navbatdagi himoyalar Sport faoliyati fakultetining 70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etildi.

Himoya jarayonida magistrantlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga taqdim etib, tadqiqot mavzularining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyatini batafsil yoritib berdilar. Taqdim etilgan ilmiy ishlarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Himoya davomida Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan berilgan savollarga magistrantlar atroflicha va asosli javoblar qaytarib, o‘zlarining ilmiy tafakkuri, tahliliy yondashuvi hamda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Dissertatsiya ishlarining nazariy va amaliy qiymati komissiya tomonidan munosib baholanib, magistrantlarning ilmiy salohiyati yuqori e’tirof etildi.

Ta’kidlash joizki, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yosh mutaxassislarning bir necha yillik ilmiy izlanishlari yakuni bo‘lish bilan birga, ularning kelgusidagi pedagogik, ilmiy va sport sohasidagi professional faoliyati uchun muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu himoyalar jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan va himoya jarayonlarini davom ettirayotgan barcha magistrantlarni samimiy tabriklaydi hamda ularga ilmiy izlanishlarida ulkan yutuqlar, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaydi.

images/file-1782299002875-721965547.jpg
24-June/2026-year
4

FIZIKA - MATEMATIKA YO‘NALISHLARIDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Farg‘ona davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining ilmiy salohiyatini namoyon etuvchi magistrlik dissertatsiyalari himoyalari yuqori saviyada davom etmoqda. Fizika-matematika fakultetida tashkil etilgan navbatdagi himoyalar yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari, innovatsion yondashuvlari va amaliy ahamiyatga ega natijalarini keng namoyish etish imkonini berdi.

Fakultetda 70540101 – Matematika mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari davom etdi. Himoya jarayonida olti nafar magistrant o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, matematika fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha olib borgan izlanishlari, erishgan ilmiy natijalari hamda amaliy tavsiyalarini bayon etdilar. Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiyalar belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqilib, magistrantlarning ilmiy tafakkuri, tahliliy yondashuvi va tadqiqotchilik salohiyati munosib baholandi.

Shuningdek, Fizika kafedrasida 70530501 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoyada 14 nafar magistrant o‘z tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, ilmiy izlanishlarining maqsad va vazifalari, erishilgan ilmiy yangiliklar hamda amaliy ahamiyatini batafsil yoritib berdilar.

 Taqdimotlar davomida zamonaviy fizika fanining dolzarb masalalari, ilmiy-metodik yondashuvlar, innovatsion tadqiqot usullari va olingan natijalarni ta’lim hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari atroflicha tahlil qilindi. Magistrantlarning ilmiy ishlari komissiya a’zolari tomonidan yuqori baholanib, ularning mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalari va kasbiy tayyorgarligi e’tirof etildi.

Mazkur himoyalar universitetda ilm-fan va tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy natijasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan barcha bitiruvchilarni samimiy tabriklaydi. Ularga kelgusidagi ilmiy, pedagogik va kasbiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar, yangi kashfiyotlar hamda porloq muvaffaqiyatlar tilaydi.

Yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari mamlakatimiz ilm-fani va ta’lim taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.

images/file-1782298059559-657866280.jpg
24-June/2026-year
0

MAGISTRANTLAR ILMIY IZLANISHLARI YUKSAK E’TIROF ETILDI

Farg‘ona davlat universitetida magistratura bosqichi talabalarining ilmiy salohiyati va tadqiqotchilik mahoratini namoyon etuvchi magistrlik dissertatsiyalari himoyalari yuqori saviyada davom etmoqda. Navbatdagi himoyalar Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida tashkil etilib, magistrantlarning ilmiy izlanishlari va amaliy natijalari Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan munosib baholandi.

Pedagogika kafedrasida 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayonida 9 nafar magistrant o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, tadqiqotlarning maqsad va vazifalari, erishilgan ilmiy yangiliklar hamda amaliy ahamiyatini atroflicha yoritib berdilar.

Taqdimotlar davomida ta’lim tizimini takomillashtirish, pedagogik jarayon samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish kabi dolzarb masalalarga qaratilgan ilmiy ishlanmalar keng muhokama qilindi. Magistrantlar tomonidan qo‘llanilgan ilmiy-metodik yondashuvlar, olingan natijalarning nazariy asoslari va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari komissiya a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

Shuningdek, fakultetning Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistrantlari tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyalari ham muvaffaqiyatli himoya qilindi. Magistrantlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadqiqotlari natijalarini taqdim etdilar.

Himoya jarayonida ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar hamda amaliy ahamiyatga ega takliflar Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Magistrantlarning ilmiy tafakkuri, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalari va kasbiy tayyorgarligi ularning kelgusida yetuk mutaxassis va tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritishlari uchun mustahkam zamin yaratishini ko‘rsatdi.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi nafaqat ilmiy izlanishlarning yakuni, balki yosh olimlarning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shadigan hissasini namoyon etuvchi muhim bosqich hisoblanadi. Universitetda yaratilgan ilmiy muhit, professor-o‘qituvchilarning ko‘magi va magistrantlarning izchil mehnati ushbu yutuqlarda o‘z ifodasini topmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi barcha magistrantlarni magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan yutuqlar, yangi ilmiy kashfiyotlar va porloq muvaffaqiyatlar tilaydi.

images/file-1782297641878-164684829.jpg
24-June/2026-year
3

BU BIZNING TALABA!

Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti Milliy kurash mutaxassisligi talabasi Maftuna Xolmatova xalqaro sport maydonida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, navbatdagi ulkan yutuqqa erishdi.

Tojikiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan 6-Osiyo chempionatida Maftuna Xolmatova 48 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yuksak natija sportchimizga chempionatning oltin medalini taqdim etish bilan birga, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir qimmatli g‘alabani olib keldi.

Musobaqa davomida Maftuna Xolmatova o‘zining yuqori sport mahorati, kuchli iroda va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etib, xalqaro arenada o‘zbek sport maktabining salohiyatini yana bir bor isbotladi. Uning ushbu muvaffaqiyati nafaqat universitetimiz, balki viloyatimiz va mamlakatimiz sport jamoatchiligi uchun ham katta quvonch va faxr manbai bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, yosh sportchilarning xalqaro musobaqalarda erishayotgan bunday yutuqlari mamlakatimizda sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning professional mahoratini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijasidir.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Maftuna Xolmatovani ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi hamda unga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq va yangi-yangi yutuqlar tilaydi.
images/file-1782292858651-782118301.jpg
24-June/2026-year
1

BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYALARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

Farg‘ona davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalari uchun muhim va mas’uliyatli bosqich hisoblangan bitiruv malakaviy ishlari himoyalari yuqori saviyada tashkil etildi. Turli fakultet va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ko‘p yillik izlanishlari, ilmiy tadqiqotlari hamda amaliy tajribalari natijalarini malakali komissiya a’zolari huzurida munosib himoya qildilar.

Jumladan, Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Inklyuziv ta’lim kafedrasining “Logopediya” yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Himoya jarayonida talabalar nutq nuqsonlarini bartaraf etish, inklyuziv ta’limni takomillashtirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etdilar. Ularning dolzarb mavzulardagi tadqiqotlari va amaliy takliflari komissiya a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

Ayniqsa, pedagogika yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari Saidumarova Zarnigor (Farg‘ona shahar 33-maktab) hamda Mo‘sajonova Gulxumor (Quva tumani 56-maktab) yakuniy sinovlarni muvaffaqiyatli topshirib, o‘zlarining puxta bilimlari, kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahoratini namoyon etdilar. Ularning ta’lim jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtira olganliklari himoya davomida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Shuningdek, universitetning Iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot kafedrasi “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari ham muvaffaqiyatli himoya qilindi. Talabalar iqtisodiyotni rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga oid ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etdilar. Himoya davomida bildirilgan amaliy tavsiyalar va innovatsion yondashuvlar komissiya a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur himoyalar Farg‘ona davlat universitetida ta’lim sifati, ilmiy izlanishlarga e’tibor va talabalarni mustaqil tadqiqot olib borishga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi. Bitiruvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy kompetensiyasi va kelajakdagi faoliyatga tayyorligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
images/file-1782292533745-837087693.jpg
24-June/2026-year
2

“XALQ BILAN BIRGA” UMUMMILLIY DASTURI AMALDA

Farg‘ona davlat universitetida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Farg‘ona viloyati hamda Farg‘ona shahar Kengashlari hamkorligida “Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir jamiyatda gender tenglik tamoyillarini qaror toptirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish hamda ularning davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudayarova, partiya mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va kasbiy rivojlanish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatidagi ishtirokini yanada rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotganini, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki demokratik islohotlarning muhim omillaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, yosh qizlarni liderlikka, tashabbuskorlikka va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumot oldilar. Ochiq va samimiy ruhda kechgan davra suhbati fikr va tajriba almashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali maydonga aylandi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, ularning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik tamoyillarini keng targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur uchrashuv “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

images/file-1782291314087-926213466.jpg
24-June/2026-year
8

ILMIY XUSHXABAR

Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar sohasida erishilayotgan yutuqlar safi yana bir muhim natija bilan boyidi. Universitetning Chet tillari fakulteti Chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Artikova Shaxnoza Maxamadovna filologiya yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, navbatdagi ilmiy marrani zabt etdi.

Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida tadqiqotchining “Rus, o‘zbek va ingliz madaniyatlarida xushmuomalalik kategoriyasining lingvopragmatik xususiyatlari (oila ritorikasi materiali asosida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi va ilmiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi.

Mazkur tadqiqot 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan bo‘lib, unda uch xil madaniy makon — rus, o‘zbek va ingliz xalqlari muloqot madaniyatida xushmuomalalik kategoriyasining o‘ziga xos lingvopragmatik jihatlari chuqur tahlil etilgan.

Dissertatsiyada oila ritorikasi materiali asosida turli madaniy muhitlarda shakllangan nutqiy odob, muloqot strategiyalari, kommunikativ xulq-atvor va xushmuomalalik tamoyillari qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida uch xalq madaniyatida oilaviy muloqot jarayonlarida qo‘llaniladigan nutq birliklari, pragmatik vositalar hamda madaniy qadriyatlarning til orqali ifodalanish mexanizmlari aniqlangan.

Tadqiqotning dolzarbligi bugungi globallashuv sharoitida turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash, madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonlarini chuqurroq anglash hamda tarjimashunoslik va lingvopragmatika sohalarini yangi ilmiy natijalar bilan boyitishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.

Himoya jarayonida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, nazariy asoslari, tadqiqot metodologiyasi hamda amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, xorijiy tillarni o‘qitish va tarjimashunoslik sohalarida muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilishi qayd etildi.

Dissertant tomonidan berilgan ilmiy asoslangan javoblar va tadqiqot natijalarining ishonchliligi kengash a’zolari tomonidan yuqori baholanib, yakuniy ovoz berish natijasida dissertatsiya 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Shu tariqa, Artikova Shaxnoza Maxamadovnaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

Mazkur yutuq Farg‘ona davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro ilmiy standartlarga mos kadrlar tayyorlash va yosh olimlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan izchil ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.

images/file-1782290277327-223987500.jpg
24-June/2026-year
19

VELOSPORT BO’YICHA TALABALARIMIZDAN YANGI NATIJALAR!

Toshkent shahrida velosport bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan kuchli sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari ham yuqori mahorat va sportga bo‘lgan sadoqatlarini namoyon etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Chempionat davomida talabalarimiz o‘zlarining puxta tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turdilar. Ayniqsa, SF 05-23-guruh talabasi Kamron Yo‘ldoshev musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, universitetimizning yana bir qator sportchi-talabalari ham sovrindorlar safidan joy oldilar:

  •  Kamron Yo‘ldoshev — 1-o‘rin (SF 05-23-guruh);
  •  Sardor Muxtorov — 3-o‘rin (SF 05-23-guruh);
  •  Aziz Soliyev — 3-o‘rin (SF 05-23-guruh);
  •  Samariddin Sayfiyev — 3-o‘rin (SF 05-22-guruh).

Mazkur natijalar Farg‘ona davlat universitetida sportni rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning professional mahoratini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir. Talabalarimizning respublika miqyosidagi musobaqalarda erishayotgan yutuqlari universitet nufuzini yanada yuksaltirib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi chempionat sovrindorlarini samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yuksak marralar tilaydi. 

images/file-1782289237353-575686197.jpg
28-March/2026-year
53

FARG‘ONA VA O‘SH DAVLAT UNIVERSITETLARI HAMKORLIKI

Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasining O‘sh davlat universitetiga tashrifi ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur tashrif avval imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilib, ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tashrif davomida FarDU professor-o‘qituvchilari O‘shDU tarkibidagi Tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, turizm va agrotexnologiyalar institutida talabalarga maxsus mehmon ma’ruzalarini taqdim etishdi. Ushbu darslar zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion izlanishlar va amaliy tajribalar bilan boyitilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Talabalar uchun tashkil etilgan ochiq muloqotlar esa savol-javoblar, fikr almashuvlar va ilmiy muhokamalar orqali interaktiv ruhda o‘tdi. Bu esa yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan talabalar almashinuvi dasturi doirasida talabalar dars jarayonlarida bevosita ishtirok etishdi. Ular nafaqat ta’lim tizimi bilan tanishdi, balki yangi do‘stlar orttirib, madaniy tadbirlarda faol qatnashishdi.

Turli millat vakillarining bir sahnada jam bo‘lishi, milliy kuy-qo‘shiqlar va an’anaviy chiqishlar orqali madaniyatlar uyg‘unligini namoyon etdi. Bu esa ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni yanada mustahkamladi.

Tashrif doirasida O‘shDU rahbariyati bilan muhim uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, Kursantbek Attokurov bilan olib borilgan muzokaralarda akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar yaqin kelajakda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar:

qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va grant loyihalarini ishlab chiqish

talabalar va yosh olimlar uchun almashinuv dasturlarini kengaytirish

zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish

mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarni birgalikda tashkil etish

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

images/file-1774691779152-888373150.jpg
28-March/2026-year
203

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK BOSHLANDI

Farg‘ona davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” kompleks sport musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, talabalar salomatligini mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida aprel oyida start oladigan musobaqaning 1-bosqichi — fakultetlararo bellashuvlarga tayyorgarlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Nizom talablariga muvofiq, har bir jarayonni aniq reja asosida tashkil etish, sport tadbirlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Mutasaddilar tomonidan musobaqalarning tashkiliy jihatlari, hakamlik tizimi, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish va sport infratuzilmasidan samarali foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar o‘rtasida quyidagi sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tizimli tashkil etish rejalashtirildi:

-Voleybol;

-Gandbol;

-basketbol 3x3;

-stol tennis;;

-futbol;

-yengil atletika;

-suzish.

Mazkur bellashuvlar orqali eng iqtidorli sportchi-talabalarni saralab olish hamda universitet terma jamoalarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa keyingi bosqichlarda munosib ishtirok etish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Yig‘ilishda musobaqalarda ishtirok etish tartibiga ham aniqlik kiritildi. Jumladan, quyidagi mezonlarga qat’iy amal qilinishi belgilandi:

faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar qatnashadi

ishtirokchilar universitet sport klubiga a’zo bo‘lishi zarur

milliy terma jamoa a’zolari musobaqalarda qatnasha olmaydi

Mazkur talablar musobaqalarning adolatli va teng raqobat asosida o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” nafaqat sport bellashuvi, balki yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Farg‘ona davlat universitetida boshlangan ushbu tayyorgarlik ishlari kelgusida yuqori natijalar, yangi sport yulduzlari va unutilmas g‘alabalarga zamin yaratishi shubhasiz.



images/file-1774691606859-879629668.jpg
28-March/2026-year
135

FARDUDA O‘ZBEK–HIND MADANIY HAMKORLIGI VA NAVRO‘Z SHUKUHI

Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetida bahorning eng go‘zal ayyomi — Navro‘z xalqaro ruhda keng nishonlandi. Ushbu bayram nafaqat milliy qadriyatlarni ulug‘lash, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan unutilmas tadbirga aylandi. Tadbirning nufuzli mehmonlari sifatida Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari — Mazhar Asif hamda Shahbaz Amil tashrif buyurdi. Mehmonlar o‘zbekona mehmondo‘stlik an’analari asosida, milliy kuy va tantanali marosimlar bilan kutib olindi. Bayram davomida talabalar tomonidan o‘zbek va hind xalqlarining boy madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Rang-barang liboslar, milliy ohanglar va jo‘shqin chiqishlar tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi. Bu chiqishlar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy uyg‘unlik va o‘zaro hurmatni yana bir bor namoyon etdi. Tadbirning eng ta’sirli jihatlaridan biri — Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining sahnada gavdalantirilishi bo‘ldi. Bobur shaxsining tarixiy merosi O‘zbekiston va Hindistonni bog‘lovchi muhim ko‘prik sifatida talqin etildi. Ushbu sahna ko‘rinishlari hindistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirib, ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy ildizlarning naqadar chuqur ekanini yana bir bor eslatdi. Navro‘z bayrami doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbir nafaqat bahor va yangilanish timsoli, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy hamkorlik ramzi sifatida ham namoyon bo‘ldi.
images/file-1774690959201-153247940.jpg